Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo`lishlari shart. Dtm tafakkur o`quv markazi huquq
Download 24.93 Kb.
|
8 huquq 1 15 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “yollanma xizmatkori”
- F.I.SH___________________________________________ Hayotda qiyinchiliksiz olinadigan yagona narsa—bu muvaffaqiyatsizlikdir! Tuzuvchilar: Bahronov B
Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo`lishlari shart. DTM TAFAKKUR O`QUV MARKAZI HUQUQ BAHRONOV BEHRUZBEK TEL 93 475 07 02 1. Jumlani to’ldiring? … aytishicha, eng mushkul ish qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir. A) Aflotun B) Arastu C) Suqrot D) Xamurappi 2. Farobiyning aytishicha, fozil davlat rahbari necha xil xislatlarni o’zida aks ettirgan bo‘lishi kerak? A) 4 xil B) 10 xil C) 11 xil D) 12 xil 3. Adolatli jamiyatning asosiy yo‘llarini Forobiy qanday ta’rif bergan? A) Qonun-qoidalarning mavjudligi va ularga davlat rahbarlarining va barcha aholining bo‘ysunishi B) Ilm-fanning taraqqiy etishi C) Davlat urush va bosqinchiliklarga qarshi bo‘lmog‘i, mamlakatda tinchlik, barqarorlikning o‘rnatilishi D) Barcha javoblar to’g’ri 4. Fuqarolik jamiyatining “yollanma xizmatkori” hisoblangan jumlani toping? A) davlat B) xalq C) qonunlar D) To’g’ri javob A va C 5. 2018-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlari soni nechtani tashkil etadi. A) 9487 ta B) 9478 ta C) 10547 ta D) 8129 ta 6. Inson huquqlari bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari ko’rsatilgan qatorni toping? A) Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz B) Ombudsman, Yoshlar Ittifoqi C) Fanlar Akademiyasi D) Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz 7. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim elementi bu – …? A) Huquqning ustuvorligi B) iqtisodning siyosatdan ustunligi C) ta’lim-tarbiyaning muhimligi D) ijtimoiy himoya 8. “Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi.” Ushbu fikrlar kimga tegishli? A) Ali ibn Abu Tolib B) Abu Ali ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Abdulloh Muqni 9. Qaysi qatorda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishining amalga oshirilish maqsadga muvofiqdir. A) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish B) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish C) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish D) Barcha javoblar to’g’ri 10. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari qaysi sohada namoyon bo‘ladi? A) Iqtisodiy sohada B) Ijtimoiy-siyosiy sohada C) Ma’naviy sohada D) barcha javoblar to’g’ri 11. Davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyankishilik hamjamiyatining ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishi … nianglatadi? A) huquqiy davlat; B) jamiyat; C) fuqarolik jamiyati; D) erkin mamlakat. 12. Davlatning huquqqa bo‘lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin. A) etatik va huquqiy B) respublika va monarxiya C) unitar va federativ D) etatik, huquqiy va oraliq 13. Huquqiy davlatga xos bo’lgan belgilarni toping? 1) sud mustaqilligining ta’minlanganligi; 2) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruqlar egallaydi; 3) inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi; 4) mansabdor shaxslarga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi; 5) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) faqat 5 D) 1,3,5 14. Etatik davlatlarga qanday tuzumdagi davlatlar misol bo’la oladi? A) monarxiya yoki konstitutsiyaviy monarxiya B) prezidentlik yoki parlamentar respublik C) avtoritar yoki totalitar D) to’g’ri javob A va B 15. Etatik davlatga misol bo’ladigan davlatni ko’rsating? A) Kuba B) Iroq C) Sobiq Ittifoq D) To’g’ri javob A va C 16. Davlat hokimiyati qanday vakolatlarga taqsimlanishini to’g’ri toping? A) qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud B) Oliy majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident C) Konstitutsiyaviy sud, Oliy xo’jalik sudi va fuqarolik sudi D) Barcha javoblar to’g’ri 17. Qanday organning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Ular faqat qonun talablariga bo‘ysunishadi. A) Oliy Majlis B) Sud C) Vazirlar mahkamasi D) Bojxona xizmati 18. “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtiroketish huquqiga egadirlar”. Ushbu Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida keltirilgan? A) 29 B) 30 C) 31 D) 32 19.“Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagi asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat”. Ushbu jumlalar kimga tegishli? A) I. Karimov B) Sh. Mirziyoyev C) A. Temur D) Abu Nasr Farobiy 20. Davlatlarning ba’zilari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga, ba’zilari esa huquqiy davlatga yaqin turishsa, bunday davlatga nima deyiladi? A) etatik B) demokratik C) oraliq D) huquqiy 21. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz? A) qonunlarni bilish B) qonunlarni hurmat qilish C) qonunlarga rioya etish D) faqat A va B 22. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi? A) Iqtisodiy huquqlari; B) Ijtimoiy huquqlari; C) Siyosiy huquqlari; D) Shaxsiy huquqlari. 23. O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan? A) 1991- yil 1- noyabrda; C) 1994- yil 18- fevralda; B) 1997- yil 26- dekabrda; D) 1996- yil 26- dekabrda. 24. Mamlakatda mehnat qilayotgan aholining huquqlarini davlat tashkilotlari bilan bir qatorda himoya qiluvchi eng ommaviy jamoatbirlashmasi nima deb ataladi? A) Siyosiy partiya; B) Ijodiy uyushma; C) Kasaba uyushmalari; D) Faxriylar tashkilotlari. 25. Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi ... asoslanadi. A) qat’iy qonunlarga; B) parlament nazoratiga; C) ijro etuvchi hokimiyat qarorlariga; D) huquqning ustuvorligiga. 26. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi? A) Iqtisodiy huquqlari; B) Ijtimoiy huquqlari; C) Siyosiy huquqlari; D) Shaxsiy huquqlari. 27. O’zbekiston xalqi nomidan faqat kimlar ish olib borishi mumkin? A) Oliy Majlis va Oliy sud B) Oliy Majlis va Prezident C) Prezident va Bosh vazir D) Oliy Majlis va Vazirlar mahkamasi 28.Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi – … davlatning eng muhim belgilaridandir. A) etatik B) prezidentlik Respublika C) huquqiy D) unitar 29.. O’zbekiston Respublikasida Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi hokimiyatni aniqlang? A) Qonunchilik palatasi B) Vazirlar mahkamasi C) Sud hokimiyati D) Mahalla 30.“Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bejon tanning ahvolivayronalikka yaqindir.” Ushu jumlalar kimga tegishli ekanligini toping? A) I. Karimov B) Abu Bakr Xorazmiy C) Amir Temur D) Abu Nasr Farobiy JAVOBLAR VARAQASI(ABCD) 1. 11. 21. 2. 12 22. 3. 13 . 23. 4. 14 . 24. 5. 15 25. 6 16 . 26. 7 17. 27. 8. 18. 28. 9 19 . 29. 10 20. 30. F.I.SH___________________________________________ Hayotda qiyinchiliksiz olinadigan yagona narsa—bu muvaffaqiyatsizlikdir! Tuzuvchilar: Bahronov B Download 24.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling