Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti topshirdi: Рахмонов Х. Tekshirdi: Сафарова Н. К


Download 1.63 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1378257

FARMASEVTIKA TA’LIM VA
TADQIQOT INSTITUTI







TOPSHIRDI: Рахмонов Х.
TEKSHIRDI: Сафарова Н.К.

Oʻsimliklar morfologiyasi, fitomorfologiya — botanikaning boʻlimi; oʻsimliklarning tuzilishi va forma hosil boʻlishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni oʻrganadigan fan. Oʻsimliklar morfologiyasining tarixiy taraqqiyoti davomida undan oʻsimliklar anatomiyasi, oʻsimliklar embriologiyasi, sitologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Tabiatdagi oʻsimliklarning morfologik jihatdan turlitumanligini aniqlash; tuzilishi, organlar va organlar sistemasining oʻzaro joylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarning umumiy tuzulishi va ayrim organlarining individual rivojlanishida (ontomorfogenez) oʻzgarishini tadqiq etish; oʻsimlik dunyosining evolyutsion rivojlanishida organlarning paydo boʻlishini izohlash (filomorfogenez); forma hosil boʻlishida turli xil tashqi va ichki omillar taʼsirini oʻrganish Oʻsimliklar morfologiyasining asosiy muammolaridan hisoblanadi. Morfologik tadqiqotlarning asosiy metodlari — tasvirlash, chogʻishtirma va eksperimental metodlardir.


Birinchisi oʻsimlik organlari va organlar sistemasini tasvirlaydi (organografiya), ikkinchi metodda tasvirlangan material tavsiflanadi va h.k. Eksperimental metodda nazorat etiladigan tashqi muhit kompleksi sunʼiy hosil qilinadi hamda bu sharoitda oʻsimliklarning morfologik reaksiyasi va boshqalar oʻrganiladi. Oʻsimliklar morfologiyasi botanikaning boshqa boʻlimlari: oʻsimliklar paleobotanikasi, oʻsimliklar sistematikasi va filogeniyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, oʻsimliklar ekologiyasi, oʻsimliklar geografiyasi va geobotanika, genetika va oʻsimlikshunoslik bilan chambarchas bogʻliq.Oʻsimliklar morfologiyasi juda qadimdan oʻrganila boshlangan. 17-asrda Oʻsimliklar morfologiyasini nazariy umumlashtirish sohasida dastlabki ishlar qilingan (italiyalik olimlar A.Sezalpin, M.Malpigi, nemis olimi I.Yung).
Lekin Oʻsimliklar morfologiyasi soha sifatida 18-asr oxirlarida shakllandi. Bu vaqtda "Oʻsimliklar metamorfozi haqida tajriba" ("Opnt o metamorfoze rasteniy", 1790) kitobi nashr qilinib, bunda I.V.Gyote
"morfologiya" terminini fanga joriy etishni taklif Simmetriya (biologiyada), biosimmetriya — tirik organizmlar qismlarining fazoviy oʻzaro mutanosib joylashuvi xususiyatlari. Biologik obʼyektlar strukturaviy S.sini aniklash ularning tashqi koʻrinishi va ichki tuzilishini aniq tavsif etish imkonini beradi. Strukturaviy S. biologik obʼyektlar struktura elementlarining izchil takrorlanishi tarzida namoyon boʻladi.
Strukturaviy S.ga koʻra, obʼyektning simmetrik koʻrinishi uning struktura elementlari, yaʼni obʼyektning bir xil qismlari tartibini belgilovchi geometrik elementlar (nuqta, chiziq, tekisliklar) bilan taʼriflanadi. Floks oʻsimligi gulining S.si bunga misol boʻla oladi.
Kapalak gavdasi S.si uni oʻng va chap deb ataladigan 2 qismga, yaʼni tekislikka boʻlib turadi. Bunday tekislikning har biri ikkinchisining koʻzgudagi aksiga aynan oʻxshash boʻladi.Tirik tabiatda S.ning bir necha xili uchraydi. Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi davomida S. shakli ham oʻzgarib borgan. Mac, tiriklik rivojlanishning ilk davrlarida nuqtali S.li, toʻgʻri koʻp burchakli va sharsimon S.li organizmlar keng tarqalgan. Evolyusiyaning yuqori bosqichlarida oʻsimlik va hayvonlar uchun, asosan, aksial S. va aktinomorf S. xos. Aksial S.li organizmlar p tartibli S. oʻqiga ega. Aktinomorf S.li bioobʼyektlar esa p tartibli S. oʻqi va bu oʻqni kesib oʻtgan t ta tekislikka ega boʻladi. Tirik tabiatda asimmetriya va ikki tomonlama, yaʼni bilateral S. keng tarqalgan.
Asimmetriya koʻpchilik oʻsimlik turlarining barglari, ikki tomonlama S. odam, umurtqali hayvonlar va koʻpchilik umurtqasizlar uchun xos.
Biologik obʼyektlar S.sini oʻrganish ularning tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanishi, xossalari va funksiyasini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi.








Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling