Farmoish va naryad bo'yicha ish bajarish reja: naryad va farmoyish berish tartibi brigada tarkibi


Download 22.13 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi22.13 Kb.
#1624262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FARMOISH VA NARYAD BO\'YICHA ISH BAJARISH

BRIGADALAR TARKIBI
Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha gruppasini xisobga olgan xolda ish bajarish sharoitiga xamda brigada a’zolari ustidan ishboshining (nazorat qiluvchining) nazorat qilaolish imkoniyatiga qarab belgilanadi.
Ishboshi raxbarlik qilayotgan brigada a’zosi II gruppaga ega bo‘lishi keraq Ish kuchlanish ostida bajariladigan bo‘lsa III gruppa bo‘lishi kerak. Bunda ushbu Qoidaning belgilangan bandiga asosan xavo elektr uzatish tarmog‘ida bajariladigan ishlar mustasnodir. Bunday ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga ega bo‘lgan ishchi bajarishi zarur.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan xar bir brigida a’zosiga I gruppaga ega bo‘lgan bir ishchi qo‘shilishi mumkin, lekin I gruppali brigada a’zolarining umumiy soni 3 kishidan oshmasligi kerak.
Ushbu Qoidada ko‘zda tutilgan ayrim ishlarni farmoyish bilan bir ishchi (yakka o‘zi) bajarishi mumkin.
Navbatchi o‘zidan yuqoridagi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritilmasdan, tezkordispetcherlik jurnalida qayd qilib ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin.
Brigada tarkibini o‘zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada ishni bajarish uchun naryad berish xuquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi. Brigada tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish raxbariga yoki ishboshchiga berilishi mumkin. Ular o‘z imzosi bilan ushbu o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan xodimning ismi-sharifi va familiyasini naryadda yozib qo‘yadi.
Brigada tarkibini o‘zgartirish jarayonida belgilangan banddagi talablarni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ishboshi brigada tarkibiga qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘riqnoma berishi kerak.
Ish raxbarini yoki ishboshini almashtirilganda xamda brigada tarkibini yarmidan ko‘proq qismi o‘zgartiriladigan bo‘lsa, naryad yangidan berilishi lozim.


ISH JOYINI TAYYORLASH VA ISHLASHGA IJOZAT BERISH
Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish faqat navbatchi yoki bunga vakolati bor shaxs tomonidan ruxsat olinganidan so‘ng amalga oshirili­shi mumkin. Issikliq avtomatikasi va o‘lchovchi uskunalarida ishlashga ijozat berish tartibi bundan mustasno.
Ruxsat ish joyini tayyorlashni va ishlashga ijozat berishni bajaradigan shaxsga telefon, radio, chopar orqali yoki yaqin o‘rtadagi podstansiya navbatchisi orqali beriladi. Bunday ruxsatni oldindan berish qat’iyan man etiladi.
Brigadani faqat bitta naryad bilan ishlashiga ijozat beriladi.
Naryadda ish joyini tayyorlashga taalluqli ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘zgartirish man qilinadi.
Ish joyini tayyorlashga taalluqli chora-tadbir to‘g‘ri va etarligiga xamda ishni xavfsiz bajarilishiga shubxa paydo bo‘lganda ish joyini tayyorlash to‘xtatiladi.
Ishboshi ishlashga ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajargan taqdirda, u ish joyini brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan birortasi bilan tayyorlashi shart.
Ishlashga ijozat beruvchi, ishlashga ijozat berishdan oldin, ish joyini tayyorlashga taalluqli texnik tadbirlarni bajarilganligi to‘g‘risida ishonch xosil qilishi kerak. Ishonch, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, tezkorlik jurnalida yozilgan yozuvga qarab, ishlab turgan elektr tarmoq chizmasidagi belgilariga qarash yoki navbatchi, tezkor-ta’mirlovchi xodim va elektr energiya iste’mol qiluvchi korxona xodimining ma’lumotlari orqali, xosil qilinishi mumkin.
Ish raxbari va ishboshchi (nazorat qiluvchi) ishlashga ijozat berishdan oldin ishlashga ijozat beruvchidan ish joyini tayyorlashda qanday chora-tadbirlar ko‘rilganini aniqlashi va bu joyni tayyorlash qanday bajarilganini bevosita shaxsan o‘zi ish joyida ko‘zdan kechirishi kerak.
Ishlashga ijozat berishdan oldin ish joyi tayyorligini ish raxbari ishlashga ijozat beruvchi bilan birgalikda yoki uning ruxsati bilan ishboshi, ish raxbari yoki ishlashga ijozat beruvchi xodim bilan tekshirishi kerak.
Elektr uskunada naryad va farmoyish bilan ishlashga ijozat berish bevosita ish joyining o‘zida amalga oshirilishi lozim.
Farmoyish bilan ishlashda ish joyini tayyorlash kerak bo‘lmagan taqdirda brigadani ishlashga ijozat berish ish joyiga borib amalga oshirilishi shart emas, xavo va kabel elektr uzatish, xamda xavo aloqa tarmoqlarida esa talab qilinmaydi.
Brigadani ishlashiga ijozat berish, ish joyining tayyorligi tekshirilganidan so‘ng, amalga oshiriladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi kuyidagilarni amalga oshirishi zarur:
- naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgan brigada qismidagi xamma xodimlarni birma-bir shaxsiy guvoxnomalariga qarab mosligini tekshirishi kerak;
- yo‘riqnoma berishi: brigadani naryad, farmon mazmuni bilan tanishtirishi;
- ish joyining chegarasini ko‘rsatishi;
- ish joyiga yaqin turgan, kuchlanish yo‘qligidan qat’iy nazar, ularga yaqinlashish man qilingan ta’mirlanayotgan va uning yonidagi qo‘shilish jixozlarining tok o‘tkazuvchi qismlari va uskunalarini ko‘rsatishi kerak;
- brigadaga tarmoqdagi erga ulagichlar qo‘yilish joyni ko‘rsatish bilan yoki erga ulagich ish joyi ko‘rinmagan taqdirda kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish bilan birgalikda, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr uskunalarda iloji bo‘lsa, keyinchalik tok o‘tkazuvchi qismga qo‘l tekkizish orqali kuchlanish yo‘qligini isbot qilishi kerak.
Brigada a’zolariga ishlashga ijozat beruvchidan tanqari ishboshi xam yo‘riqnoma berishi kerak.
U ish bajarish texnologiyasi, asbob-uskuna, yuk ko‘tarish mashinasi va mexanizmlardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnoma berish bilan birgalikda ishni xavfsiz bajarish xaqida xam yo‘riqnoma beradi.
Ish raxbari kerak bo‘lganda yo‘riqnomani to‘ldirishi mumkin.
Yo‘riqnoma bermasdan brigadani ishlashiga ijozat berish man qilinadi.
Brigadaga yo‘riqnoma berish va ishlashiga ijozat berish, ishlashga ijozat beruvchi va ishboshlovchining (nazorat qiluvchining) imzosi bilan naryading 3-jadvalida kuni va vaqti ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi.
Ishlashga ijozat berishda o‘tkazilgan yo‘riqnomani, yo‘riqnoma o‘tkazish jurnalida rasmiylashtirishni talab qilinmaydi.
Ishlashga ijozat berish naryadning xam ikki nusxasida rasmiylashtiriladi. Naryadni bir nusxasi ishboshida (nazorat qiluvchida), ikkinchi esa navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimdan tayyorlangan ishlashga ijozat beruvchida qoldiriladi.
Ishboshchi, ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajargan taqdirda ilashga ijozat berish naryadning faqat bir nusxasida rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bilan ishlashga ijozat berish tezkorlik jurnalida yoki naryad va farmoyish bilan qilingan ishlarni qayd qilish jurnalida rasmiylashtiriladi. ( -ilova).



Download 22.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling