Faunaga antropogen omillarning ta’siri


Download 12.19 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi12.19 Kb.
#1310801
Bog'liq
Faunaga antropo-WPS Office



Faunaga antropogen omillarning ta’siri
Reja:

  1. Dunyo faunasiga antropogen ta’sirning oqibatlari

  2. Shimoliy va Janubiy Amerika faunasidagi o’zgarishlar va hayvonlarning qirilib ketish sabablari

  3. Osiyo, Afrika va Avstraliya faunasining bugungi holati va hayvonlarni muhofaza qilish chora tadbirlari

Hozirgi zamon zoogeografiyasinng asosiy muammolaridan biri faunaning o’zgarish sabablarini aniqlash va uning kelajagini oldindan bashorat qilishdir.
Odam – hayvonot olami evolyutsiyaning eng yosh mahsuli hisoblanadi. Paleontologik ma’lumotlarga ko’ra, odamning dastlabki ajdodlarini vatani – Sharqiy Afrikadir. Ular mazkur hududda 18 mln yil oldin yashaganlar. Huddi shu yerdan Homo sapiens yani Uquvli odam o’zining evolyutsiyasini boshlagan.
1,4-1,9 mln yil oldin odamlar birinchi tosh qurollarni yasaganlar.
230 ming yil oldin odamlar olovni ixtiro qilisngan.
70 ming yil oldin odamlar itlarni qo’lga o’rgatganlar.
30 ming yil oldin odamlar yirik hayvonlarni ovlay boshlaganlar, qoyatoshlarga rasm chizganlar.
10 ming yil oldin odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar.
10 ming yil oldin yani Pleystotsen davridagi fauna tor doirada moslashgan yirik hayvonlardan iborat bo’lgan. Shu davrdan boshlab odamlar yirik hayvonlarni – g’or sherlari, qilichtishli yo’lbarslarni, g’or ayiqlarini ovlab ularning makonlarini egallay boshlashgan. 100 ming yil burun o’rmon fillari va suv ayg’irlari yoki begemotlar, keyinchalik esa o’rmon karkidonlari yo’qolib ketgan. Gigant bug’ular temir asrigacha saqlanib qolgan. Shimoliy Amerika hindularining ajdodlari 15 ming yil oldin bu materikka yetib kelib joylashganlar. Bu paytda Pleystotsen davri faunasi shakllanib bo’lgandi deb taxmin qilinadi. Hindularning dastlabki ajdodlari oddiy qurollar bilan Amerika mastodontlari, gigant lamalar, Kolumbiya mamontlarini ovlashgan. Bu holat boshqa qit’alarda ham bo’lgan. Pleystotsen faunasi faqat Afrikada saqlanib qolgan.
Tosh asri ovchilari esa nisbatan takomillashgan qurollar bilan ov qilganlar va tabiatga shu jumladan faunaga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazib borganlar. Chorvachilik va dehqonchilik tufayli yangi yerlarni o’zlashtirilishi, o’rmonlarni kesilishi, yavlovlar maydonini kengayishi ham yovvoyi hayvonlarni asta-sekin qirilib ketishiga olib keldi. Bu holat dastlab lokal darajada bo’lsa, buyuk geografik kashfiyotlar va fan yutuqlaridan keyin global miqyosga ko’tarildi. Shu davrdan boshlab insonning tabiatga bo’lgan ta’siri juda kuchayib ketdi. B.Grjimek (1977) ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi 400 yil ichida sutemizuvchi va qushlarning 130 turi yo’qolib ketdi, shundan 76 turi birinchi jahon urushidan keyingi davrga to’gri keladi. 550 tur hayvon esa umuman yo’q bo’lib ketish xavfi ostidadir. Bu raqamlarni yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, Xalqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi ma’lumotlariga ko’ra 1600 yildan 1975 yilgacha Yer yuzida qushlarning 74 turi (1,23%), sutemizuvchilarning 63 turi (1,43%) butunlay qirilib ketgan. Ayniqsa kichik orollarda yashaydigan endemik turlarning hayoti yanada xavf ostida qolgan.
Hayvonot olamiga antropogen ta’sirlarni 1600 yildan boshlab ko’rib chiqamiz.

Yevropa. Bu qit’ada sutemizuvchilardan hozirgi qoramollarning ajdodi, bo’yi 2 m keladigan yovvoyi tur dastlabki yo’q bo’lib ketgan hayvon hisoblanadi. Uning oxirgi vakili 1627 yili Germaniyada (ayrim manbalarda Polshada) otib o’ldirildi. Yovvoyi ot – tarpan, yani hozirgi otlarning naslboshisi 1878 yilda Rossiya janubida otib o’ldirilgan. Yovvoyi zubr Polshada birinchi jahon urushi davrida o’ldirildi.


1844 yilda esa pingvinlarga o’xshab ketadigan, Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropaning Shimoliy sohillarida yuz-minglab uya quruvchi qush – gagarkalar butunlay qirilib ketdi. Tarpanlarning janubiy rus dasht tarpani degan kenja turi Askaniya Novada 1879 yilda tabiatda o’ldirildi, oxirgi vakili tutqunlikda 1914-1918 yillarda yashagan. O’rmon tarpanining oxirgisi 1814 yilda Kaliningrad oblastida otib o’ldirilgan. Yevropa kapalaklarining 3/2 qismi yo’qolish xavfi ostida turgan bo’lsa, Germaniya hududida keyingi 50 yil icida kunduzgi kapalaklarning 27 %i yo’qolib ketdi. Chuchuk suvlaridagi baliqlar turlarining 52,3% yo’qolish arafasida turibdi. 408 qush turlaridan 294 tasi noyob bo’lib qolgan.

Shimoliy Amerika - Mazkur hududda Yevropaliklar ko’chib borishlaridan oldin Yevropa zubrining qon-qarindoshi bo’lgan bizonlar soni 60 mln tani tashkil qilgan. XIX asrning 30-yillarida bizonlar ommaviy ravishda otib o’ldirila boshlandi. 1877 yilning o’zida 100 ming bison o’ldirildi. 1889 yilda esa bizonlarning janubiy populyatsiyasi butunlay qirilib ketdi. Maxsus otryadlar tominidan har yili 2,5 mln bizon ovlangan. Natijada AQSH va Kanadada mingtagacha bosh bizon saqlanib qoldi. 1905 yilga kelib, Bizonlarni muhofaza qilish tashkiloti tashkil topdi, 1968 yilgi ma’lumotlariga ko’ra hozirda 14 ming bosh bizon saqlanib qolgan. Shuningdek, sayyoh kabutari ham qirilib ketgan. Bu qushning soni dastlab taxminlarga ko’ra bir necha mlrd ga yetgan. Qushlardan qirol to’tiqushi, eskimor kronshnepi, sahro qurlari ham qirilib ketgan. Gavayi orollaridagi 1061 endemik mollyuskalarning 600 turi yo’qolib ketdi, 400 turi esa qirilib ketish xavfi ostida turibdi. Umuman Shimoliy Amerikaning mollyuskalarini 50-60% yo’qolib ketish xavfi ostidadir.

Osiyo. Osiyoda milu bug’usining yovvoyi populyatsiyasi butunlay qirib tashlandi. Osiyo sherlari, karkidonlarning orollarda yashovchi turlari, yovvoyi ikki o’rkachli tuya, Eron lan bug’usi, katta va kichik panda ayiqlari, Prjevalskiy otlari, son jihatdan juda kamayib ketdi va butunlay yo’qolib ketis xavfi ostida qoldi. Ayniqsa, bizning o’lkamiz uchun xos xisoblangan to’qaylarda yashovchi Turon yo’lbarslari butunlay yo’q bo’lib ketgan. Arabiston tuyaqushlari, qirg’ovullarning bir necha turlari qirilib ketgan. O’rta Osiyoning tog’li rayoni G’arbiy Tyan-Shanda uchraydigan 150 tur kunduzgi kapalakning 12 tasi yo’qolib ketdi, 18 %i esa juda noyob bo’lib qolgan.

Afrika. Bu qit’ada yirik tuyoqli sutemizuvchilar va yirtqichlar inson tomonidan ko’plab qirib yuborilgan. Masalan jirafa, zebra, buyvol, sher terilari, fil suyaklari, karkidon shoxlari uchun ko’plab ovlangan. Natijada kvagga zebrasi butunlay yo’q bo’lib ketdi. Eng oxirgi kvagga zebrasi Amsterdam zooparkida 1883 yilda o’lgan. XX asrning 30 yillarida Janubiy Afrikada uyqu kasalligini oldini olish uchun har yili 20-30 ming bosh tuyoqli sutemizuvchilar otib tashlangan. Ammo uyqu kasalligini tarqatuvchisu se-se pashshasi boshqa hayvonlar qoni bilan oziqlana boshlagan. Hayvonlarning ko’plab ovlashdan yana bir maqsad – yangi ekinzorlar - plantatsiyalar tashkil qilishdan iborat bo’lgan. Shu tufayli shimpanze, gorilla, lemurlar, tupaylar, indri, lori va boshqa primatlar, okapi, jirafalar, fillar ham son jihatdan kamayib ketdi. Ular orasida bonobo yoki pakana shimpanze turi ham bor.


Janubiy Amerika. Bu qit’aning faunasi o’ziga xos betakror turlarga ega. Lekin inson tufayli ko’pchilik hayvonlari son jihatdan keskin kamayib ketdi. Masalan – shinshilla, yaguar, otselot, ontsillalar terisi uchun juda ko’p miqdorda ovlangan. 1967 yilda AQSH Bojxonalaridan 115458 na otselot terisi olib o’tilgan. Gigant suvsarning terisining narxi $200 turadi. Agar XX asrning 40 yillarida Perudan AQSHga har yili 2 ming teri yuborilgan bo’lsa 60 yillarda bu ko’rsatkich 500 taga tushib qoldi. Vikunya va guanakolar, sherqiyofa tamarin, Geldi kallimikosi, ko’zoynakli ayiq va yoldor bo’rilarning soni keskin kamayib ketdi. Shuningdek, chiroyli to’tiqushlar, kolibrilarni ovlash natijasida bu hayvonlar noyob va kamyob bo’lib qoldi.

Avstraliya. Ushbu qit’ada Yer sharidagi eng primitiv va arxaik sutemizuvchilar hayot kechiradi. Avstraliya faunasi orol tipidagi fauna hisoblanadi. Avstraliya kasf qilingandan keyin birinchi bo’lib ko’chib kelgan insonlar ko’pchilik hayvonlarni qirib yuborganlar. Masalan – Avstraliya xaltali bo’risi – tilatsin insonlar ko’chib kelmaslaridan oldin bu yerlarda qirilib ketgan edi. Ammo Tasmaniya orolida ularning soni ko’p bo’lgan. Tilatsin qo’ylarni yeb zarar keltiradi deb e’lon qilindi, unga qarshi kurash olib borildi. 1888 yildan 1914 yilgacha o’ldirilgan har bir xaltali bo’ri uchun hukumat katta miqdorda pul to’lagan. Bu davr mobaynida 3000 ga yaqin tilatsin otib o’ldirildi. 1961 yildan keyin xaltali bo’ri – tilatsin umuman qayd qilinmagan. Faqat bu hayvonni rasmi pivo qutilarda qoldi.


Shuningdek, kengurularning 4 turi butunlay qirib tashlandi, katta mashqqatlar evaziga koala ayig’i saqlab qolindi, ponadumli burgut va yovvoyi it – dingo yildan-yilga kamayib bormoqda. Avstraliyaga olib kelingan uy hayvonlari tufayli mahalliy xaltali o’txo’r hayvonlar; yexidna va o’rdakburunlar keskin kamayib ketdi. Qushlardan atrixornis (Atrichorhis olamosis)
Orollar faunasi. Qit’alar faunasiga nisbatan orollar faunasi ko’proq salbiy tasirlar ostida qolgan. Yangi Zelandiyada moa, Maskaren orollarida dront va otshelnik (solityor), Mavrikiy orolida dodo, Reyunon orolida pustinnik, Rodriges orolida oq dodo, Oklena orolida Rallus muelleri, Ueyk orolida R. wakensis, Taiti orolida R pecuficus, Fiji orolida Rallina porzaciloptera, Laysanda tarqalgan Porzanula Palteri, Gavayi orolidagi Pennula sanwichensis, Samoa orolida tarqalgan Parendisates pacificus kabi uchmaydigan qushlar umuman qirib tashlangan. Steller sigiri kashf qilinganidan keyin 26 yil o’tgach uning oxirgi vakili otib o’ldirildi. Bu bwozor jonivor faqat suvo’tlar bilan oziqlanar edi. Galapagoss orollarida yashaydigan Fil toshbaqalari ham go’shti uchun ko’p miqdorda ovlanishi natijasida yo’q bo’lib ketish xavfi ostida qolgan. Shuningdek, gatteriya, Komodo echkemarlari, liradum va jannat qushlari ham kamayib ketgan.
Download 12.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling