Farhod va Shirin


Download 16.64 Kb.
bet2/2
Sana15.10.2023
Hajmi16.64 Kb.
#1704464
1   2
Bog'liq
FARHOD VA SHIRIN

Doston mazmuni
Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostoni u yaratgan „Xamsa“ning 2-dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakkayu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.
Bu mavzu aslida eski bo’lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. U ilgari ko’proq Xusrav va Shirin shaklida mashhur edi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o’ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go’zal Shiringa bo’lgan muhabbati ko’pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy (923-yili vafot etgan)uni “Xusravning eng suyukli xotini bo’lgan” deb xabar beradi. Bal’amiy (996-yili vafot etgan) fikricha, undan go’zal ayol bo’lmagan. Nima bo’lganda ham, o’z sevgisini o’limi bilan isbot etgan bu go’zal malika haqida ko’plab rivoyat va afsonalar to’qilgan. Hatto, arab sayyohi Yoqut (1179-1229) Shirin muhabbati haqida Behustun tog’ida Doro yozdirgan yozuvlarni o’z ko’zi bilan ko’rganini ma’lum qiladi. U haqda birinchi marotaba yozma adabiyotda Firdavsiy doston yozib, “Shohnoma”siga kiritgan. Nizomiy esa uni alohida ishqiy sarguzasht doston holiga keltirdi. U XIV asrda Qutb tomonidan turkiyga tarjima ham qilindi.
Nizomiyda tasvirlanishicha, Xusrav Eron shohi Xurmuzdning tilab olgan o’g’li bo’lgan. Shopur uning yaqin do’stlaridan, u yurtlarni kezarkan, Shirinning daragini topib keladi. Yo’lini qilib, unga Xusrav haqida xabar beradi. Ular uzoq vaqt bir – birlari bilan ko’risholmay, g’oyibona muhabbat qo’yib yuradilar. Buning ustiga, Xusrav taxt tashvishlari bilan bo’lib, Shirinni unutib yuboradi. Shiringa qasr qurish va ariq qazib berish jarayonida Farhod (u Firdavsiyda yuk) asarga kirib keladi. U Shirinni yaxshi ko’rib qoladi. Qisqa muddatda qurilishni bitiradi. Shirin Farhod ustidan dur – gavharlar sochishni buyuradi. Farhod ularga parvo qilmay, Shirin xayoli bilan sahroga ketadi. Bu gaplar Xusrav qulog’iga ham yetib boradi. Xusrav va Farhod o’rtasida savol – javob bo’ladi. Farhod o’z muhabbatidan voz kechmaydi. Xusrav hiyla bilan albab, Farhodni halok etadi. Farhodning o’limi Shiringa qattiq ta’sir etadi. Nihoyat, uzoq mojarolardan so’ng Xusrav va Shirin bir – birlariga yetishadilar. Biroq o’rtada Xusravning rumlik Maryam degan xOtinidan bo’lgan o’gli Sheruya Shirinni ko’rib, sevib qoladi. Otasini o’ldiradi va Shiringa uylanmoqchi bo’ladi. Shirin esa Xusrav qabriga kirib, xanjar bilan o’zini halok etadi.
Xusrav Dehlaviy o’z “Shirin va Xusrav”ida Nizomiy izidan bordi. Lekin Farhod obraziga ayrim aniqliklar kiritdi. Masalan, Nizomiyda Farhodning kelib chiqishi haqida ma’lumot yo’q. Xusrav Dehlaviyda u Chin xoqonining o’g’li. Shirin bilan Farhodning ilk uchrashuvlari ham boshqacharoq kechadi.
Navoiy “Farxod va Shirin”dagi yaratuvchilik va sevgi dostonini “shavq dostoni” deb ataydi. Ishqni inson hayotining mazmun – mohiyati deb hisoblaydi. Bu ishq shunchaki insoniy emas, ilohiy ishq hamdir. Navoiyda bu ikki tushunchani bir-biridan ajratish juda qiyin. Ko’pincha ular biri ikkinchisini to’ldirib boradi.

Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling