Farmatsevt va bemorlar huquqlarini himoya qilish etik aspektlari mustaqil bajarish uchun vaziflar
Download 26.99 Kb.
|
2 5433805564188559447
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagilar.
FARMATSEVT VA BEMORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH ETIK ASPEKTLARI MUSTAQIL BAJARISH UCHUN VAZIFLAR 1-Vazifa. “Klaster” treningi bo‘yicha “klinik sinovlar bosqichlari” mantiqiy zanjir tuzing Klinik sinovning I bosqichi dori vositasining xavfsizligini dastlabki baholash hamda uning farmakokinetikasi va farmakodinamikasini rozilik bildirgan katta yoshlik bemorlarda o‘rganish asosida davolash dozalarining boshlang‘ich sxemasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. KLINIK SINOVLAR Klinik sinovning II bosqichi dori vositasining terapevtik samaradorligini va qisqa muddatdagi xavfsizligini baholash, muqobil terapevtik dozalarni, samaradorlikning dozalarga bog’liqligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Klinik sinovning III bosqichi, odatda, dori vositasi qayd etilgandan so’ng o’tkazilib, bunda uning terapevtik samaradorligi va havfsizligi tasdiqlanib, uzoq muddatli noxush yoki boshqa kasalliklarga bog’liq ta’sirlari aniqlanadi. Klinik sinovning IV bosqichi dori vositasining bozordagi muomalasi boshlangandan so’ng o’tkaziladi. Bu sinovlarning maqsadi – dori vositasining terapevtik ahamiyatini, uni kelajakda qo’llash strategiyasini belgilash hamda nojo’ya ta`sir doirasi, boshqa dorilar bilan mutanosibligi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot olishdir. 2-Vazifa. “Guruhlash” usuli asosida me’yoriy (normativ) –tegishli guruhga kiriting va jadvalni ish daftaringizga yozib oling. Fuqarolarning sog’liklarini saqlash prinsiplari quyidagilardir: Sog’liqni saqlash sohasida inson huquqlarig rioya qilinishi Aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo’la olishlari Profilaktika chora tadbirlarining ustuvorligi Sog’lig’ini yo’qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi Tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi Vazifa3. “Guruhlash” usuli asosida me’yoriy (normativ) –tegishli guruhga kiriting va jadvalni ish daftaringizga yozib oling. Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagilar. Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasida fuqarolarning sog’lig’ini saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Basharti halqaro shartnomada fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling