Farmatsevtika ishini tashkil qilish
Javobgar o‘z-o‘zini davolashni o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilishi kerak
Download 0.99 Mb.
|
Abduraxmonov Shoxrux FITQ 4
Javobgar o‘z-o‘zini davolashni o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilishi kerak:- retseptsiz sotiladigan dori vositalarini amaliyotga joriy etib tasdiqlangan buyruq va Davlat reestrida mavjudligi; - retseptsiz sotiladigan dorilar bozori yuqori darajada rivojlangan bo’lishi: assortimentning xilma-xilligi, vositalar to’g’risidagi obyektiv ma’lumotlardan erkin foydalanish; - o’ziga diagnoz qo’yish qobiliyatiga ega bo’lish; - aholi katta qismining yuqori to’lovga qobiliyatliligi. Javobgar o‘z-o‘zini davolash konseptsiyasi asoslari “Mustaqil davolanish uchun tibbiy mahsulotlar bahosi qo‘llanmasi”da to‘liq yoritilgan.Bu konseptsiyada xususan quyidagilar aytilgan:Javobgar o‘z-o‘zini davolash konseptsiyasi asoslari “Mustaqil davolanish uchun tibbiy mahsulotlar bahosi qo‘llanmasi”da to‘liq yoritilgan.Bu konseptsiyada xususan quyidagilar aytilgan:- Insonlar individual yoki kollektiv holda o‘z sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega va bunda shaxsiy sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya qilib qatnashishga majburdirlar;- tibbiy konsultatsiyalar talab qilinmaydigan kasalliklar simptomlarini tez va samarali bartaraf etish uchun iste’molchiga barcha sharoitlar yaratib berilishi zarur;- malakali tibbiy yordam olish qiyin boMgan qishloq joylarda va ma’lum regionlarda aholiga javobgar o‘z-o‘zini davolashda amaliy davolanish yordamini kuchaytirishi kerak.Retseptsiz sotiladigan dorilar bozori umumiy farmatsevtik bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi.Yirik farmatsevtik kompaniyalar o’tgan asrning 80 - yillarida retseptsiz dorilarni ishlab chiqarishga va savdosiga katta ahamiyat berishmagan, chunki ularning rentabelligi, original va retseptga muvofiq beriladigan dorilar bilan solishtirilganda juda past edi, ammo 90 - villar boshiga kelib birlamchilik huquqi o‘zgardi va ko‘pgina farmatsevtik firmalar retseptsiz sotiladigan dorilarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha maxsus konseptsiyalar ishlab chiqdi.Retseptsiz sotiladigan dori vositalari bozori hajmi turli davlatlarda anchagina farq qiladi. Masalan, 1992-yilda u butun dori vositalar savdo hajmini 8% dan 17% gacha tashkil etgan. Ammo 1995-yilda katta uchlik davlatlarida retseptsiz sotiladigan dorilar bozori quyidagicha hajmga ega edi:Yevropa ittifoqiga kirgan davlatlarda - 10 mlrd. doll, (retseptli dorilar bozorining 11% hajmi)AQSh - 15 mlrd. dot. (retseptli dorilar bozorining 25% hajmi)Yaponiya - 7 mlrd. dol. (retseptli dorilar bozorining 15% hajmi).1987-yildan 1993-yilgacha bozorning bu sektori o‘sishda yuqori darajaga ega bo‘lib, 9,9% ni tashkil qilgan. 1993-yildan 2000-yilgacha retseptsiz sektor bozorining o‘sish darajasi ancha pasaydi . Shuning uchun hozir ko’pgina farmatsevtik kompaniyalar bozorning bu sektori uchun yangi vositalar ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar va rivojlanishning marketing strategiyalari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu tadbirlar iste’molchilarni jalb etish uchun samarali va jadal ta’sir etuvchi omillarga kiradi. Chet el mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ko‘pgina brend va savdo markalarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 70% ga yaqin brendlar 10 yildan ortiq, 35% esa - 20 yildan ortiq yoshga ega.Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling