Farhod Raimkulov – Kimyo Fanidan Online Repetitor
Telegram manzilimiz - @uzkimyogar
26-masala.
3 ml 28% li eritmada 0,7 g etanol bo’lsa, shu eritmaning zichligini
toping.
Yechish.
Proporsiya tuzamiz:
0,7 g etanol – 28 %
X g eritma – 100 % X = 2,5 g.
Yoki formuladan:
m(eritma) = 2,5 g.
Endi eritma zichligini topamiz:
d = m/V = 2,5/3 = 0,83 g/ml.
Javob: 0,83 g/ml.
27-masala.
Sul’fat kislotaning 9,4 N eritmasi tarkibida 25 % kislota bo’lsa,
kislotaning zichligini toping.
Yechish.
Normal va foiz konsentrasiya orasida quyidagicha bog’liqlik
formula mavjud:
Farhod Raimkulov – Kimyo Fanidan Online Repetitor
Telegram manzilimiz - @uzkimyogar
bundan quyidagini hosil qilamiz:
d =
Javob: 1,84 g/ml.
28-masala.
3,75 mol/kg molyal konsentrasiyali eritma tayyorlash uchun 96 g
mis(II)sul’fatga qancha massa (g) suv qo’shish kerak?
Yechish.
CuSO4 ning mol miqdorini topamiz:
n = m/M = 96/160 = 0,6 mol.
1000 g suvda – 3,75 mol CuSO4 erigan
X g suvda - 0,6 mol
X = 160 g.
Do'stlaringiz bilan baham: