Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


DMTT akkreditatsiyasi vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi attestatsiya asosida amalga oshiriladi. 9


Download 135.6 Kb.
bet2/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

8. DMTT akkreditatsiyasi vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
9. DMTTning bino va inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilmaydi, ajratib olinmaydi va qayta ixtisoslashtirilmaydi.


2-bob. DMTTning maqsad va vazifalari


10. DMTTning maqsadlari quyidagilardan iborat:
-bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini taʼminlash;
-bolaning jismoniy, aqliy va maʼnaviy rivojlanishini saqlash va mustahkamlash;
-bolaning ijtimoiy moslashuvini va umum taʼlim muassasalarida taʼlimni davom ettirishga tayyorgarligini taʼminlash.
11. DMTTning vazifalari quyidagilardan iborat:
- bolalar, shu jumladan alohida ehtiyojli bolalar tomonidan yakka tartibdagi oʻquv dasturlarining oʻzlashtirilishi, shuningdek zamonaviy maktabgacha taʼlim va tarbiya olishi uchun qulay sharoit yaratish;
- bolalarda Vatanga muhabbat, oilasiga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga oqilona munosabatda boʻlish tuygʻularini shakllantirish;
- bola shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishiga koʻmaklashish;
- bolaning ijtimoiy moslashuvini va uning boshlangʻich taʼlimga tayyorgarligini taʼminlash;
- taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy oʻquv dasturlari hamda texnologiyalarni joriy etish.


3-bob. DMTTning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi


12. DMTT quyidagi huquqlarga ega:
- vazirlik tomonidan tasdiqlangan "Ilk qadam" Davlat taʼlim dasturi hamda tashkilotning tayyorlov guruhlari uchun “Ilm yoʻli” variativ dasturi asosida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan davlat talablariga muvofiq oʻz oʻquv dasturini ishlab chiqish;
- bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi toʻlov evaziga maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturidan tashqari qoʻshimcha taʼlim hizmatlari koʻrsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
- bolaning qonuniy vakillari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
- maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda ishtirok etish;
- DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. DMTTning majburiyatlari:
- oʻquv taʼlim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
- maktabgacha taʼlimning oʻziga xos sifatini taʼminlash;
- bolaga taʼlim berish va uni tarbiyalash masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;
- bolalarni rivojlantirish, tarbiyalash va taʼlim olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish;
- maktabgacha taʼlim sifati taʼminlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashish;
- DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
14. DMTT quyidagilar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi:
- bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishini oldini olish;
- bolalarning DMTTda boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilish va sogʻligini mustahkamlashni tashkil etish;
- taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalar bolalarning yoshi, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligini oldini olish;
- bolalarni shaxs sifatida shakllanishiga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda boshlang‘ich taʼlimga tayyorlash;
- taʼlim dasturlarining oʻziga xos sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini taʼminlash;
- mazkur Nizom bilan belgilangan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
15. DMTTning oʻquv jarayoni siyosiy yoki taʼlim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash maqsadlarida foydalanish ta’qiqlanadi.



Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling