Farzand ma’naviy tarbiyasida oilaning tutgan o’rni abdig’aniyev Raxmatjon Iskandar o’g’li Toshkent moliya instituti, “Iqtisodiyot” fakulteti 2-bosqich talabasi


Download 27.21 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi27.21 Kb.
#99182
Bog'liq
Abdig'aniyev tezis


FARZAND MA’NAVIY TARBIYASIDA OILANING TUTGAN O’RNI
Abdig’aniyev Raxmatjon Iskandar o’g’li

Toshkent moliya instituti, “Iqtisodiyot” fakulteti 2-bosqich talabasi

+998974464497


Oila har bir xalqning, millatning, davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlovchi ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi muqaddas makondir.Ushbu mo’jaz makon jamiyat deb atalmish buyuk bir makonning poydevorini tashkil etadi. Jamiyatning, davlatning farovonligi, gullab-yashnashi aynan shu poydevor mustahkamligiga bog’liqdir. Shu boisdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manaviy jihatdan himoya qilinishni taminlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning masuliyati bosqichma-bosqich oshirilmoqda.
Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.Birinchi Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida: «Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar- yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota-onaga hurmat, ularni oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi) [1]» - deb ta’kidlagani ham bejizga emas. Shu boisdan avlodlar davomiyligini taminlaydigan manaviyat qorgoni bolmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz ham hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda barcha xayrli ishlar,avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug’ kelajagini taminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog’lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir.

Muqaddas zaminimizda qadimdan milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma’nan yetuk , mehr-oqibatli insonlar qilib tarbiyalashda oila muhiti muhim o’rin egallab kelgan.
Oilani mustahkamlash dunyo darajasiga ko’tarilgan muammolardan biridir. Oilalar ahilligi va mustahkamligiga erishish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1993yil 20-sentabrdagi yig’ilishida 15-mayni har yili Xalqaro oila kuni sifatida nishonlash to’g’risida qaror qabul qildi. Shundan buyon butun dunyoda, jumladan yurtimizda ham Xalqaro oila kuni keng nishonlab kelinadi. O’tgan yillar mobaynida yurtimizda oila tushunchasi, uning mazmun-mohiyati jamiyatda tutgan o’rni masalalariga alohida e’tibor qaratilib, barcha huquqiy asoslar yaratilganini takidlash lozim. Ayniqsa, ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizning 14-bobida oila jamiyatning asosiy bogini ekanligi jamiyat va davlat muhofazasida bolishi qatiy belgilab qoyilgan. Oila kodeksi va boshqa qonunlarda yosh va ko’p bolali ayollarni ishga qabul qilishda imtiyozlar belgilangan. Yangi oila qurayotgan yoshlarning tibbiy ko’rikdan o’tayotgani homilador ayollar bolalarni bepul tibbiy xizmatdan foydalanayotgani oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.Oilaning mustahkamligi uchun ayol ham erkak ham birdek mas’uldir. Shu o’rinda Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so’zlarini ta’kidlash joiz: Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi manaviy iqlimni o’zaro hurmat, ahloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo’lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asaridagi qahramonlarning o’zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik farzandlarini ham sizlab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila manaviyatiga qanchalik katta e’tibor berganiga ishonch hosil qilaman.Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kunda ham yurtimizda ana shunday go’zal axloq mezonlari bilan yashab kelayotgan, o’g’il-qizlarini shu ruhda tarbiyalayotgan ko’plab ibratli oilalar barchamizda havas uy’gotishi tabiiydir.Oilaning har tomonlama mustahkamligi ayolga bog’liq bo’lsa, uning kelajagi uchun yoshlar ma’suldir. Shuning uchun ham yurtboshimiz XXI asrda ayollar va yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o’rnini oshirish, ularning turmushini yaxshilash uchun oilada, jamiyatda moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar yaratish, ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, mehnatini yengillashtirish chora-tadbirlarini belgilash, salomatligini mustahkamlash, ilmiy, ma’naviy-madaniy saviyasini yuksaltirish, jamiyatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda ularning imkoniyatlari qobiliyatlari va salohiyatlaridan samarali foydalanish, farzand tarbiyasidagi ma’suliyatini oshirish masalasiga jamiyatning diqqat-e’tiborini qaratmoqda.
Oila  mo’jazgina bir jamiyat, deydi dono xalqimiz, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog’liq. Oilaning insoniyat jamiyati bilan uzviy bog’liqligi uning zimmasidagi eng qutlug’ vazifa  hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlashida yaqqol ko’rinadi. Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o’zida sinovdan o’tkazadi. Yaxshilarini o’z bag’rida asrab avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Islom manbalarida bola dunyoga kelmay turiboq uning kelajagi to’g’risida qayg’urish kerakligi haqida ko’rsatmalar bor. Oilaning zimmasidagi muqaddas burchlarning biri  ulkan tarbiya ochog’i ekani shunda namoyon boladi. Oila o’z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangich ijtimoiy yo’nalish beradi. O’z farzandlarini katta oqimga,  jamiyatga qo’shish bilan esa oila jamiyat yo’nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va marifatini ham belgilashga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 

Mustahkam va saodatli oilada er-xotin o‘zaro totuv yashashi bir birining yaxshi va yomon jihatlarini ko‘tarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch va totuv yashashi lozim. Bu haqda Qur’oni Karimda bunday deyilgan:

  “Ey, imon keltirganlar! Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olish halol emasdir”. Yana ularga bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga tazyiq qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yinki,) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin”. (Niso surasi. 72-oyat)


Adabiyotlar:

1. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, Ma’naviyat, Toshkent 2018



2. «Қуръони КаримМусҳафи шариф» Niso surasi, 72-oyat , «Hilol»nashriyoti, Toshkent 2018


Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling