Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi


Download 63.78 Kb.
bet5/5
Sana01.03.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1238966
1   2   3   4   5
Bog'liq
Farg\'ona-Toshkent maqom turkumlari(Allaberdiyeva Guloyim Shamuratovna)


 

2.2. Chorgoh maqomi haqida. 



Chorgoh (fors-to‘rt va joy, o‘rin) O‘n ikki maqom tizimidagi 24sho‘balardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun (204-180 sent) va yarim ton (114 sent) oralig‘ida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. O‘tmishda bastakorlar Chorgoh pardalari negizida turli shakl va janrlarda yaratishgan. Chorgoh maqom yo‘llari’iz hozirgi kunga qadar xilma xil ijod va ijro uslublari orqali bizgacha yetib kelgan. Muayyan maqom yoki sho‘ba tovushqatorining to‘rtinchi pardasi ham Chorgoh deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar hil maqom va sho‘balarga tayamgan holda Chorgoh nomida kuy va ashullalar bitilgani ma’lum. Masalan,“Chorgohi Ajam” (Ajam sho‘basining Chorgohi) kabi. 
Shashmaqomda ham Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh maqomida tarkibiy cholg‘u kuy va ashulla yo‘llari: “Muhammasi Chorgoh”, “Taqini Chorgoh, Nasri chorgoh”, “Ufari Chorgoh, Safti Chorgoh”, “Talqinchai Savti Chorgoh”, “Qashqarchai Safti Chorgoh”, “Soqiynoma Safti Chorgoh”, “Ufari Safti Chorgoh”. 
Ular parda tuzilishining dastlabki to‘rt pog‘onasi O‘n ikki maqom Chorgoh sho‘basiga moye keladi. Chorgoh maqom yo‘llari Yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat o‘rnatadi. 
Chorgoh sho‘balarining o‘zgacha uslubiy yo‘llari ham yaratilgan. Chunonchi, Farg‘ona-Toshkent mashhur Chorgoh ashulla yo‘llari, “Yovvoyi Chorgoh”, Surnay kuylari, Sodirxon Hofiz (Bobosharipov) yaratgan “Chorgohi Munojot” shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Chorgoh yo‘llari 5 qismli yirik shakldagi ashulla turkumidan iborat. “Chorgoh 1” saraxbor, “Chorgoh 2” tarona, “Chorgoh 3” savt, “Chorgoh 4” qashqarcha, “Chorgoh 5” va “Chorgoh 6” ufar doira usullari asosida ishlangan. 
Eron dastgohlari, ozarbayjon mug‘omlari va uyg‘ur maqomlaridan birining nomi. Mazkur Chorgohlarning parda tuzilishi bir-biriga yaqin bo‘lsada, kuy-ohanglari, usul va uslublari o‘z milliy va mahalliy musiqasiga xosdir. 
Maqom manbalari qatorida “goh” (ya’ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panchgoh) shaklidagi kuy tizilmalarini ham e’tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy kitoblarni ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avestodagi” “got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi “Gatheha” so‘zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida o‘tganligi va yana qator holatlar yana inobatga olinadi8
Bizga ma’lum “goh” kuylarining tahlili esa bu na’munalarning ildizlari faraz etilayotgan davralardan-da qadimniyroq ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Farg‘ona-Toshkent maqomlaridagi Dugih-XusayniyI kuyi negizida ikki tayanch parda ohang tizilmasi, Segoh cholg‘u kuyida, shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi asegih, Xorazm Segoh maqomining Tani maqom qismlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmasi borligi ayon bo‘ladi.  
Etnomusiqashunos olimlarning qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlaridan ma’lumki, bu kabi tayannh tovushli kuy na’munalari xalq musiqiy tafakkurining dastlabki kurtaklaridir. Aslida ana shu kabi maqomlarning yeti asosiy pardasi va ular asosida(Dugoh, Segoh, Choirgoh va boshqalar) ko‘hna kuy tizilmalarining quyidan yuqoriga qarab bosqichma bosqich (I, II, III, IV, va h.k) rivojlanib, pirovatdida yangi sifatlar kashf etish uslubi tariqat manzillariga xos jarayonlarning badiiy tarzida shakllangan bo‘lsa kerak. Har holda O‘n ikki maqom tizimini bizgacha “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” da yetib kelgan na’munalarining qiyosiy tahlili shu kabi xulosalarga ham asos bo‘lmoqda. Bunga Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridagi “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh” nomli na’munalar yaqqol misol bo‘la oladi. Shundayki, dastlab juda oddiy shakllarda bo‘lgan goh kuy tizimlari O‘n ikki maqom tizimining sho‘balari guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ularni mumtoz talablar darajasida rivoj toptirish maqsadida har biriga alohida-alohida mukammal parda uyushmalari biriktirilgan edi. Shunga binoan, Dugoh sho‘basi Xusayniy maqomida, Segoh sho‘basi Hijoz maqomida, Chorgoh sho‘basi Zangula pardalarida bayon etilib rivojlantirilgan. (N. Kavkabiy tasnifi). Buning binovarida esa sho‘balarning birikirilgan maqom pardalariga tabiiy singib ketish jarayoni ro‘y bergan. Bunga quyidagi misolni dalil keltirish mumkin. Xorazm maqomlaridan o‘rin olgan “Maqomi Segoh” aytim yo‘liuda dastlab uch tovushdan iborat bo‘lgan Segoh kuy-ohang qurilmasi “re” pardasidan boshlab birin-ketin yettita asosiy bosqichlarni zabt etadi.. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan “Segoh” aytim yo‘lida ham shu kabi musiqiy jarayonlar yuzaga keladi.  
Maqom yo‘llarini o‘zbek-tojik xalqlari musiqa boyliklari bilan bog‘liq holda chuqurroq o‘rganish, maqomlarning ikkala xalq musiqa merosida qanchalik katta ahamiyatga egaligini to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi, shu bilan birga, gullab-yashnayotgan o‘zbek-tojik musiqa madaniyatining yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo‘lgan musiqa-madaniy manbalardan biri- Shashmaqom kuy asoslaridan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini ochishga imkon beradi 
“Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” degan ibora bevosita jonli an’analarni aks ettiruvchi hayotiy tushunchadir
Demak dastlab ovoz ko‘lami (Dugoh), uch (Segoh) va to‘rt (Chorgoh) tovushlari doirasida bo‘lgan soda ko‘rinishli ko‘hna kuy tizilmalarining muayyan maqomlarning yettita asosiy pardalari bo‘ylab bosqichma-bosqich rivojlanuv natijasida ularning yangi sifat (ya’ni maqom) darajalari yuzaga kelgan edi. Aynan shu sifatlari darajasida ular keyinchalik yuzga kelgan yangi maqomot (Shashmaqom, Xorazm maqomlarida-Dugoh va Segoh, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarida Dugoh, Segoh va Chorgoh maqomlar) tizimidan o‘rin olgan edi. Mantiqiy xulosa shuki, bu jarayonda avvallari qo‘llanib kelingan Segohi-Hijoz, Dugohi-Xusayniy, Chorgohi-Zangula maqomlari pardalarining “hayoti” ham davom etayotganligini e’tirof etishimiz kerak. 
Xulosa 
Maqom borasidagi ushbu ta’riflar nafaqat O‘n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘onja-Toshkent maqom yo‘llariga ham bevosita dahldordir. Bu o‘rinda ularning tarkibiy qismlarida “maqom” so‘zi bilan birga yana “samo”, “gardun”, “qalandar”, “samandar”, “girya”, “nola”, “charx”, “faryod”, “soqiynoma” kabi ko‘plab tasavvuf us istilohlarining qo‘llamishi, shuningdek asosiy aytim yo‘llarida yuksak ishq ( Jomiy, Sakkokiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va h. k.) mazmunidagi g‘azallarning kuylanib kelinishi, “sof” musiqiy jihatdan esa mukammal parda yo‘llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o‘laroq) kuy mavzularini bir tartibda izchil rivojlantirib, ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarni dalillar qatorida keltirish mumkin. Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yog‘rilgan maqomlar musiqasidir. Chunki bir musiqa mazmunida pok ruhiyatining asl go‘zallik, chin haqiqat sari ma’naviy xuruji o‘z ifodasini ntopodi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o‘z badiiy qiymatini yo‘qotmasligi va ayni paytda, millionloab odamlar qalbidan o‘rin olganligini asl sabablaridan biri ham ularning teran ma’nolarga yo‘g‘rilgan go‘zal navolari-yu, beqiyos shaklu-tamoillari bilan izohlanadi.  
Bugungi mustaqil O'zbekistonda maqomotning uch turi — Buxoro «Shashmaqom»i, Xorazm maqomlari va Farg'ona-Toshkent maqomlari musiqa amaliyotida joriy bo'lib kelmoqda. Jonli jarayon bilan yo'g'rilgan maqomchilik an'analari bastakorlik va ijrochilik san'ati bilan bevosita bog'liqdir. Bunda ijodkorlik jabhasi ikki asosiy ko'rinishda namoyon bo'lishi ma'lum bo'lmoqda — biri maqom yo'llarini ijro etish talqinida an'anaga bo'ysungan holda rivojlanishi, yana biri maqomchilik an'analariga muvofiq yangi namunalarni ijod etishdan iborat (jumladan, Fattohxon Mamadaliyev tomonidan «Ushshoq» negizida «Qadimgi Ushshpq», «Zikri Ushshoq», «Umurzoq Polvon Ushshog'i», «Savti Fattohxon», «Miskin» maqom ashula turkumi yaratilishi; Orifxon Hotamov tomonidan «Ushshoq», «Girya» (masalan, «0rifxon Ushshog'i») turkumlari, yangi  
ashula yo'llari, Abduhoshim Ismoilov tomonidan maqom sho"balari asosida yangi cholg'u asarlarini ijod qilish va talqin etilishi. Maqomchilik ijodiyotining bu sohasi so'nggi yillarda yorqin namoyon bo'lmoqda. «Feruz» turkumi, dutor va surnay maqom cholg'u yo'llari o'z muxlislarini topmoqda. Mumtoz musiqaga mansub janrlar qatorida katta ashula va suvoralar namunalarining yangi davrdagi hayoti ham alohida diqqatni o'ziga tortadi. Har biri o'ziga xos bu noyob aytim turlarining mahalliy musiqiy an'analari doirasida tutgan o'rni ko'p jihatdan o'zaro o'xshash - katta ashula Farg'ona-Toshkent ashulachilik ijodiyotining yangi sifat bosqichdagi rivoji va alohida mumtoz ko'rinishi bo'lsa (bu borada katta ashula kechalari, Navro'z va Mustaqillik bayramlarida katta ashula namunalari keng ommaga targ'ib qilinishi namunalidir), suvora — Xorazm ashulachilik san'atining muhim va noyob qirralarini o'zida mujassam etgan mukammal aytim-ashula namunasidir (Xorazmda so'nggi yillari suvora aytishuvlarining o'tkazilishi an'anaga aylandi). Merosimizning yana bir ijodiyot turini dostonchilik san'ati an'analari tashkil etadi. Musiqiy-nasriy-nazmiy ijodiyotining eng qadimiylaridan biri bo'lgan o'zbek dostonchiligi boshqa Sharq xalqlari dostonchilik merosi bilan uzviy bog'liq holda rivoj topib kelmoqda. 1999-yilda Respublikamizda «Alpomish» dostonining 1000 yillik tantanalari yangi davrda baxshichilik san'atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni e'zozlash va o'zbek xalq va mumtoz musiqa ijodiyotini keng targ'ib etishda, ayniqsa, yoshlarni ko'p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishda salmoqli hissa bo'ldi Demak, maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo‘lga kiritgan ulkan hodisa bo‘ldi.  



Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling