Farzandlikka olish va bekor qilish tartibi Farzandlikka olish
Download 142.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Farzandlikka olish va bekor qilish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart
Bosh sahifa » Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish » Farzandlikka olish va bekor qilish tartibi Farzandlikka olish va bekor qilish tartibi Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi. Farzandlikka olishi mumkin bo‘lmagan shaxslar: Muhim! Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart (o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno). Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari; farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs; aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar; o‘gay ota va o‘gay ona; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar. Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi 10 yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi. Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari Ҳуқуқий ёрдам керакми? Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Farzandlikka olishga oid ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi. Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, etim yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola etim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo‘lgan yoki o‘z vatanida turli sabablarga ko‘ra farzandlikka olinishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekistonga kirishi va O‘zbekistonda doimiy yashashi uchun O‘zbekiston vakolatli organining (ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari) ruxsatnomasi talab qilinadi. Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Ichki ishlar organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting. Prokuratura organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting. Sudga murojaat qilish tartibi bilan havolada tanishing. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21 noyabrdagi 739-son qarori Ҳуқуқий ёрдам керакми? Download 142.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling