Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


-bob. DMTTning mol-mulki va mablagʻlari


Download 135.6 Kb.
bet11/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

16-bob. DMTTning mol-mulki va mablagʻlari


80. Taʼsischi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yoki vakolat bergan organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni DMTTga oʻtkazadilar. DMTTga oʻtkazilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruvida boʻladi. DMTT oʻziga tegishli va xarajatlar smetasi boʻyicha oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga xarid qilingan mol-mulkni qonun hujjatlari va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan meʼyoriy hujjatlarga muvofiq tasarruf etadi.
81. DMTTning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
82. DMTT mol-mulki va pul mablagʻlari manbalari shakllantirilishi quyidagilardan iborat:
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjet mablagʻlari;
- tarbiyalanuvchilarni saqlash uchun ota-onalar toʻlovi;
- DMTTda qoʻshimcha pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek xorijdan kelgan qonun bilan ta’qiqlanmagan homiylik xayriya mablagʻlari;
- mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
83. DMTTni moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
84. Bolalarning DMTTda saqlash uchun toʻlov naqd pul, plastik karta, elektron toʻlov yoki tijorat banklari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu holatda toʻlovni tasdiqlovchi hujjat nusxasi DMTTga taqdim etiladi (elektron toʻlovdan tashqari). Bolalarni DMTTda saqlash uchun toʻlov kelgusida belgilangan tartibda foydalanish uchun tegishli DMTTning ota-onalar toʻlovi boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamiga tushadi.
85. Qonun hujjatlariga muvofiq toʻlovning boshqa qoidalari ham belgilanishi mumkin.
86. DMTTning moliya-xoʻjalik faoliyati tuman markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatlari orqali byudjet mablagʻlari va byudjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.
87. DMTTni byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari faqatgina DMTT rahbarining asoslantirilgan talabnomasiga koʻra tuman markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatlari orqali sarflanadi.



Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling