II. Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish
5.
|
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirish.
|
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini qiziqarli tarzda o‘rgatish tizimini ishlab chiqish.
2. O‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Qiziqarli o‘zbek tili”, “So‘z mo‘’jizasi” va “O‘zbek tilining izohli lug‘atchasi” singari rasmli kitob — lug‘atlarni tuzish va chop etish.
3. Internet tarmog‘ida maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyalanuvchilari uchun bola nutqini o‘stirishga doir dasturiy, elektron o‘quv materiallari sonini ko‘paytirish.
|
2020 — 2022-yillar
|
—
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
6.
|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, o‘zbek tili bo‘yicha mashg‘ulot va dars soatlarini ko‘paytirish.
|
1. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini o‘zlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratish.
2. Ta’lim davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida o‘zbek tili dars soatlarini ko‘paytirish.
3. O‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish maqsadida ko‘nikma va malaklarni rivojlantiruvchi zamonaviy o‘quv metodik ishlanmalarini ommalashtirish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini tizimli oshirib borish.
|
2020 — 2022-yillar
|
—
|
Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
7.
|
O‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholash tizimini takomillashtirish.
|
1. O‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholashning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish.
2. Baholash tizimini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.
3. Xorijiy tajribalar asosida zamonaviy baholash tizimini joriy etish.
|
2021-yil sentyabr
2021-yil dekabr
2022-yil sentyabr
|
—
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi
|
8.
|
Ta’limning barcha bosqichlarida davlat tili o‘qitilishi hamda o‘zbek tili va adabiyotini yanada rivojlantirish borasidagi ilmiy, ilmiy-amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish.
|
1. Ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tili o‘rganilishi ko‘lamini yanada kengaytirish, davlat tiliga doir bilimlarni maktabgacha, umumiy o‘rta hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida bosqichma-bosqich shakllantirib borishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
2. Oliy ta’lim tizimida o‘zbek tili ilmiy maktablarining zamonaviy metodlarini o‘rganishni yo‘lga qo‘yish,tilning rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liqilmiy muammolarni aniqlash, tadqiq etish, natijalarni ommalashtirish.
3. Umumbashariy madaniy merosga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijod namunalarini ilmiy tadqiq etish.
|
2021/2022 o‘quv yilidan
2020-yil oktyabr
2020 — 2022-yillar
|
—
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
9.
|
O‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, yangi avlod o‘quv va atamalar lug‘atlarini yaratish, ularning elektron variantlarini ishga tushirish.
|
1. O‘zbek tili o‘quv leksikografiyasi nazariyasini ishlab chiqish, uning ilmiy — lingvistik, lingvodidaktik, lingvopedagogik, psixolingvistik, sotsiolingvistik, pragmalingvistik asoslarini ishlab chiqish.
2. O‘quv va atamalar lug‘atlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qilish va g‘oliblarga grantlar ajratish.
3. O‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun quyidagi o‘quv lug‘atlarini yaratish:
ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashri (kirill va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida);
“O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (kirill
va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida);
“O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati”;
“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”;
“O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”;
“O‘zbek tili omonimlari lug‘ati”.
O‘zbek tiliga xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar lug‘atini tuzish, uni davriy yangilab, to‘ldirib borish bu borada filolog, folklorshunos, tarixchilar, yozuvchi va shoirlar, aniq va gumanitar yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan olimlardan iborat ishchi guruhlarini shakllantirish.
Quyidagi lug‘atlarni yaratish va nashr etish:
“Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati”;
“Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati”;
“Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”;
“Tarix atamalarining izohli lug‘ati”;
“Yuridik atamalarning izohli lug‘ati”;
“Kimyo atamalarining izohli lug‘ati”;
“Kon-metallurgiya sohasi atamalarining izohli lug‘ati”.
|
2022-yil dekabr
2020 — 2022-yillar
2020 — 2022-yillar
2020-yil
2021-yil
2021-yil
2021-yil
2022-yil
2022-yil
2020 — 2022-yillar
2020-yil
2020-yil
2021-yil
2021-yil
2021-yil
2022-yil
2022-yil
|
15 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)
|
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar ag?ntligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar
|
10.
|
O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari to‘la hisobga olingan imlo va punktuatsiya qoidalari aks ettirilgan “O‘zbek tili me’yorlari” ilmiy-ommabop o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash.
|
1. Mualliflar guruhini shakllantirish.
2. Qo‘llanma mundarijasini tuzish.
3. Mualliflar vazifalarini belgilash.
4. Qo‘llanmaning qo‘lyozma nusxasini tayyorlash.
5. Qo‘llanmani nashr etish.
|
2021-yil mart
2021-yil oktyabr
|
200 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)
|
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
|
11.
|
Davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan yo‘nalishlarida “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.
|
1. Tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini kiritish.
2. O‘quv fani dasturini o‘qitishning samarali metodikalariga asoslangan holda yaratish.
3. Dasturni ixtisosliklar mazmuniga moslashtirish.
4. Fanning o‘quv-uslubiy materiallarini yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish.
|
2020-yil oktyabr
2020-yil noyabr
2020-yil dekabr
2021-yil yanvar
|
—
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
12.
|
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish.
|
1. O‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib chiqish.
2. Davlat tilini o‘qitish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish.
3. Xorijiy tajribalar asosida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish.
|
2020-yil noyabr
2021-yil mart
2021-yil iyul
|
500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi
|
13.
|
Birlamchi moddiy va yozma manbalar asosida o‘zbek tilining ko‘p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy monografiyani nashrga tayyorlash.
|
1. Mualliflar guruhini shakllantirish.
2. Qo‘llanma mundarijasini tuzish.
3. Mualliflar vazifalarini belgilash.
4. Qo‘llanmani nashrga tayyorlash va chop etish.
|
2021-yil mart
2022-yil oktyabr
|
1 600 (O‘zbek talimi rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)
|
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
|
|