III. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish
15.
|
Agentlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doirasida Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamk?rlikni yo‘lga qo‘yish.
|
1. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda alohida davlatlar madaniyati va tarixini namoyon qiluvchi burchaklar (milliy cholg‘u asboblari, raqs kiyimlari, illyustrativ adabiyot va qo‘llanmalarni namoyish etgan holda) tashkil etish.
|
2022-yil avgust
|
Jamg‘arma mablag‘lari
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari
|
2. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirokida maxsus tadbirlar (madaniyat kunlari, ma’ruzalar, uchrashuv va mahorat darslarini) tashkil etish.
|
2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy
|
16.
|
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida tashkil etilayotgan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doirasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
|
1. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun sohaning yetuk mutaxassislari va xalqaro trenerlar ishtirokida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
|
2022-yil maydan boshlab doimiy
|
Jamg‘arma mablag‘lari
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)
|
2. Ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarning ta’lim dasturlarini, ilg‘or pedagogik texnologiyalarini o‘rganish hamda ularni mahalliylashtirish orqali Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalariga joriy etish choralarini ko‘rish.
|
2022-yil sentyabr
|
3. Xorijiy davlatlar, donor tashkilotlar va vatandoshlarning mablag‘larini jalb etish orqali Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish.
|
Doimiy
|
17.
|
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlari tarkibidagi kimyo, fizika, matematika, biologiya, kompyuter ta’limi, tabiiy fanlar, shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitishni keng joriy etish.
|
1. Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ishtirokida Yevropaning ta’lim tizimi rivojlangan davlatlaridan xorijiy darslik va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
|
2022-yil iyun
|
Jamg‘arma mablag‘lari
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova),
O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari
|
2. “STEM” dasturi fanlarini o‘qitish bo‘yicha mahalliy o‘qituvchilar uchun rivojlangan davlatlarda qisqa va o‘rta muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
|
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab doimiy
|
18.
|
Alohida fanlar bo‘yicha Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb etish.
|
1. Markaz qoshida xalqaro mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga yollashning (rekruting) elektron platformasini yaratish. Bunda, elektron platformani ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.
|
2022-yil dekabr
|
Jamg‘arma mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |