Farg‘ona viloyati Quva tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining
Download 14.38 Kb.
|
buyruq
Farg‘ona viloyati Quva tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining BUYRUG‘I Quva tumani Xalq ta’limi muassasalarida 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumini boshlash to‘g‘risida Quva tumanida ob-havoning pasayib ketishi oqibatida xalq ta’limi muassasalarini belgilangan tartibdagi issiqlik bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-sentyabrdagi 522-sonli qarori va Viloyat hokimining 2022-yil 19-oktyabrdagi “Viloyat xududidagi markazlashgan isitish qozonlarini mavsumga tayyorgarligini sinash, ishga tushirish hamda 2022-2023-yil kuz-qish mavsumini boshlash to‘g‘risida“gi 330-11-0-F/22-sonli farmoyishi hamda Farg‘ona viloyati хalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 20-oktyabr kungi 186-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1.O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentyabrdagi 522-sonli qarori va viloyat hokimining 2022-yil 19-oktyabrdagi “Viloyat hududidagi markazlashgan isitish qozonlarini mavsumga tayyorgarligini sinash, ishga tushirish hamda 2022-2023-yil kuz-qish mavsumini boshlash to’g’risida”gi 330-11-0-F/22-sonli farmoyishi hamda Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 21-oktyabr kungi 186-sonli buyrug‘i raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Bo‘lim tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari uchun sinov va isitishni boshlash ishlari 2022-yil 20-oktyabr kunidan boshlanganligi inobatga olinsin. 3.Barcha muassasa raxbarlariga: 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumi 2022-yil 20-oktyabrdan boshlanganligi munosabati bilan ta’lim muassasalaridagi barcha isitish tizimi va qozonlarini sinash va ishga tushirish; Ta’lim muassasalarini (yog‘och deraza romlarini) selofan plyonka bilan qoplash, rom tirqishlarini paxta va skoch bilan berkitish hamda muassasalarga kirish, chiqish eshiklariga prujina o‘rnatish; Talim muassasalarida mavsum uchun jamg‘arilgan ko‘mir va va boshqa turdagi yoqilg‘ilarni belgilangan me’yorlarda sariflanishini va tejamkorlik prinsipiga rioya etilishini nazorat qilish; 21«10»2022 yil. 262-11-156-XT/2022-son Kundalik sarflanayotgan ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘ilarni miqdorlarini qayd etib borish, ombor daftarlarining ta’lim muassasalarining ma’sul xodimlari tomonidan kundalik ravishda yuritilishi nazorat qilish; Muassasalar xonalaridagi issiqlikni belgilangan me’yorlarda saqlanishini ta’minlash vazifalari topshirilsin. 4.Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni bo‘lim bosh muxandisi E.Ro‘ziyev zimmasiga yuklatilsin. Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang. Imzolovchi F.I.SH. NODIRJON KOMILOV POZILJONOVICH Imzolangan sana 21.10.2022 10:23 Hujjat kodi WP5330135223 Hulosa kodi HW0224121357 Download 14.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling