Farmatsevtika amaliyotida ishlatiluvchi sifat standartlari haqida tushincha


Download 79.54 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi79.54 Kb.
#1076066
Bog'liq
Farmatsevtika amaliyotida ishlatiluvchi sifat standartlari haqida

Farmatsevtika amaliyotida ishlatiluvchi sifat standartlari haqida tushincha

1.Sifat va sifat nazorati haqida tushuncha 2.Dori vositalar va tibbiy texnika, tibbiy buyumlarning standartlash va sifatini nazorat qilish tizimi. 3. Standartlash maqsadlari , vazifalari.

 Sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanining rivojlantirish kontseptsiyasida dori vositalarining ta‘minotini takomillashtirish va tibbiy yordam ko‘rsatish kafolat asosiy tamoyilga aylandi. Davlatning asosiy vazifalaridan biri-dori vositalari va tibbiy buyumlarning yuqori sifatini ta‘minlash masalasini faqat sifatni samarali nazorat qilish tizimini amalga oshirish yo‘li balan qilish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilgan «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonuni dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifati, samaradorligi va xavfsizligini ta‘minlashda davlat nazoratining ustuvorligini belgilab berdi.

Ekspertiza, standartlash va davlat nazoratining mavjud nazorat tizimini takomillashtirish mazkur kontseptsiyaning dastlabki amaliy tatbig‘iga aylandi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida nazorat tizimining barcha bo‘linmalarini birlashtirishga qodir tuzilmalarni yaratish, shu bilan birga dori vositalari va tibbiy texnikaning zamonaviy talablarga muvofiq sifatini nazorat qilishni ta‘minlash imkonini yaratdi. 

 Dori vositalari va tibbiy texnika buyumlarini reglamentlash sohasida yagona davlat siyosatini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 mayda qabul qilgan 181sonli qaroriga binoan Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil qilindi.

Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarma zimmasiga dori hamda tashhis vositalari va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish hamda amalga oshirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni, davolash, oziqlanish mahsulotlari hamda tibbiy texnikani ekspertizasi, standartlash va ro‘yxatga olish hamda sertifikatlashni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga rahbarlik qilish masalalari yuklatilgan.

Dori vositalar sifatini tekshirish va standartlash laboratoriyasi Vaksina va zardob preparatlar hamda mikrobiologik tekshiruvlar laboratoriyasi Farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi

 Dori vositalarini Ekspertizalash va Standartlash Davlat Markazidir (DVSEDM). DVESDM ning asosiy vazifasi dori, tashhis vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar hamda davolash oziq-ovqat mahsulotlari sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan iboratdir.

Iste‘molchilar manfaatini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil 1 yanvardan dori vositalarining majburiy sertifikatsiyasi joriy etildi.O‘zbekiston Respublikasi xududida faqat muvofiqlik sertifikati bo‘lgan dori vositalarining savdosi ruxsat etiladi.


Download 79.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling