Dorivor yig’malar - Species qadimgi dopi turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor o’simliklarning ishlatilishini eng oddiy shakli bo’lgan dori turidir. - Dorivor yig’malar va choylar ma'lum bir kasallikni davolashga mo’ljallangan bir nechta dorivor o’simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir.
- Yig’malar va choylar qat'iy dozalanmagan (dozalarga - iste'mol qilinadigan miqdorlarga bo’linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bo’lgani uchun, ularni odatda zaharli va kuchli ta‘sir qiluvchi o’simliklardan tayyorlanmaydi. Taxminiy dozalash ham yig’ma yoki choydan dori turi tayyorlovchi shaxs (bemorning o’zi yoki unga dori tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, bir osh qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan suvda damlanadi va xokazo.
Dorivor yig’malar va choylar ishlatilishiga qarab quyidagicha bo’lishi mumkin: - 1. Og’rigan yеrga qizdirib (yoki qaynatib) bosiladigan (yoki bog’lanadigan) yig’ma va choylar.
- 2. Vanna qilish uchun mo’ljallangan yig’ma va choylar.
- 3. Damlama va qaynatmalar tayyorlash (istе'mol qilish) uchun yig’malar va choylar.
- 4. Chеkish uchun tavsiya etilgan yig’malar va choylar.
Ular quyidagicha tayyorlanadi: - Yig’ma va choylar tarkibiga kiradigan dorivor o’simliklar mahsuloti (jo’ka, sigirquypyq va moychechak gullari, ba'zi mevalar va urug’lardan tashqari) ayrim-ayrim xolda maydalaniladi. MXda ko’rsatilgan tegishli elakda elanadi va kеrakli miqdorda olib, yaxshilab aralashtiriladi. O’simlik kukuni (changi) teshigining diametri 0,2 mm li qil elakda elanadi va qadoqlab karton qutichalarga joylashtiriladi. Karton qutichalap ustiga yig’malar - choylar nomi, tarkibi, ishlatilishi, tayyorlash texnologiyasi va boshqa ma'lumotlar yozilgan yorliq yopishtiriladi. So’ngra dorivor yig’malar va choylar tahlil qilinadi.
- Dorivor yig’malar va choylarning tahlili, ular tarkibidagi dorivor o’simlik mahsulotlarining chinligini va miqdorini aniqlash, ularning o’zaro nisbati to’g’ri ekanligi hamda yot aralashmalar yo’qligini isbotlashdan iboratdir.
- Taxlil qilish uchun yig’ma va choylardan (0,5-10g) tarozida aniq tortib olinadi, qalin oq qog’oz varag’iga to’kib, uni kurakcha (cho’tkacha) yordamida tarkibiy qismga ajratiladi. Ayni vaqtda aralashmalar bo’lsa, ular ham ajratilib, keyin tarozida tortiladi va so’ngra yig’maning tarkibiy qismini to’g’ri yoki to’g’ri emasligi haqida tegishli xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |