Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga
Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov
Download 0.83 Mb.
|
1.Хат мурожаатлар юзасидан
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg‘ona tumani Mindonobod MFY Mustaqillik shukronasi ko‘chasi 16-uy 1-xonadonda yashovchi fuqaro Kasimova Nodira Nusratullayevnaga
Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning 15 851 000 so‘m daromad solig‘i hisoblanganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganildi. Murojaatni to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasiga so‘rov xati kiritosh orqali murojaatingiz o‘rganib chiqildi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandiga muvofiq soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining xujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshga qismi sifatida aniqlanishi belgilangan, Kodeksning 378-moddasi 7-bandi to‘rtinchi xat boshisida o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlar deklaratsiya asosida daromad solig‘iga tortilishi belgilangan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlar bazasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktyabrdagi PQ-1843-sonli qaroriga asosan Axborot taqdim etuvchi vazirlik va idoralar tomonidan Tashqi manba ma’lumotlari axborotlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlarga asosan. Siz tomondan Farg‘ona tuman, Beruniy MFY, Yangi avlod ko‘chasi 103-uyda joylashgan turar joyni 2019-yil 27-noyabr kuni 201901115002313-son reyestr raqami bilan Farg‘ona tuman 1-sonli davlat notarial idorasi orqali tuzilgan Me’ros shartnomasida kadastir qiymati bilan tasdiqlanib, 16 491 112 so‘mga olinganligi, shuningdek ushbu xonadon 2020-yil 2-iyun kuni 202001851000281-son reyestr raqami bilan Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tuman xususiy notarial idorasi orqali tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida 142 000 000 so‘mga sotilganligi ma’lum bo‘lgan. Turar joyni sotishdan olgan daromad (142 000 000-16 491 112=)125 508 888 so‘mni tashkil yetib, ushbu summaga 12 foizli stavkada 15 061 066,56 so‘m daromad solig‘i hisoblangan. Shuningdek, Farg‘ona shahar, Tashabbus MFY, Yangi zamon ko‘chasi 27-uyda joylashgan turar joyni 2020-yil 25-may kuni 202001851000184-son reyestr raqami bilan Farg‘ona tuman xususiy notarial idorasi orqali tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida 25 000 000 so‘mga olingan, shuningdek ushbu xonadon 2020-yil 20-avgust kuni 202001851001423-son reyestr raqami bilan Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tuman xususiy notarial idorasi orqali tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida 25 694 492 so‘mga sotilganligi ma’lum bo‘lgan. Turar joyni sotishdan olgan daromad (25 000 000-25 694 492=) 694 492,00 so‘mni tashkil yetib, ushbu summaga 12 foizli stavkada 83 339,04 so‘m daromad solig‘i hisoblangan. Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling