Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
524
yeyish kerak.
Chunki ochofatlik odamning
moddiy va ma’naviy holatini buzadi. Buni
uyqu misolida ham ko‘rish mumkin. Ko‘p ux-
lash bolani dangasa qilib qo‘yadi. Ko‘p uxlagan
bolaning qo‘li ishga bormaydi. Chunki hadeb
uxlayverganidan yalqovlik tanasiga o‘rnashib
oladi. Yana ko‘p uxlagan bolalar o‘z vazi-
falarini vaqtida bajara olmaydi va ustozidan
tanbeh eshitadi. Agar kam uxlasa-chi? Kam
uxlash ham bolalarning sog‘lig‘i va ruhiy ho-
latiga ta’sir ko‘rsatadi. Odam sog‘lom bo‘lishi
uchun ayni vaqtida dam olib,
ayni vaqtida
o‘z ishlarini bajarishi kerak. Kamolotga har
bir ishni me’yorida qilish bilan erishiladi. Bir
sohada ilgarilab ketib, boshqa sohalarda sust-
kashlikka yo‘l qo‘yish, bir ishni ko‘proq baja-
rib, boshqalarini pala-partish amalga oshirish
kamchilikdir.
Aziz bolalar, demak,
ovqat yeyish, uxlash,
bolalar bilan o‘ynash va yana qolgan barcha
ishlarda me’yorga
rioya qilib, dangasalik va
sustkashlikdan saqlanish lozim ekan.
www.ziyouz.com kutubxonasi