Farmoni mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Download 339 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini rivojlantirishda 2030-yilgacha quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: mamlakat hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishiladi; davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi; barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsatadi; ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalar muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib boriladi; davlat tili barcha fan tarmoqlariga oid ilmiy tadqiqotlarda ilm-fan tili sifatida nufuzga ega bo‘ladi; o‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy, yangi avlod o‘quv lug‘atlarini tuzish hamda ularning elektron shakllarini yaratish orqali sohalar bo‘yicha milliy terminologik tizim takomillashtiriladi; o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning yangi, zamonaviy metodikasini yaratish orqali til ta’limi samaradorligini oshirishga erishiladi; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga o‘zbek tilini o‘qitishga mo‘ljallangan qiziqarli multimedia o‘yinlari, didaktik adabiyotlar yaratiladi, bu esa bolalarning bog‘cha yoshidan davlat tilini o‘zlashtirishiga qulay imkoniyatlar yaratadi; ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida barcha ishtirokchilarning o‘zbek adabiy tilida so‘zlashiga erishiladi; davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan faol integratsiyasi ta’minlanadi, o‘zbek tilining ilm-fan va texnologiyalar sohasida qo‘llanilishi imkoniyatlari yanada kengayadi; mamlakatimiz hududida istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish uchun keng va teng imkoniyatlar yaratiladi; xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning etno-madaniy va til o‘zligini saqlab qolish, ularda o‘zbek madaniy an’ana va qadriyatlariga hurmat shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi; xorijda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar bilan muntazam aloqa o‘rnatiladi, ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi; davlat tili tom ma’noda mamlakatimiz fuqarolarini, millatidan qat’iy nazar, birlashtiruvchi umumxalq qadriyatiga aylantiriladi, uning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi oshadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga 2-ILOVA Download 339 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling