Favqulodda vaziyatlar ta`rifi, tasnifi


Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar turlari. Transport avariyalari va


Download 471.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi471.48 Kb.
#1192881
1   2   3   4   5
Bog'liq
Favqulodda vazi

Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar turlari. Transport avariyalari va 
halokatlari. Kimyoviy xavfli ob`yektlardagi avariyalar. Yong`in – portlash 
xavfi mavjud bo`lgan ob`yektlardagi avariyalar. Zamonaviy qirg`in qurollar, 
ularning ta`sir xususiyatlari va talofatlari. Favqulodda vaziyatlarda qtisodiyot
tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish. 
Reja: 
1. Texnogen tusdagi avariyalarning turlari; 
2. Kimyoviy ob`yektdagi avariyalar; 
3. Texnogin falokatlarni oldini olish usullari. 
4. Ishlab chiqarish avariyalari, fojiali hodisalar, ularning oqibatlarini 
bartaraf etish ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar. 
Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to`xtab qolishi, yoki sanoat 
korxonalarida ishlab chiqarishni izdan chiqishi, transportlarda va boshqa 
ob`yektlarda moddiy boyliklarni buzilishi, yo`q bo`lishi tushuniladi. 
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo`lishi mumkin: 

Tabiiy ofat tufayli; 

Inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda yo`l qo`yiladigan sababli; 

Transport mexanizm, jihozlardan noto`g`ri foydalanganda; 

Agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli 
moddalarni) noto`g`ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilshi oqibatida; 

Texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi va boshqalar. Mana
shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo`ladiki, 
oqibatda ko`pdan-ko`p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo`q bo`lib ketadi. 
Ko`pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog`oz ishlab chiqarish sanoati
go`sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida 
avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar 
(KTEZM ) ta`sirida bo`ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi qog`oz , 
sellyuloza, go`sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir 
yo`llarda 
KTEZMni 
tashishda 
ko`p 
uchraydi. 
KTEZM 
ko`rsatilgan 
konsentratsiyadan ortiq bo`lganda odamlarga, qishloq xo`jaligi hayvonlariga, 
tashqi muhitga kuchli ta`sir etib turli darajada shikastlantiradi. KTEZMlar qatoriga 
xalq xo`jaligida texnologik jarayonlarda qo`llaniladigan ammiak, xlor, sulfat 


kislotasi, vodorod ftorid, azot, oltingugurt oksidlari va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
Respublikamizdagi 
sanoati 
rivojlangan 
ayrim 
shaharlarda,
jumladan, Samarqand, Farg`ona, Andijon, Qo`qon, Ahgren, Olmaliq, Chirchiq, 
Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me`yoridan 1,5-2, 
hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiqdir. 
Markaziy Osiyoda havoni eng ifloslantiruvchi korxona Tojikistonning. 
Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi hovoga belgilangan miqdordan deyarli 
ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. O`zbekiston Respublikasining 
Kimyo sanoati korxonalari Chirchiqdagi “elektrokimyo”, Farg`onadagi “azot”,
Navoiydagi zavodlardir. 
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II )oksidi- 250mln tonna, yoqilg`i 
kukuni- 100mln tonna, uglevodorod-88 mln tonna, azot(II )oksidi-53 mln tonna, 
ammiak- 4 mln tonna, oltingugurt vodorodi 3 mln tonna, qo`rg`oshin birikmasi – 
1mln tonna, ftor- 0,4 mln tonna chiqariladi. 
Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga 
katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, insonlar umrini 
qisqartirmoqda va atrof muhitni yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy 
zararlantirmoqda. 
Tez ta`sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda aholining hatti 
harakatlari. 
Respublikamiz xalq xo`jaligi tarmoqlarida zaharli moddalar ishlatiladi, 
saqlanadi, tashiladi. Agar tabbiiy ofatlar, harbiy to`qnashuvlar natijasida kimyoviy 
zaharli moddalar atmosferaga tarqalishi mumkin. Natijada atrof-muhitni havoni 
zaharlaydi.
Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o`chog`idagi va unga yaqin 
bo`lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi. KTEZMlar asosan insonlarga uning nafas 
organlari, 
terisi 
orqali 
ta`sir 
etadi. 
Ular 
umumiy 
zaharlovchi 
va 
holsizlantiruvchilarga bo`linadi. Agar avariya holatida bir qancha gazlar 
aralashmasi bo`lsa, izolyatsiyalovchi protivogazlardan foydalangan holda tezlik 


bilan zaharlangan o`choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari ko`riladi, 
avariya joyini tiklash ishlari olib boriladi. Birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish: 
KTEZM tarqalgan hududni o`rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi. 
Avariyani tiklash ishlarida qatnashadigan fuqarolar o`zlari va boshqalarni bilishlari 
zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib 
chiqish, protivogazni boshqalarga kiydira bilish, sun`iy nafas berish, yurakni 
massaj qilish, zaharlangan ko`z terilarni neytrallash ishlarini bilishlari lozim. 
Buning uchun jamoa va shaxsiy himoya bositalari ularning turlari va foydalanish 
qoidalarini bilishlari zarur. 
Fojiali hodisa va uning oqibatlari. 
Fojiali hodisa- ma`lum bir vaqt oralig`ida sodir bo`ladigan falokat demakdir. 
Fojia turli xildagi inshootlarning buzilishi, moddiy boyliklarni yo`q bo`lib ketishi 
hamda odamlarning o`limi bilan sodir bo`ladi. 
Masalan, 1986 yil 26 aprelda sodir bo`lgan Chernobil Atom elektr 
stansiyasidagi avariya natijasida atrof- muhitga radiaktiv chiqindilar tarqalgan. 
Natijada ko`plab odamlar nobud bo`lgan, 200000 aholi xavfsiz joylarga batomom 
ko`chirilgan. Bu fojiadan ko`rilgan moddiy ziyon 8 mlrd rublni tashkil etgan. 
Shuning uchun AESlarda avariya sodir bo`lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol 
jamoa saqlanish joylariga yashirinishi, yoki xavfsiz joyga shu zahotiyoq 
evakuatsiya qilinishi lozim. Shaxsiy himoya vositalarini kiyib, kerakli narsalarni: 
oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlarni olib, tezlikda evakuatsiya 
punktlariga yetib borishi kerak. Agar sharoit bo`lmasa uyda yoki ishxonadagi eshik 
va oynalar bekilishi lozim. Ma`lumki, g`ishtli uylar nurlanish darajasini 10 barobar 
kamaytiradi. Shuning uchun radiatsiyadan saqlovchi boshpanalar ko`pincha temir- 
betondan quriladi. 
Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq tartib ostida
alohida rejim asosida olib boriladi. Zararlangan hududlarda ishlayotgan odamlar, 
saqlovchi vositalarni kiygan holatda, ma`lum bir oralig`da ishlab, hududda 
o`tirishi, biror narsa ushlashi,chekishi ovqat yeyishi, suv ichishi taqiqlanadi. 
Ishdan keyin butun kiyim boshi va o`zi to`liq tekshiruvdan o`tadi. 


Katta avariyalar va fojiali hodisalar bo`lishiga, yong`in va portlashlar sabab 
bo`lishi mumkin. Ayniqsa kimyo, va gaz sanoatida yuz beradigan portlashlar katta 
fojialar bilan tugaydi. Masalan; 1988-1995 yillar maboynida Rossiyaning bir 
qancha ko`mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali hodisalar bo`lib ko`plab 
odamlar nobud bo`lgan. Shunday falokat Toshkentdagi lak-bo`yoq zavodida ham 
yuz bergan. Avariya va falokatlar fojialihalokatlardan tashqari turli darajadagi 
jarohatlar: sinish va chiqishlar, to`qimalarning kuyishi, kesilishi, zaharlanishlar, 
elektr tokidan shikastlanish va boshqalar.Bularga ham birinchi tibbiy yordam o`z 
vaqtida tashkil etilishi lozim.
Texnogen avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaradigan omillar. 
1. Transport avariyalari va falokatlari: (turli sharoitlarda, masalan, 
temiryul, avtomobil, suv yo`li, aviatsiya transportlarida sodir bo`lishi mumkin.) 
a) Temir yo`l transporti avariyalari; 
b) Avtomobil transportida sodir bo`ladigan avariyalar; 
v) Aviatsiyada sodir bo`ladigan avariyalar; 
g) Suv transportida sodir bo`ladigan avariyalar;
2. Kimyoviy xavfli ob`yektlardagi avariyalar: atrof muhitga kuchli ta`sir 
etuvchi zaharli moddalarni yuqori konsentrtsiyalarda tarqalishi. 
3. Yong`in–portlash xavfi mavjud bo`lgan ob`yektlardagi avariyalar: ko`mir 
shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi, gaz va chang portlashi bilan bog`liq 
avariyalar, yong`inlar, jinslar qo`porilishi. 
4. Energetika va kommnal tizimlardagi avariyalar: Gidroelektro stansiyalar, 
gidrorotornoelektro stansiyalardagi (GES,GRES, IEM) issiqlik energiyasi 
markazlarida, elektr tarmoqlarida, gaz quvurlari, suv quvurlari, kanalizatsiya, va 
boshqa turdagi kommunal tizimdagi avariyalar: 
5. Odamlar o`limi bilan bog`liq bo`lgan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar 
va odamlar kop to`planadigan ijtimoiy yo`nalishdagi ob`ektlarni, binolarni 
konstruksiyalarini to`satdan buzilishi, yong`inlar, gaz portlashlari va boshqalar: 
6. Radiaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan 
foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog`liq avariylar: Radiaktiv moddalarni 


tashish bilan bog`liq bo`lgan avariyalar, biologik vositalarni va ulardan olinadigan 
preperatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va 
boshqa muassasalarda biologik vositalarining atrof muhitga chiqib ketishi yoki 
yo`qotilishi bilan bogliq bo`lgan avariyalar: 
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar: suv omborlarida, daryo va 
kanallardagi buzilishlar, baland tog`lardagi ko`llardan suv urib ketishi natijasida 
vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o`limiga, sanoat va qishloq 
xo`jaligi ob`ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va 
shoshilinch ko`chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari. 



Download 471.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling