Farg’ona shahar 8- o’rta ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani
PARTITURALAR УА KLAYIRLAR
Download 1.12 Mb.
|
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
- Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’
- SANA: _____________________________ MAVZU: MAJOR VA MINOR Darsning maqsadlari Ta’limiy
- Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya
- Fanga oid kompetensiyalar
- Darsning borishi Tashkiliy qism
- YANGI YIL QO’SHIG’I (Quvnoq)
- Ijodiy faoliyat “Yangi yil qo’shig’i”
- Baholash
PARTITURALAR УА KLAYIRLAR
Har qanday musiqa ohangi asar sifatida notaga tushirilgan holda, uning ko‘rinishi partitura yoki klavir shaklida bo‘ladi. Partitura — ansambl, xor, orkestr uchun yozilgan asarlar- ning nota yozuvidir. Bunday jamoalarning har bir qatnashchisi birgalikda ijro etadigan ohang yoMlari, partiturada qoidalar bo‘yicha ost-ust qilib ko‘p qatorli maxsus nota daftariga joylashtirilgan bo‘ladi. Klavir esa shu ansambl, xor, orkestr yoki sahna asarlari mu- siqasini ixcham shaklda, ovoz va fortepiano ijrosi uchun moMjallab yozilgan nota daftaridagi yoki to‘plamlarda chop etilgan ko‘rinishidir. Maktabingiz musiqa sinfi kutubxonasidagi mavjud partitura va klavirlar bilan tanishib, fikr almashing. Yangi mavzuni mustahkamlash. Xor jamoalarining tuzilishi, turlari haqida nimalarni bilasiz? Sahna madaniyati xor ijrochiligiga ham taalluqlimi? Tinglangan qo‘shiqlar qanday jamoalar ijrosida yozib olingan? «Aziz uztozlar»da qanday alteratsiya belgilari bor? Birgalikda kuylang. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish. Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’ SANA: _____________________________ MAVZU: MAJOR VA MINOR Darsning maqsadlari Ta’limiy :- O’quvchilarga major va minor ladlari haqida umumiy tushuncha berish. Tarbiyaviy: –O’quvchilarda musiqaga qiziqishsini uyg’otish, emotsional did va musuqiy xotirani rivojlantirish. Rivojlantiruvchi:–Qo’shiqlarni nota bilan kuylash ko’nikmalarini mustaxkamlash Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini og‘zaki bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob berish, muloqotda muomala odobiga rioya qilish Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud axborot manbalaridan (audio-video yozuvlarga jo‘r bo‘lib kuylay olish) tinglash faoliyatida foydalana olish. Fanga oid kompetensiyalar: Major va minor haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Dars turi: Yangi bilimlarini shakllantiruvchi Darsning metodi: “Kim chaqqon” “Muzyorar-issiq o’rin” Darsning jihozi: -Fortepiano, tarqatma materiallar, texnika vositalari, 3-sinf “Musiqa”darsligi, musiqa savodiga doir illustrativ ko’rgazmalar. Darsning borishi Tashkiliy qism: :O’quvchilar xonaga musiqa sadolari ostida kirib keladilar, musiqali salomlashiladi,davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi O’tilgan mavzuni mustahkamlash: :Uyga berilgan vazifani so’rash uchun “Muzyorar-issiq o’rin” metodidan foydalaniladi. - Orkestr nima? - Qanday cholg`u asboblarini bilasiz? - Ijrochilar,yakkanavoz va jo`rnavozlik haqida nima bilasiz? - Qo`shiq kuylash qoidalarini aytib bering. Ovoz sozlash mashqlari o`tkaziladi. Jamoa bo`lib kuylash. K.Abdullayevning ‘’Yangi yil qo’shig’i”ni o`rganish. Qo`shiq yaratuvchilari haqida tushuncha beriladi va o`quvchilar o`qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvidagi qo`shiqni tinglab,uning mazmunini,xarakteri,sur`ati,ifoda vositalarini tahlil qiladilar.Qo`shiq jumlalab o`rgatiladi. YANGI YIL QO’SHIG’I (Quvnoq) Qudrat Hikmat she’ri Karim Abdullayev musiqasi Hovlimizga o’rnatdik ko’m-ko’k archani. Davramizga o’rnatdik igna bargchani. Qorbobomdan o’rganib bezatdik uni. Do’stlar keling ko’rgani Yangi yil kuni Musiqa tinglash. “Norim-norim”, “Xorazm Lazgisi” xalq kuylari tinglanadi. O`quvchilr tinglangan kuyni tahlil qiladilar,kuyga tasnif beradilar. Quyosh va bulut rasmli kartochkalar tarqatiladi. O’quvchilar major va minor ladiga tegishli kartochkalarni ko’rsatishadi. Ijodiy faoliyat “Yangi yil qo’shig’i” kuyi musiqasiga o`quvchilar raqs harakatlarini bajaradilar. Musiqa savodi. O`tilgan mavzularga asoslanib major va minor ladlari xaqida tushuncha beriladi. MAJOR tizilmasidagi kuylar sho’xchan va jozibali eshitiladi. MINOR tizilmasidagi kuylar mungli va ma’yus eshitiladi. Mustaxkamlash:. Dars davomida o`tilganlarni yakunlash ,umumlashtirish, “Kim chaqqon” metodi orqali mustaxkamlash Baholash: Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash. Uyga vazifa: Qo’shiqni yod olish Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’ Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling