Farhod va Shirin forsiy ishqiy qissa
Download 36.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Farhod va Shirin - Vikipediya
Farhod va Shirin forsiy ishqiy qissa Farhod va Shirin — eronlik xalqlar adabiyotlarida anʼanaviy mazmunga ega boʻlgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi. Shirin va Farhod timsollari fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning „Shohnoma“ , Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“, Xusrav Dehlaviyning „Shirin va Xusrav“, oʻzbek shoiri Qutbning „Xusrav va Shirin“ dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga „Farhod va Shirin“ deb nom qoʻygan. Navoiy yigitlik davrida „Topmadim“ radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta-qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor: "Koʻp oʻkudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim". Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta-qayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483-1484-yillarda amalga oshirilgan. Shahanshoh Xusrav Parvizning hovuzda cho`milayotgan Shirinni birinchi bor ko`rishi. Nizomiy Ganjaviy Bruklindagi nusxa minaturasi. Shirin (? – 628 y.) (fors. sẖy ̰ry ̰n) — sosoniylar davridagi fors shahanshoh (shohlar shohi) Xosrov Parvizning xotini bo`lgan. Xosrovning otasi Hormizd IV Asl kelib chiqish vafotidan keyingi inqilobda general Bahrom Chobin Fors imperiyasi ustidan hokimiyatni egallaydi. Shirin Xosrov bilan birga Suriyaga qochib ketadi va u yerda Vizantiya imperatori Moris himoyasida yashagan. 591 yilda Xosrov imperiyani nazorat qilish uchun Fors (Eron hududuga yani o`sha paytdagi Sosoniylar imperyasini taxtini asl egasiga qaytarish uchun)ga qaytib keladi va Shirin malikaga ayladi. U Erondagi nasroniy ozchilikni qo'llab-quvvatlash uchun o'zining yangi ta'siridan foydalangan, ammo siyosiy vaziyat undan buni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishni talab qilgan. Dastlab u Nestorianlar deb ataladigan Sharq cherkoviga mansub bo`lib, ammo keyinchalik, u Antioxiyadagi miafizit cherkoviga qo'shiladi, "hozirda Suriya pravoslav cherkovi deb nomlanadi". 614 yilda Quddusni zabt etgandan so'ng, 602- 628 yillardagi Vizantiya-Sosoniy urushi davrida, forslar Isoning Haqiqiy xochini qo'lga oldilar va uni poytaxti Ktesifon(Sosoniylar boshkenti)ga olib kelishdi, u erda Shirin o'z saroyida xochni oladi. O'limidan ko'p o'tmay, Shirin fors adabiyotining muhim qahramoniga aylandi, sodiq oshiq va xotinning namunasi bo'ldi. U Nizomiy Ganjaviyning (1141-1209) “Xosrov va Shirin” romanida va “Shohnoma”da uchraydi va boshqa koʻplab asarlarda tilga olinadi. Uning adabiyotdagi batafsil hikoyasi uning hayotining juda oz sonli ma'lum tarixiy faktlariga deyarli o'xshamaydi yoki umumanbog`liq emas, garchi uning nasroniyligi va erining o'ldirilishidan keyingi qiyinchiliklar hikoyaning bir qismi bo'lib qolsada, shuningdek, Xusravning taxtga qaytishidan oldin surgun qilinishi ham. Birinchi tasodifiy uchrashuvda, Xusrav Shirinning kim ekanligini bilmaydi va keyinchalik, unga oshiq bo`lib qoladi. Taqdir charxpalagining sinovlaridan so`ng Xusrav Suriyadagi darbadarlikdan ozod bo`ladi va Shirin bilan birlashadi va taxtni qayta egallaydi, bu xikoyaning umumiy qismini tashkil qiladi. Lekin Xusravning o`g`li tomonidan o`ldirilganidan so`ng Shirin unga turmushga chiqishga majbur bo`ladi va buning oldini olish uchun o`z joniga qasd qiladi, shu bilan hikoya tamom. Teofilakt Simocatta qo'shimcha ma'lumot bilan shunga o'xshash dalillar beradi. “Keyingi yili Fors shohi [Xusrav II] rimlik va nasroniy dinidan boʻlgan va turmush qurish yoshidagi Seyramni [Shirinni] malika deb eʼlon qildi, u bilan birga uxladi "yotdi ". Xusrav majusiy diniga koʻra, koʻp sonli xotinlarga ega boʻlgan. U nasroniy xotinlar ham olgan va Xujaston oʻlkasidan Shirin ismli nihoyatda goʻzal nasroniy xotini bor edi. U yani Shirin malikalar malikasi [tiknatlar tikin] bo`ldi.U qirollik qarorgohiga yaqin joyda monastir va cherkov qurdirdi, u erda ruhoniylar va xizmatchilarni joylashtirdi, ular uchun saroydan maoshlar va kiyim-kechak uchun pul ajratdi. Xuzistonlikdagi [Erondagi viloyat] ossuriyalik nasroniy Sebeos tomonidan yozilgan Xuziston yilnomasida quyidagila keltiriladi (taxminan 680-yilda). Unda biz katolik Isho Yahb II va Fors shohi Xusrav II o‘rtasidagi munosabatlar haqida yozilgan. Parviz (590-628) : "Isho Yahb u haqida adolat bilan quyidagicha yozadi, Xusravning ikkita nasroniy xotini bor edi Arman Shirin va Rimlik Maryam ". (Teodor. Nöldeke: Die von Guidi herausgegebene syrische Chronik, Wien 1893, p. 10) Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostoni u yaratgan „Xamsa“ning 2-dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakkayu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin Doston mazmuni uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi. 15-asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farhod va Shirin nomlari bilan bogʻlangan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (17-asr) "Muxabbatnoma va mehnatkom" hamda Abduraim Nizoriyning „Farhod va Shirin“ „Farhod va Shirin“ nomi bilan yaratilgan asarlar dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruxlanib yaratilgan. 19-asrda yashab ijod qilgan oʻzbek shoiri Mahzunning „Farhod va Shirin“ dostonida ham Farhod bilan bogʻlik. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizigʻi saqlangan. Bu dostonida Mahzun Navoiy gʻazallaridan ham foydalangan. Mashhur oʻzbek xalq baxshisi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli repertuarida „Farhod va Shirin“ dostoni ham boʻlib, mazmuniga koʻra u koʻp jihatdan Navoiy dostoniga yaqin. 1922-yilda „Farhod va Shirin“ nomi bilan oʻzbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musiqali drama , 1941-yilda mashhur ozarbayjon shoiri Samad Vurgʻun tomonidan drama asari yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba boʻlishi bilan birga ularda ulugʻ shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin oʻz aksini topdi. Alisher Navoiy, Mukammal asarlartoʻplami, 8j., T., 1991; Xurshid, Tanlangan asarlar, T., 1967. Manbalar Bertels Ye.E., Nizami i Fizuli, M., 1962; Erkinov S, Navoiy „Farhod va Shirin“i va uning qiyosiy tahdili, T., 1971. "Sebeos' History ", Chapters 4. Translation by Robert Bedrosian (1985) Baum's later chapters cover her literary depiction fully Excerpts from Theophylact's History. Chapters 13.7 and 14. 1 Translation by Michael Whitby Adabiyotlar Havolalar Bu sahifa oxirgi marta 17-Oktyabr 2023, 04:49 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Farhod_va_Shirin&oldid=391 5446 " dan olindi Download 36.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling