Farg‘ona viloyati Quva tumani hududidagi "Karkidon" suv ombori hududida turizm maqsadlarida investitsiya kiritish sharti bilan 5 gektar yer maydoni 12 lotga bo‘linib savdoga chiqarildi


Download 13.07 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi13.07 Kb.
#1248692
Bog'liq
Hujjat (11)


Farg‘ona viloyati Quva tumani hududidagi “Karkidon” suv ombori hududida turizm maqsadlarida investitsiya kiritish sharti bilan 5 gektar yer maydoni 12 lotga bo‘linib savdoga chiqarildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Yer maydoni Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi ekoturizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq sotuvga chiqarilyapti.
Mazkur hududda mehmonxona, motel, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar ob’ektlar, restoran, suv sport ob’ektlari, plyaj zonasi va pirs qurilishi ko‘zda tutilgan. Majumaning umumiy qiymati 27,8 mlrd so‘mni tashkil etib, unda 100 nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.
Yer maydoni “Toshkent-O‘sh A-373” Farg‘ona-Andijon avtomagistrali 4R-112 yo‘lining Quva tuman markaziga 12,7 km masofasida va Farg‘ona shahridan 34,1 km masofada joylashgan.
Ma’lumot uchun, “Karkidon” suv ombori inshooti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida 1967 yili qurib bitkazilgan bo‘lib, suv Isfayram daryosi va Janubiy Farg‘ona kanalidan kelib quyiladi. Uning to‘liq hajmi 216,0 mln metr kubni tashkil etadi. Suv yuzasi oynasining maydoni 9,5 ming metr kvadratni tashkil etadi. Suv yuzasining uzunligi 5 kilometr, eni esa 5,5 kilometrdan iborat. Suv omborining maksimal chuqurligi 70 metrga teng.
Download 13.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling