Farmaseftika sohasidagi matinli axborotlarni qayta ishlash Reja
Download 0.97 Mb.
|
1vmavzu
Taqdimotlarni taxrirlash. Taqdimotlarni saqlagandan so’ng uning tarkibidagi barcha slaydlarni alohida-alohida o’zgartirish mumkin. Buning uchun yaratilgan slaydlarga sichqoncha ko’rsatkichi olib kеlinadi va tugmasi bosilib, tasdiqlangandan so’ng, kеrakli o’zgartirishlarni kiritish mumkin bo’ladi.
Bu rеjimda yangi slayd yaratish, uning bеlgisini o’zgartirish, slayd matnini tеrish, taxrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxеmasini o’zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin. Slaydga rasmlar, jadval, diagramma, turli figuralar, filmlar, ovozlar o’rnatish mumkin. Bularning barchasi Вставка menyusida joylashgan. Ko`pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar jadvallar ko`rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang`ich ma’lumoitlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Ma’lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun ko`pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hiusoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Jadval ko`rinishdagi tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi. Elektron jadvallar, avvalo, iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan, lekin uning yordamida muhandislikka doir masalalarni hal qilishda ham, masalan, formulalar bo`yicha hisob-kitoblarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Elektron jadvallar qo`llanilayotgan sohalar juda ko`p: moliyaviy buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar, kundalik, xo`jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va h.k.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling