Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov
2021 yil 10-dekabr 4/3-3/339-son
|
|
Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Polvonovga
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani Mindonobod MFY Mustaqillik shukronasi ko‘chasi 16-uy 1-xonadonda yashovchi fuqaro Kasimova Nodira Nusratullayevnaning 15 851 000 so‘m daromad solig‘i hisoblanganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan fuqaro Kasimova Nodira Nusratullayevnaga 15 851 000 so‘m daromad solig‘i hisoblanishi uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda joriy yilning 13-dekabr kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Ilova: 2 varoqdan iborat.
Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov
2021-yil 17-dekabr 4/3-3/341-son
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |