25. DMTTga bolani qabul qilish, uni guruhdan guruhga oʻtkazish bilan bogʻliq imtihon va test sinovlarisiz amalga oshiriladi.
26. Bolani DMTTga qabul qilish DMTT rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;
27. Tarbiyalanuvchilarni DMTT hisobidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- bolaning qonuniy vakili tomonidan berilgan arizasiga koʻra;
- tegishli tibbiy xulosa asosida;
- ota-ona badallari oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda (Аdliya vazirligi tomonidan 2016 yil 23 avgustda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2821);
- tarbiyalanuvchining qonuniy vakillari va DMTT oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda.
6-bob. DMTT guruhlari toʻldirilishi
28. Guruhlar DMTTning tarkibiy birligi hisoblanadi.
29. DMTTdagi guruhlar bir xil yoshdagi hamda turli yoshdagi bolalar bilan toʻldirilishi mumkin.
30. DMTT tarbiyalanuvchilarini toʻldirish va bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
31. DMTTda guruhlar quyidagi miqdorda toʻldiriladi:
- 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruhlarda-kamida 20 nafar va koʻpi bilan 30 nafar bola;
- bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda – koʻpi bilan 30 nafar bola;
32. DMTTning tegishli yoshdagi guruhini toʻldirish uchun ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilarini boshqa yoshdagi guruhdan qabul qilish joriy oʻquv yili tugaganidan keyin amalga oshiriladi. Yangi tarbiyalanuvchilarni ushbu guruhlarga qabul qilish DMTTdagi boʻsh joylar ochilishiga qarab belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Аgar DMTT joylashgan joyda DMTTga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam boʻlsa va bu joyda boshqa DMTT boʻlmasa, vazirlik bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
7-bob. DMTTda taʼlim-tarbiya jarayoni va metodika ishlarini
tashkil etish
34. DMTTdagi taʼlim jarayoni vazirlik tomonidan tasdiqlangan “Ilk Qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida hamda maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari uchun “Ilm yoʻli” variativ dasturi asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |