Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etildi


Download 17.03 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.03 Kb.
#1024280
Bog'liq
Farmatsevtika tarmogи


Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etildi
19:30, 08/07/20 Общество 0 606
Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligining 2020-yil 29-iyundagi 48-sonli buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi huzurida 15 kishidan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Jamoatchilik kengashi tarkibiga, yirik farmatsevtika korxonalari rahbarlari va mas'ul xodimlari “O'zbekiston Nogironlar uyushmasi” , “Dori-darmon” AJ , O'zbekiston farmatsevtika korxonalari uyushmasi vakillari kirgan.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi
- Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash, Agentlik zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro'yobga chiqarish bo'yicha Agentlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

- Birgalikda muloqot qilish, Agentlikning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun Agentlikni fuqarolar bilan bog'lab turadigan “ko'prik” rolini bajarish;

- Agentlikga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;

- Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalar yuzasidan Agentlikning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so'rovlar o'tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazish;

- Agentlik faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o'tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo'yicha takliflar tayyorlash;

- Agentlik faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to'g'risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- Agentlik faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish va ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

-Agentlik faoliyati bo'yicha fuqarolar o'rtasida o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- Agentlik xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo'yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo'yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

Jamoatchilik kengashidan tarmoqni innovatsion rivojlantirish bo'yicha g'oya va takliflarni kutib qolamiz. Kelgusida Jamoatchilik kengashining faoliyati Agentlik saytida va ijtimoiy tarmoqlarida muntazam yoritilib boriladi.


FARMATSEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGIDA O‘TKAZILGAN O‘RGANISH NATIJALARI YUZASIDAN

19 May 2021

2306
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning tarkibiy tuzilmasi hisoblanuvchi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda budjet mablag‘larining foydalanilishi, qonun hujjatlariga rioya etilishi holatlari va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda, tashkilot mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan budjet mablag‘larining maqsadsiz sarf qilinishi, o‘zlashtirish va talon-toroj qilish holatlari, aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘lab kelinishi, budjetga soliqlarning to‘lanmaganligi, davlat xaridlari jarayonlari o‘tkazilishi, shuningdek, bir qator dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatida e’tirof etilmaydigan preparatlarni normativ talablarga zid ravishda dori vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi kabi qator qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning tarkibiy tuzilmasida jami 19 mlrd. 409 mln. 889 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar mavjudligi va budjet mablag‘larini sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari aniqlandi.

Mavjud aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Shunga muvofiq, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


0Mamlakatimizdagi tarmoq korxonalarida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan GMP standarti joriy qilinmoqda. Aholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash maqsadida, import qilinayotgan xorijiy dori vositalarini roʻyxatga olishda ham mazkur standartga muvofiqligini majburiy tekshirish tartibini oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Yigʻilishda yana bir muhim masala – sogʻliqni saqlash muassasalarini arzon va sifatli dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlash holati koʻrib chiqildi. Bu borada shaffoflik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida endilikda davlat tibbiyot muassasalari uchun dorilar xaridi, ularni saqlash va yetkazib berish yangi tartibda amalga oshirilishi belgilandi.

Yaʼni, Sogʻliqni saqlash vazirligi markazlashgan xaridlar boʻyicha tenderlar tashkil etadi va xaridlar shaffofligini taʼminlaydi. Tender gʻoliblari dori vositalarini markazlashgan xarid qilish, saqlash va davlat tibbiyot muassasalariga yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiradi.

Dori vositalari bozorida korrupsiyani bartaraf etish, sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, ijtimoiy dorixonalarni sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sohada olib borilayotgan islohotlar ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish, xalqqa yetkazish muhimligi taʼkidlandi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha besh yillik konsepsiya ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddilarning axboroti eshitilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Muallif: O‘zA


Вернуться назад

Комментарии


Оставить комментарий
Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling