Фарзанд тарбиясида таълимий вазифалар


Ta’lim jarayonini tashkil etish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1475577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Taqdimot (2)

Ta’lim jarayonini tashkil etish:

Ta’lim jarayoni o’zaro chambarchas bog’langan
o‘qitish va ta‘lim olishdan iboratdir. O’quv jarayonini
tashkil etishning usullarini ishlab chiqishda texnologiya
fanini o’qitish metodikasi boshqa o’quv fanlarini
o’qitish
tajribasidan,
didaktik
tadqiqotlar
ma’lumotlaridan foydalanadi. Shu bilan birga ko’p
masalalarni texnologiya fanini o’qitish metodikasining
o’zi mustaqil hal qilishiga to’g’ri keladi.


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini
asoslash.
Umumta’lim maktablarining barchasida texnologiya fani bo’yicha
maktabdan va sinfdan tashqari ishlar keng tarqalgan. Deyarli barcha
maktablarda texnologiya faniga oid to’garaklar (yosh duradgor, yosh
chilangar, bichish va tikish to’garagi, mohir pazanda to’garagi va
mohir
qo’llar to’garagi) tashkil etilgan. Barcha to’garaklarni
o’tkazishdan maqsad o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda
qo’llay olishga o’rgatish. Shu bilan birga to’garakda bajarilgan ishlar
natijasi ilmiy tadqiqotlikka (yangilik yaratishga) yo’naltirilgan
bo’lishi zarur. Bu esa umumta’lim maktablarida o’tiladigan
texnologiya fani oldiga yuksak vazifalarni qo’yadi.



3. O’rta Osiyoda texnologiya tabiyasining tarkib topishi.
Insoniylik-insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi
to’g’risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish
uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amxo’rlik qilishni
ifodalovchi tushuncha. Unga ko’ra, dunyoda eng qimmatli narsa
insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga
xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat
kishilari haqida g’amxo’rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Insoniylik g’oyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga
erishish orzulari tarzida qadimdan xalq og’zaki ijodida, adabiyotda,
diniy va falsafiy ta’limotlarda o’z aksini topib kelmoqda.



Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida insoniylik g’oyalari azaldan
keng tarqalgan bo’lib, uning ko’p ming yillik tarixi bilan
chambarchas bog’liq. O’rta Osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek,
Alisher Navoiy
va b. asarlarida insoniylik, inson erkinligi, uning
qadr-qimmati g’oyalari olg’a surilgan. Forobiy insonlarning inoq
va do’st yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda
keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qat’iy quvvatlab,
butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri,
xalq manfaati, mamlakat haqida g’amxo’rlikni asosiy masala qilib
qo’ygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olg’a
surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning
baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom
dinida ham insonparvarlik g’oyalari o’z ifodasini topgan. Unda
faqir, kambag’al, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga,
saxovatli va insofli bo’lishga da’vat qilinadi.



Alisher Navoiy ijodi tubsiz ummonga o’xshaydi. Zero, ul
zotning boy ma’naviy merosi shu qadar keng va salmoqliki,
unda qayd etilgan mavzularda hayot hodisotlari, inson
turmushi, ichki kechinmalari bilan bog’liq barcha jihatlar
qalamga olingan. Shoir o’quvchi e’tiborini eng muhim
tushunchalarga qaratadi. Ularning har biriga alohida urg’u
beradi: ko’ngil, iymon, saxovat, adab, qanoat, vafo, ishq,
rostlik, ilm kabilar teran sharhlanadi. Asarlarida inson,
insoniylik belgilari, “odamiylar odamiysi”, ya’ni bugunning
tili bilan aytganda, komil shaxs haqida ko’pgina fikrlar
uchraydi. Navoiy insonni ulug’laydi. Uning ko’ngli muqaddas
ekanligini takror-takror ta’kidlaydi. Ayni paytda har bir kishi
ezgu nom qoldirishi, umrini yaxshiliklar qilish bilan bezashi
muhimligini uqtiradi. Shuning uchun bo’lsa kerak, yillar, asrlar
o’tsa-da, bobokalonimizning ijodiga bo’lgan qiziqish tobora
kuchayib bormoqda.


Navoiyning komil inson ta’limoti negizini tabiat, inson va Allohga
bo’lgan muhabbat belgilaydi. U payg’ambarlar, aziz avliyolar, piru
komillar, orifu so’fiylar to’g’risida so’z yuritganda, g’azal va
ruboiylarida tabarruk zotlarning xislatu fazilatlari haqida ishq-
muhabbat bilan yozgan. Alisher Navoiy asarlarida har tomonlama
rivojlangan barkamol insonning qiyofasi, uning barkamolligi, orifli-
gini ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar haqida ham ajoyib fikr-
mulohazalar yuritilgan. Uning yozishicha, barkamol insonning eng
muhim fazilatlaridan biri - xalqparvarlik, vatanparvarlikdir. Yurt
tashvishi bilan yashab, xalqqa ko’p foyda yetkazgan kishini
chinakam
xalqparvar
odam
deb
hisoblaydi.
Bunday
fikr-
mulohazalarni
A.Navoiyning
“Arba’in hadis” asarida yaqqol
ko’rishimiz mumkin.
Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur,
Eshitib shubha ayla raf andin.
Yaxshiroq bil ani ulus arokim,
Yetsa ko’proq uluska naf andin.


Barkamol insonga xos fazilatlarni Alisher Navoiyning mashhur
qahramoni - Farhod obrazida ham ko’rish mumkin. Farhodning
fe’l-atvori, yurish-turishida, faoliyatida, fozil insonga xos
fazilatlarning barchasi jamuljam edi. Ayniqsa,
ilmu-hunar
o’rganishga chanqoqlik, halol texnologiya qilish, axloqiy poklik
Farhod shaxsini yanada ulug’laydi, shuning uchun ham el-yurt
Farhodni e’zozlaydi. Shoir Farhodning bunday insoniy fazilatlarini
quyidagicha ta’riflaydi:
Demonkim, ko’ngli pok-u ko’zi pok,
Tili poku, so’zi poku o’zi pok.
Munungdek ziynati pokiga loyiq,
Duosin aylabon poki xaloyiq,


O’rta Osiyoda texnologiya tarbiyasi yuqorida nomlari ko’rsatib
o’tilgan buyuk mutaffakkirlarimiz asarlarida tarannum etilgan va
tarkib toptirilgan. Ular inson solohiyati masalalariga ham alohida
e’tibor qaratganlar. Inson salohiyati deganda esa quyidagilar
tushuniladi:

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling