Farmasevtika subyektlarning ozaro munosabatlarining etik tamoyillari ibragimov axrorjon


Download 301.74 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi301.74 Kb.
#1711792
1   2   3
Bog'liq
BIOETIKA

82
Enter title
Enter title
73
Enter title
Farmatsevtika xodimlari kasbiy faoliyati davomida doimo bemor va ularning yaqinlari bilan muloqotda bo‘lishadi. Ularga nisbatan ziyraklilik, e’tibor va sabrtoqat ila muomalaga kirishib, bemorning sog‘lig‘i va hatto hayoti, Shuningdek, bemor atrof-muhitni etarli darajada anglash haqiqati bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. Dorixonaga kelgan bemor, birinchi navbatda, farmatsevt, farmatsevt yordamchisi yoki kassirga murojaat qiladi. Bu erda tashqi ko‘rinish, yuqori axloqiy muloqot, muloyimlik, hurmat so‘zlarini ishlatish qobiliyati, yuz ifodasi, ovoz, va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Insoniyatning tibbiy yordamga rioya qilishi nafaqat tibbiyotga, balki so‘zlar bilan ham kasalliklarni engib o‘tishga asoslangan bo‘lishi o‘ziga xos san’atdir. Mahalliy terapiya asoschisi prof. M.Ya. Mudrovning fikriga ko‘ra, bemorga dori vositasining ta’siri haqida to‘g‘ri talqin qilinishi kasalning sog‘ayishga bo‘lgan ishonchini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida, dori vositasini qabul qilish jatumanida bemor kasallikdan ko‘ra sog‘ayish haqida ko‘proq o‘ylaydi. Demak, farmatsevt vazifasi - bemorning sog‘ayishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, davolanish jatumanida dori vositasining ta’sir kuchiga bo‘lgan munosabatni uyg‘otishdan iborat. Buning uchun, farmatsevtning yuqori kasbiy va axloqiy xususiyatlariga ega bo‘lishi, dorixonaga keluvchi xar bir bemorlar yoki xaridorlar bilan munosabatlarini to‘g‘ri tashkil eta olishi va tartibga solishi, ularga psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llay olishini amaliy namoyon eta bilishi zarur bo‘ladi.
Farmatsevtika etikasi va deontologiyaning muhim elementi - bu insonparvarlik tamoyillari va har bir ijtimoiy majburiyatning yuksak darajada xabardorligi bilan bog‘liq bo‘lgan farmatsevtlar va shifokorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi axloqiy qoidalardir. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy maqsadi - bemorlarning sog‘lig‘i va farovonligini saqlashdir. Bunday holatda, shifokor bemorga tashxis qo‘yib, dori-darmonlarni tavsiya qiladi. Dorixona xodimining shifokorlar oldidagi vazifasi bir-birining tajribasi va bilimlarini hurmat qilish orqali bemorga dorilarni tanlashda, uning xususiyatlari, sinonimlari va o‘xshashlari haqida to‘liq ma’lumot berishda yordam berishdir. Shifokorlar va farmatsevtlar: • bir-biriga nisbatan mulohazasiz fikrlarga yo‘l qo‘yishi; • bir-birining qadr-qimmatini pasaytirishi; • bemorning oldida bir-birlari to‘g‘risida salbiy fikrlar bildirish kabi holatlar mumkin emas. Shifokor retsept orqali farmatsevtga murojaat qiladi. Farmatsevt dori vositasining dozasi va uni qabul qilish tartibi bo‘yicha shifokor ko‘rsatmalariga asoslanib, dori vositalarini bemorga beradi. Shifokor va farmatsevtlar bemorga buyurilgan va berilgan dorilar uchun to‘liq javobgar bo‘ladilar. Shuning uchun farmatsevt: • shifokorni yozgan dori preparatini almashtirish; •shifokorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar, belgilangan tartibqoidalar va noto‘g‘ri ko‘rsatilgan dorilarning dozalari, mos kelmasligini aniqlash va boshqalardan iborat.

Download 301.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling