Iqtisodiyot yo'nalishi 4-46 guruh Talabasi ROZIQOVA MAFTUNANING ,, Ish yuritish va xodimlarni boshqarish’’ fanidan TAQDIMOTI MAVZU: Hujjatlarni tayyorlash va ularning bosqichlari.
Hujjatlarni tayyorlash va ularning bosqichlari
Hujjatlarni tayyorlash odatda kompyuterda
olib boriladi. Hozirgi kunda kompyuter har joydan yozuv mashinkasini siqib chiqarib hujjatlarni tizim va tahrirlashning asosiy vositasi bo’lib qoladi. shu ning natijasida hujjat matnini tayyorlashda ancha yirik hajmdagi ma’lumotlarni aniqlash va urganish; tuzish va kelishtirish jaryonida hujjatlarni ko’p marotaba qayta bosmadan chiqarishni bartaraf etish, hujjatning ust qismini bezatish madaniyatini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Har bir hujjatni tayyorlash 3 bosqichda olib boriladi: 1) hujjat ma.tnini tuzish; 2) hujjatni kelishtirish; 3) hujjatni rasmiylashtirish.
Buyruq - Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi.
Buyruq - Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad shart-sharoitlar, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi
- (nomi, raqami, sanasi yoziladi).
Buyruq - Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «BUYURAMAN» so‘zi bilan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi. Farmoyishlarda odatda, kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi ko‘rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (»Amalga oshirilsin «, «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «hisoblansin» va x.k).
Buyruqdan ko`chirma - Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan buyruqdan ko‘chirma berishga to‘g‘ri keladi.
- Zaruriy qismlari: 1.Muassasa nomi. 2.Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma). 3.Sanasi. 4. Raqami (№). 5.Joyi. 6.Sarlavxasi. 7.Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan kerakli bandi). 8. Imzo chekkan shaxs 9.Tasdiqlash familiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi...
Farmoyish - Muassasa ma’muriyati (direktor, uning urinbosarlari, bosh muxandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat
Shaxsiy faoliyatga oid hujjatlar - Shaxsiy faoliyat bilan bog‘liq hujjatlarini tarjimai hol, shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi, shaxsiy hujjatlar yigma jildi ariza tashkil qiladi
Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari: - 1. Hujjatning nomi (Tarjimai hol). 2. Matn : a) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi; b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; v) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi); g) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi; d) ish faoliyatining turlari; e) oxirgi ish joyi va lavozimi; yo) mukofot va ragbatlantirishlar; j) jamoat ishlarida ishtiroki; i) oilaviy axvoli va oila a’zolari; y) turar joyi; 3. Sana. 4. Imzo.
Do'stlaringiz bilan baham: |