Фарзанд тарбиясида таълимий вазифалар


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1475577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Taqdimot (2)

• jismoniy salomatlik;
• tabiiy va ishlab chiqarish muhitining noqulay ta’siriga chidamlilik,
uzoq muddatli kuch va asab zo’riqishiga bardoshlik qobiliyati;
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlar:
tasavvurlarning
barqarorligi,
xotira, nutq, inson xarakteri, uning ijodiy qobiliyati, bilimlari va
e’tiqodi, ijtimoiy tajribani egallash darajasi, ijtimoiy faollik;
• ishlab chiqarish–iqtisodiy xususiyatlari: malaka, ijtimoiy ta’lim
darajasi,
kasb
tajribasi,
tashabbuskorlik
va
ishbilarmonlik,
bajarilayotgan ish sifati va tejamkorlik, xodimlar bilan o’zaro
munosabat, mas’uliyat, texnologiya intizomi, texnika xavfsizligi
qoidalariga rioya etish va hokazolardir.


4. Buyuk mutafakkirlarning texnologiya tarbiyasiga oid fikrlari.
Alisher Navoiy asarlarida oilaviy baxt, farzand tarbiyasi va texnologiya
ta’limiga oid pedagogik ahamiyatga ega, g’oyat muhim fikrlarni ko’plab
uchratish mumkin. Shoirning fikricha inson uchun kelajak avlodni
tarbiyalab komil insonlar qilib yetishtirishdan hayrli va lazzatli narsa
yo’qdir. Navoiy bolaning rivojlanishida unga beriladigan to’g’ri
tarbiyaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Bolani faqat to’g’ri
tarbiya tufayligina kelajakda foydali va mukammal kishi bo’lib
yetishishiga ishonadi. Sharqning buyuk allomalari bo’lmish Al-Buxoriy,
At-Termiziy, Burxoniddin Marg’inoniy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Nosir
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Sa’diy Sheroziy, Bobur
va boshqa ko’plab mutaffakkirlarimiz texnologiya ta’limi va tarbiyasi
to’g’risidagi o’zlarining fikr va mulohazalarini kelajak avlod uchun meros
qilib qoldirishgan. Yosh avlodga kasbiy ta’lim-tarbiya berish jarayonini
mukammallashtirish uchun kasb-hunar pedagogikasining umum bashariy
yutuqlari bilan birgalikda milliy pedagogikamizning yutuqlari, Markaziy
Osiyo mutaffakkirlarining pedagogik qarashlaridan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil
6-yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida yoshlar, ularning ta’lim-
tarbiyasi va ularga kasb-hunar berishning ahamiyati “... har qanday
jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning
sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi hal qiluvchi o’rin tutishi. Shu
sababli islohotlarimiz ko’lami va samarasini yanada oshirishda har
tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu
shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanishimiz.” to’g’risidagi fikrlarini
davom ettirib “Ushbu maqsad yo’lida yoshlarimiz o’z oldiga katta
marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va
har tomonlama ko’mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa
bo’lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-
umidlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.


Shu maqsadda “Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-
tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g’oya asosida keng ko’lamli
islohotlarni amalga oshiramiz.
Birinchidan, yosh avlodga bog’cha, maktab va oliygohda sifatli
ta’lim-tarbiya berishni yo’lga qo’yamiz, ular jismoniy va ma’naviy
sog’lom, vatanparvar insonlar bo’lib ulg’ayishi uchun barcha kuch
va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va
umumbashariy
qadriyatlar
asosida
mustaqil
va
mantiqiy
fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo’lgan insonlar etib voyaga
yetkazamiz.


Uchinchidan, o’g’il-qizlarimizni texnologiya bozorida talab yuqori
bo’lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o’rgatish, ularda tadbirkorlik
ko’nikmalari va texnologiyasevarlik fazilatlarini shakllantirish
hamda tashabbuslarini ro’yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan
ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bir so’z bilan aytganda, bola tug’ilganidan boshlab, 30 yoshgacha
bo’lgan davrda uni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydigan, hayotda
munosib o’rin topishi uchun ko’mak beradigan, yaxlit va uzluksiz
tizim yaratiladi.” degan so’zlari orqali ta’lim sohasidagi oldimizda
turgan asosiy vazifalarimizni ko’rsatib berdi.


Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunarli kishilarni hunarmand deb atashgan
hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy holatini hunarmandchilik bilan
bog’lagan chunki, Markziy Osiyoning qo’li gul ustalari yaratgan san’at
durdonalari kishilarga zavq beradi. Har bir hunarmand o’z hunarini faqat
o’ziga xos texnologiya mazmunlari bilan boyitib, hunarini rivojlantirib
kelgan. Buyuk ajdodlarimiz o’z asarlarida hunarga xos fikrlarini
ifodalagan. Ulardan biri bunday degan edi: “Ey farzand, agar oqil, dono
bo’lay desang, hunarmand bo’lishni o’yla, hunarmandchilik sababidan
izzat hurmatga erishasan, agar hunardan bebahra bo’lsang, quruq soyasiz
daraxtga o’xshab qolasan, ey farzand, aqlu farosatli va ilmu hunarli
kishilar
bilan
do’st bo’l, hunarsiz kishida xosiyat bo’lmaydi,
texnologiyadan, ilmu hunar o’rganishdan uzoqlashma”.Axloqshunos olim
Majid
Havofiy
hunarmandchilik
to’g’risida bunday degan edi:
“Hunarmandlarni e’zozla, hunarmandchilikka ruju qo’ygan xalqning
hurmat va e’tibori oshadi”.


Payg’ambar Dovut alayhissalom temirchilik, al-Farobiy bog’bonlik,
shoir Sakkokiy pichoqchilik, shoir Zavqiy mahsido’zlik bilan
tirikchilik o’tkazgan. Bobomiz xo’ja Bahovuddin Naqshbandiy ham
hunarmandchilik bilan shug’ullanib, Turkistonda birinchilardan
bo’lib odamlarni hunar o’rganishga va hunarmandchilik bilan
shug’ullanishga chorlagan. Sharq mutaffakkirlaridan Ahmad Donish
hunarmandchilik va texnologiya qilish to’g’risida shunday degan:
“Bilim va hunar egallamay o’zining nasl nasabi bilan maqtanib
yuradigan yoshlar biror ijobiy fazilatga ega emas, ular hosil
bermaydigan mevali daraxtga o’xshaydi, undaylarni jamiyatga
foydasi tegmaydi, aksincha zararli ta’sir ko’rsatadilar”.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling