Farmatsevtika sohasida mehnat faoliyat hafsizligini tasir etuvchi kimyoviy xavflar subtitle here


Download 7.25 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi7.25 Kb.
#1482949
1   2   3
Bog'liq
Farmatsevtika sohasida mehnat faoliyat hafsizligini tasir etuvch-fayllar.org

Organizmdagi quvvatning salmoqli darajada sarflanishi natijasida undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. To‘xtovsiz jismoniy og‘ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko‘payishiga, PH muhitning oshishi esa qondagi gemoglabin kislorodining teriga o‘tish tezligining oshishiga olib keladi.



Shuningdek, og‘ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to‘kilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi.

Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.



Odam umrining ko‘p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o‘rnatilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa, bu, o‘z navbatida, inson mehnat faoliyatiga va sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ishlab chiqarish sharoiti – bu insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hokazo) kiradi.

Xavfli omillar deganda – muayyan bir sharoitda inson sog‘ligiga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi tushiniladi. Zararli omillar esa – insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki biror-bir kasallikka olib keluvchi holat tushuniladi. Ish sharoitida ishning qandayligiga va ish joyining qanday tashkil etilganligiga bog‘liq.



Xavfli va zararli omillarning ta’sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tizilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga, miqdoriga, inson tana a’zolariga ta’sir etish yollariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq.

Aksariyat xavfli omillarga – ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologk moddalar, ionlantirish xususiytiga ega bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi.



Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasidan (UQOD) yuqori miqdorda, yoki biologik xavfli ta’sirlarning (patogen mikroorganizmlarning) inson tanasiga o‘tishi natijasida kuchli kimyoviy, yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, ionlantirish xususiytiga ega bo‘lgan nurlarning yuqori miqdordagi do‘zasi ta’sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi.

Download 7.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling