Farmatsevtik xodimlar nomenklaturasi va shtatlari
Download 275.57 Kb. Pdf ko'rish
|
8-лекция
FARMATSEVTIK XODIMLAR NOMENKLATURASI VA SHTATLARI. REJA: 8.1. Farmasevtika faoliyati, kadrlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari. 8.2. Farmasevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi. 8.3. Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan farmasevtika faoliyati yo‘nalishlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2009 yil 20 maydagi №157 son buyruq bilan farmasevt kadrlar lavozim nomenklaturasi va lavozim nizomlari tasdiqlangan.
1-jadval Farmasevt kadrlar lavozim nomenklaturasi Kategoriya Lavozim nomi Rahbar xodimlar Dorixona mudiri
Dorixona mudiri muovini Dori vositalarini ulgurji savdosini amalga oshiruvchi omborxona mudiri Dori vositalarini ulgurji savdosini amalga oshiruvchi omborxona mudir muovini Farmasevtika tashkilotlarining bo‘lim boshliqlari Oliy farmasevtika ma'lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislar Farmasevt Farmasevt-texnolog
Farmasevt-analitik Farmasevt-kosmesevt Farmasevt muhandisi Biotexnolog Klinik farmasevt
O‘rta maxsus ma'lumotli farmasevt kadrlar Farmasevt assistenti Yordamchi xodimlar Qadoqlovchi Sanitar yuvuvchi
Oliy va o‘rta maxsus ma'lumotiga ega bo‘lgan farmasevt kadrlar 3 bosqichga ega bo‘lgan kvalifikasion kategoriyaga ega bo‘lishi mumkin.Malakaviy toifa 5 yil muddatgacha amalda bo‘lib, so‘ngra uni qaytadantasdiqlash zarur. Malakaviy toifa farmasevt kadrlar attestasiyasi natijalariga ko‘ra beriladi. Attestasiya jarayonida ishtirok etish farmasevt kadrlarning ihtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi. Malakaviy toifa olishni hohlagan mutaxassislar Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi attestasiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladilar va oxirgi 3 yildagi faoliyat bo‘yicha hisobot topshiradilar. Attestasiya komissiyasi xulosasiga ko‘ra farmasevt kadrlarga kategoriya berilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etiladi. Farmasevtika tashkilotlarida (dorixonalarda) farmasevt kadrdan tashqari faoliyat yuritish uchun ma'muriyat-boshqaruv (bosh buxgalter, buxgalter, kassir) va yordamchi xodimlar (qadoqlovchi, sanitar yuvuvchi), shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi (farrosh, yuk tashuvchi, xaydovchi)lar ham shtat jadvaliga kiritilishi lozim.
Farmasevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi Respublikamizda jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan farmasevtika sohasi farmasevt kadrlar malakasiga qo‘yiladigan talabni ham ko‘rib chiqishni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Farmasevtika sohasidagi kadr buyurtmachilari va iste'molchilari bugungi kunda bitiruvchi nafaqat farmasevtikaga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini balki, muloqat psixologiyasi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni bilishini ham talab etmoqdalar. O‘z navbatida farmasevt kadrlarning kvalifikasion tavsifnomasi ham, zamon talabiga muvofiq o‘zgarib bormoqda. Respublikamizda farmasevt kadrlar bilan ta'minlovchi yagona OTM – Toshkent farmasevtika institutida bugungi kun amaliyoti talablari asosida yangi ta'lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar tashkil etilmoqda, fan dasturlari muntazam yangilanib borilmoqda. Ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalar, boshqaruv tizimi, tahlil uslublarining rivojlanib borishi, ta'lim standartlarini ham takomillashtirishni taqazo etmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika va texnologiya yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida xalqaro rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqib, iqtisodiyot sohalarining modernizasiyalashuv sharoitida kadrlar iste'molchilarining talablarini oliy ta'lim tizimi mazmuniga tezkor joriy etilishiga tegishli sharoitlar yaratish, oliy ta'lim davlat ta'lim standartlarini xalqaro amaliyotdagi akademik standartlar bilan uyg‘unlashtirish hamda ularning uzviyligini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra respublikamizdagi barcha ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun malaka talablari va bilim sohalari bo‘yicha Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish belgilandi. Yangi me'yoriy hujjatlarda farmasevtik yordam masalalariga ham alohida urg‘u berilmoqda. Bugungi kun dorixona farmasevtika amaliyotini samarali tashkil qilish uchun mutaxassisdan o‘z faoliyatida aholiga nafaqat tayyor dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanishi, balki yuqori malakali farmasevtik yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga yetarli darajada ega bo‘lishi talab etilmoqda. Axborot texnologiyalari va unga bog‘liq ravishda servis xizmatlarini jadal rivojlanib borishi
yaqin istiqbolda dori vositalari iste'molchiga yetkazishni Internet tizimi orqali amalga oshirilishi kutilmoqda. Farmasevtika sohasining yana bir dolzarb muammolardan biri – dori vositalardan oqilona foydalanishdir. Ma'lumki, bugungi kun dunyo bozorida 350 ming xil dori vositalari mavjud bo‘lib, Yevropada bu ko‘rsatgich 25 mingga, O‘zbekistonda 7 mingga yaqin. Ushbu ummondan foydalanishda nafaqat iste'molchi bemor, balki dori vositasini savdo nomi bilan yodga olgan tibbiyot xodimlari tomonidan xam ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatilmoqda. Shuning uchun dori vositalari muomalasi (mutanosibligi, ta'siri aks ta'siri, genetik mosligi) bo‘yicha farmasevtlarda yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida, tibbiy biologik fanlarning dasturlari takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, klinik farmasiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilarida ushbu vazifalarni chuqur o‘zlashtirishga alohida urg‘u qaratilgan. Quyida dori vositalari muomalasidagi statistik ma'lumotlar buning tasdiqlovchi omili sifatida keltirildi: • AQShlarida har yili dori vositalarining nojo‘ya ta'siri natijasida 3,5-8,8 mln. bemor gospitalizasiya qilinmoqda, bu esa 100 mingdan ziyod bemorni hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga olib kelmoqda. • Fransiyada bir yilda 1,3 mln. bemor dori vositalarining nojo‘ya ta'siridan jabrlanganliklari qayd etilgan, ulardan 33% jiddiy jabrlangan va 16% gospitalalizasiya qilingan, 1,4% o‘lim bilan yakunlangan. • Germaniyada dori vositalari nojo‘ya ta'siri natijasida qayd etilgan bemorlar soni har yili 10-15%ga ko‘payib bormoqda. • Jahon SSTning rasmiy xabarnomasiga ko‘ra AQShda 20%, Yevropaning 8 ta davlatida 19,8%, Italiyada 25% holatlarda bemorlarning klinik holatiga mos bo‘lmagan dori vositalari tayinlanganligi qayd etilgan. • Rossiyada 36% bemorlarga kerak bo‘lmagan dori vositalari 2,5% bemorlarga mumkin bo‘lmagan dori vositalari tayinlanganligi va 31% bemorlarga zarur bo‘lgan dori vositalari tayinlanmaganligi qayd etilgan. • Turli xil davlatlarda sog‘liqni saqlash uchun ajratilgan mablag‘ning 5%dan 17%gacha bo‘lgan xajmi, aynan dori vositalarining nojo‘ya ta'sirini davolash uchun sarflanayotgani qayd etilgan. Hukumatimiz tomonidan sanoat farmasiyasini rivojlantirish masalasini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ustuvor
vazifalardan deb
belgilangan. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aholini mahalliy xom ashyolar asosida bezarar, sifatli va arzon dori vositalari bilan ta'minlash borasida qator qarorlar qabul qilingan.
Nazorat savollari 1. Farmatsevtika faoliyati, kadrlar lavozim nomenklaturasi, shtatlari. 2. Farmatsevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi. 3. Dorixona xonalari va jihozlariga qo‘yiladigan sanitar tartib qoidalari 4. Dorixona xodimlari uchun sanitar-gigienik talablar Download 275.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling