Farģona Politexnika insituti ichB fakulteti Iqtisodiyot yònalishi


MAHSULOT sotishdan sof tushum  Mahsulot sotishdan tushum – Qo’shilgan qiymat va aktsiz soliqlari – Berilgan chegirmalar –


Download 182.79 Kb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi182.79 Kb.
#1436410
1   2
Bog'liq
Hujjat (6) (5)

MAHSULOT sotishdan sof tushum 

Mahsulot sotishdan tushum – Qo’shilgan qiymat va aktsiz soliqlari – Berilgan chegirmalar – Qaytariligan maxsulot summasi
Mahsulot sotish yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga izohlar va tushuntirishlarda keltiriladi.
9010, 9020 va 9030 schetlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» scheti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.
H isoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo’natish), ish va xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» scheti qo’llaniladi. Bu schet aktiv bo’lib, uning salьdosi buyurtmachiga topshiriligan maxsulot, ishlar, xizmatlarning to’lanmagan sotish qiymatini ko’rsatadi; debet oboroti hisobot oyida topshirilgan maxsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymati, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to’langan summani ko’rsatadi. Quyida mahsulot sotish operatsiyalarini schetlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.
Yuklab jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo’yicha sintetik hisobi tegishli jurnal–orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010 - schetlarningkredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 - schetlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan.
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar hajmidagi yil boshidan jamlanuvchi oborotlari haqiqiy tannarxni taqdim etilgan schetlar summasiga bo’lgan foiz nisbatini hisoblash uchun foydalaniladi. Bu nisbat 100% dan kam bo’lishi kerak, chunki u korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumidagi haqiqiy xarajatlar ulushini ko’rsatadi. Qolgan qismi foyda ulushini ko’rsatadi. Koxona bo’yicha foiz nisbati 82,0 (2520000 x 100 : 3068000).
Demak, sotishdan tushgan tushumning qariyb 18% ini foyda tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkich nafaqat reja bajarilishini tahlil qilishda, balki oy oxiriga qolgan yuklab jo’natilgan maxsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun barcha schetlar bo’yicha oy oxiriga to’lanmagan sotish qiymatidagi summani foiz nisbatiga ko’paytiriladi.Koxonada haqiqiy tannarx bo’yicha qoldiq 90692 so’mga teng (110600 x 82,0 : 100).
Jurnal–orderning analitik ma’lumotlari bo’yicha foyda summasiga buxgalteriyada yozish uchun quyidagi korrespondentlanuvchi schetlarni ko’rsatib ma’lumotnoma tuzadi:
D-t 9010, 9020, 9030- schetlar
K-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» scheti. 
  1. Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan tushum hisobi Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar hisobi. Tovarlarni sotishdan olingan tushum hisobi. Ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishdan tushum hisobi. Tovarlar eksporti bo’yicha xisob-kitoblar hisobi. 




Xaridorga mahsulot yuklab jo’natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining eng kamida 15 % bo’nak to’lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.2
Olingan bo’naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schetida yuritiladi. Bu schet moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo’yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarni to’lash bo’yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Olingan bo’naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo’lgan ishlar va xizmatlar uchun olingan to’lanmalar, pul mablag’larini hisobga oladigan schetlar (5010, 5110, 5210) ning debeti va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schetining kreditida aks ettiriladi. Masalan, ishlab chiqarish tannarxi 560000 so’m, sotish qiymati 800000 so’m bo’lgan Mahsulot uchun hisobot yilining 15 aprelida 15 % miqdorda, ya’ni 120000 so’m oldindan bo’nak to’lov qilindi. Mahsulot xaridorga 20 aprelь kuni jo’natildi. 15 aprelь kuni quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi:
Debet 5110 Hisob-kitob schyoti – 1200000 so’m
Kredit 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» scheti- 120000 so’m
Mahsulot yuklab jo’natilganda xaridordan olingan bo’nak to’lovlari hisobgaolinib, xaridordan olingan summa, ya’ni debitorlik qarzlari buxgalteriya o’tkazmasida aks ettiriladi. Yuqoridagi misolda 20 aprelь kuni ikkita buxgalteriya o’tkazmasi beriladi. Birinchi o’tkazma yuklab jo’natilgan Mahsulotning sotish qiymatiga beriladi:
Debet 4010 Olinadigan schyotlar – 680000
Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» scheti - -120000so’m
Kredit 9010 Mahsulot sotishdan tushum - 800000
Xaridorga yuklab jo’natilgan Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga esa quyidagi o’tkazma beriladi:
Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» scheti - 560000
Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» scheti – 560000
Ayrim hollarda Mahsulot ishlab chiqaruvchi va xaridorning o’zaro kelishuviga binoan xaridor Mahsulotning 100 % qiymati summasida oldindan to’lov qilishi mumkin. Bunda daromadni tan olishning ikkinchi sharti, ya’ni pul tushish ehtimoli to’liq bajarilgani bilan bevosita shartnoma hali bajarilmaganligi uchun daromad tan olinmaydi. Xaridordan tushgan mabla- esa “Muddati uzaytirilgan daromad” nomi bilan majburiyat. Ya’ni qarz sifatida aks ettirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida keltirilgan misoldagi sotish jarayonida 100 % oldindan to’lov bo’ldi. Deb faraz qilamiz. Bunda pul tushgan kuni quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi:
Dt 5110 Hisob-kitob schyoti – 800000
Kt 6230 Muddati uzaytirilgan daromad – 800000
Mahsulot yuklab jo’natilgan kuni esa quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi:
Dt 6230 Muddati uzaytirilgan daromad – 800000
Kt 9010 Mahsulot sotishdan tushum yoki daromad - 800000
To’la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi (buyurtmachi)larga schotlar qaytarilganda, ushlab qolinadigan olingan bo’nak summalari va qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlar bo’yicha olingan to’lanmalar 6310-schetning debetida va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» schetining kreditida aks ettiriladi. 6310 - schet bo’yicha analitik hisob har bir kreditor bo’yicha yuritiladi. 
 
XULOSA:
Maxsulotlar tayyor maxsulot omboridan sotishgachiqarishdan oldin xaridorkorxona bilanòzaro shartnoma tuzadi.Bu shartnomanu 2la tomon rahbarlarimuhr bosib imzo qòyib tasdiqlaydi.Shartnoma majburiyatlaru va huquqlari amalga oshirilishidan oldin tayyor maxsulot sotuvchi korxonaning hisob-kitob schotiga oldindan sotilayotganmaxsulot qiymatini 15%ni òtkazib beradi.
Tayyor maxsulot korxona omboridan sotilayotganda pravodga tuzish:
4010 xaridor va buyutmachilardan olinadigan schòti
9010 Asosiy faoliyatidan olinadigan daromad schoti.
Yuklab jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo’yicha sintetik hisobi tegishli jurnal–orderda yuritiladi.( jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010 - schetlarningkredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 - schetlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan)
FOYDALANILGAN ADABIYOT RÒYXATLARIM:
1.https://fayllar.org/sanoat-ishlab-chiqarishni-tashkil-etish-v6.html?page=112
2.https://azkurs.org/tayyor-mahsulotni-ishlab-chiqarish-va-sotishni-hisobga-olish-v.html
Download 182.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling