Farmatsevtik deontologiya


Download 75.77 Kb.
bet8/11
Sana21.01.2023
Hajmi75.77 Kb.
#1107342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DVSSM 2-sem Farm deon ishchi dastur 2022-23

YAKUNIY NAZORAT (YaN)
YaN modul yakunida tеst shaklida o’tkaziladi. Bunda talabalarning kompetensiyalari va nazariy bilimlari tekshiriladi. Maksimal ball 100, o‘tish bali 55 ball.
YaNda saralash balini (55) yig‘olmagan talaba YaNdan o‘tmagan va modulni o‘zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda to‘liq kreditni yig‘gan bo‘lsa ham).
Ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
Kasalligi sababli yakuniy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida yakuniy nazoratda saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, modul bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

6.Asosiy va qo’shimcha darsliklar va ma’lumot manbalari.
6.1.Asosiy adabiyotlar:
1.Alisevich V.I., "Tibbiy etika, deontologiya va shifokorning mas'uliyati masalalari" Moskva, 1980 yil - 72-bet.
2. Vixlyaeva E.M., Gamov V.P., Gorshkov S.Z., “Tibbiyotda deontologiya” (2 jildda) Moskva, 1988 yil - 103-108-betlar.
3. Lopatin P. V., Kartashova O. V., "Bioetika" darsligi (4-nashr) Moskva, 2010. - 269-bet.
4. Makeeva L.A., "Zamonaviy ilmiy va texnologik inqilob sharoitida tibbiy etika va tibbiy deontologiyaning nazariy muammolari" Moskva, 1985 yil - 46-bet.
5. Petrovskiy B.V., "Tibbiyotda deontologiya" (2 jildda) Moskva, 1988 yil - 68-69 b.
6.Uilyams D.T. Tibbiy etika bo'yicha qo'llanma / Yu.M.Lopuxin, B.G.Yudin, M.A.Mixaylov tahrirlari;-M. : GEOTAR-Media, 2006. - 128s.
7.A.K.Ampbell, G.Gillett, T.Jons Tibbiyot etikasi: Per. ingliz tilidan. : Uch. nafaqa / tahrir. Yu.M.Lopuxin, B.G.Yudin; -M.: GEOTAR-Media, 2007. - 400s. Qo'shimcha manbalar: 1 Xrustalev Yu.M. Biotibbiy etikaga kirish: oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik / Yu.M. Xrustalev; - M .: "Akademiya", 2010.-224s. 2 Amaliy mashg'ulotlar uchun ko'rsatmalar. 3 Talabalarning mustaqil ishlari bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar.



Download 75.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling