Favqulodda vaziyatlar ta`rifi, tasnifi


Download 76.5 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1259675
Bog'liq
texnogen


TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR TUSHUNCHASI VA ULARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR KIMYOVIY XAFVI.


REJA:

  1. Texnogen tusdagi avariyalarning turlari;

  2. Kimyoviy ob`yektdagi avariyalar;

  3. Texnogin falokatlarni oldini olish usullari.

  4. Ishlab chiqarish avariyalari, fojiali hodisalar, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar.

Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to`xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni izdan chiqishi, transportlarda va boshqa ob`yektlarda moddiy boyliklarni buzilishi, yo`q bo`lishi tushuniladi.


Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo`lishi mumkin:

  • Tabiiy ofat tufayli;

  • Inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda yo`l qo`yiladigan sababli;

  • Transport mexanizm, jihozlardan noto`g`ri foydalanganda;

  • Agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) noto`g`ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilshi oqibatida;

  • Texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi va boshqalar. Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo`ladiki, oqibatda ko`pdan-ko`p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo`q bo`lib ketadi. Ko`pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog`oz ishlab chiqarish sanoati, go`sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM ) ta`sirida bo`ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi qog`oz , sellyuloza, go`sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yo`llarda KTEZMni tashishda ko`p uchraydi. KTEZM ko`rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bo`lganda odamlarga, qishloq xo`jaligi hayvonlariga, tashqi muhitga kuchli ta`sir etib turli darajada shikastlantiradi. KTEZMlar qatoriga xalq xo`jaligida texnologik jarayonlarda qo`llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot, oltingugurt oksidlari va boshqalarni kiritish mumkin.

Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg`ona, Andijon, Qo`qon, Ahgren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me`yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiqdir.
Markaziy Osiyoda havoni eng ifloslantiruvchi korxona Tojikistonning. Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi hovoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. O`zbekiston Respublikasining Kimyo sanoati korxonalari Chirchiqdagi “elektrokimyo”, Farg`onadagi “azot”, Navoiydagi zavodlardir.
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II )oksidi- 250mln tonna, yoqilg`i kukuni- 100mln tonna, uglevodorod-88 mln tonna, azot(II )oksidi-53 mln tonna, ammiak- 4 mln tonna, oltingugurt vodorodi 3 mln tonna, qo`rg`oshin birikmasi – 1mln tonna, ftor- 0,4 mln tonna chiqariladi.
Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, insonlar umrini qisqartirmoqda va atrof muhitni yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda.
Tez ta`sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda aholining hatti harakatlari.
Respublikamiz xalq xo`jaligi tarmoqlarida zaharli moddalar ishlatiladi, saqlanadi, tashiladi. Agar tabbiiy ofatlar, harbiy to`qnashuvlar natijasida kimyoviy zaharli moddalar atmosferaga tarqalishi mumkin. Natijada atrof-muhitni havoni zaharlaydi.
Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o`chog`idagi va unga yaqin bo`lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi. KTEZMlar asosan insonlarga uning nafas organlari, terisi orqali ta`sir etadi. Ular umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchilarga bo`linadi. Agar avariya holatida bir qancha gazlar aralashmasi bo`lsa, izolyatsiyalovchi protivogazlardan foydalangan holda tezlik bilan zaharlangan o`choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari ko`riladi, avariya joyini tiklash ishlari olib boriladi. Birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish:
KTEZM tarqalgan hududni o`rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi. Avariyani tiklash ishlarida qatnashadigan fuqarolar o`zlari va boshqalarni bilishlari zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib chiqish, protivogazni boshqalarga kiydira bilish, sun`iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan ko`z terilarni neytrallash ishlarini bilishlari lozim. Buning uchun jamoa va shaxsiy himoya bositalari ularning turlari va foydalanish qoidalarini bilishlari zarur.
Fojiali hodisa va uning oqibatlari.
Fojiali hodisa- ma`lum bir vaqt oralig`ida sodir bo`ladigan falokat demakdir. Fojia turli xildagi inshootlarning buzilishi, moddiy boyliklarni yo`q bo`lib ketishi hamda odamlarning o`limi bilan sodir bo`ladi.
Masalan, 1986 yil 26 aprelda sodir bo`lgan Chernobil Atom elektr stansiyasidagi avariya natijasida atrof- muhitga radiaktiv chiqindilar tarqalgan. Natijada ko`plab odamlar nobud bo`lgan, 200000 aholi xavfsiz joylarga batomom ko`chirilgan. Bu fojiadan ko`rilgan moddiy ziyon 8 mlrd rublni tashkil etgan. Shuning uchun AESlarda avariya sodir bo`lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol jamoa saqlanish joylariga yashirinishi, yoki xavfsiz joyga shu zahotiyoq evakuatsiya qilinishi lozim. Shaxsiy himoya vositalarini kiyib, kerakli narsalarni: oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlarni olib, tezlikda evakuatsiya punktlariga yetib borishi kerak. Agar sharoit bo`lmasa uyda yoki ishxonadagi eshik va oynalar bekilishi lozim. Ma`lumki, g`ishtli uylar nurlanish darajasini 10 barobar kamaytiradi. Shuning uchun radiatsiyadan saqlovchi boshpanalar ko`pincha temir- betondan quriladi.
Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq tartib ostida , alohida rejim asosida olib boriladi. Zararlangan hududlarda ishlayotgan odamlar, saqlovchi vositalarni kiygan holatda, ma`lum bir oralig`da ishlab, hududda o`tirishi, biror narsa ushlashi,chekishi ovqat yeyishi, suv ichishi taqiqlanadi. Ishdan keyin butun kiyim boshi va o`zi to`liq tekshiruvdan o`tadi.
Katta avariyalar va fojiali hodisalar bo`lishiga, yong`in va portlashlar sabab bo`lishi mumkin. Ayniqsa kimyo, va gaz sanoatida yuz beradigan portlashlar katta fojialar bilan tugaydi. Masalan; 1988-1995 yillar maboynida Rossiyaning bir qancha ko`mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali hodisalar bo`lib ko`plab odamlar nobud bo`lgan. Shunday falokat Toshkentdagi lak-bo`yoq zavodida ham yuz bergan. Avariya va falokatlar fojialihalokatlardan tashqari turli darajadagi jarohatlar: sinish va chiqishlar, to`qimalarning kuyishi, kesilishi, zaharlanishlar, elektr tokidan shikastlanish va boshqalar.Bularga ham birinchi tibbiy yordam o`z vaqtida tashkil etilishi lozim.
Texnogen avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaradigan omillar.
1. Transport avariyalari va falokatlari: (turli sharoitlarda, masalan, temiryul, avtomobil, suv yo`li, aviatsiya transportlarida sodir bo`lishi mumkin.)
a) Temir yo`l transporti avariyalari;
b) Avtomobil transportida sodir bo`ladigan avariyalar;
v) Aviatsiyada sodir bo`ladigan avariyalar;
g) Suv transportida sodir bo`ladigan avariyalar;
2. Kimyoviy xavfli ob`yektlardagi avariyalar: atrof muhitga kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalarni yuqori konsentrtsiyalarda tarqalishi.
3. Yong`in–portlash xavfi mavjud bo`lgan ob`yektlardagi avariyalar: ko`mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi, gaz va chang portlashi bilan bog`liq avariyalar, yong`inlar, jinslar qo`porilishi.
4. Energetika va kommnal tizimlardagi avariyalar: Gidroelektro stansiyalar, gidrorotornoelektro stansiyalardagi (GES,GRES, IEM) issiqlik energiyasi markazlarida, elektr tarmoqlarida, gaz quvurlari, suv quvurlari, kanalizatsiya, va boshqa turdagi kommunal tizimdagi avariyalar:
5. Odamlar o`limi bilan bog`liq bo`lgan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va odamlar kop to`planadigan ijtimoiy yo`nalishdagi ob`ektlarni, binolarni konstruksiyalarini to`satdan buzilishi, yong`inlar, gaz portlashlari va boshqalar:
6. Radiaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog`liq avariylar: Radiaktiv moddalarni tashish bilan bog`liq bo`lgan avariyalar, biologik vositalarni va ulardan olinadigan preperatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarining atrof muhitga chiqib ketishi yoki yo`qotilishi bilan bogliq bo`lgan avariyalar:
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar: suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog`lardagi ko`llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o`limiga, sanoat va qishloq xo`jaligi ob`ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.
Tabiiy ofatlar inson ongi va faoliyatidan tashqarida ro`y bеradigan talofatlar bo`lib u tеzlikda yoki asta-sеkin sodir bo`lishi insonlarni mo'tadil yashash ishlash sharoitlarining buzilishi odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining,moddiy boyliklarini yo`q bo`lib kеtishi bilan tugaydigan hodisalardir. Tabiiy ofatlar: yer siljishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong`in, qurg`oqchilik, yеr surilishi, qor ko`chishi, yomg`ir yog`ishi. Ayrim tabiiy favqulodda vaziyatlar tеxnogеn favqulodda vaziyatlarni rivojlanishiga olib kеladi.Yer silkinishi sababiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
- tiktonik zilzila;
- vulqon zilzila;
- ag`darilish, o`pirilish zilzilalari;
- tеxnogеn (inson faoliyati bilan-muhandislik) zilzilalar har yili 100000 dan ortiq yеr silkinishlari (turli darajadagi ballar) sеysmik asboblar (sеysmograf) orqali qayd etiladi. Bulardan yuzga yaqini vayron qiluvchi fojiali imorat va inshoatlarini buzilishiga yеr yuzida yoriqlarni paydo bo`lishiga insonlar o`limiga olib kеladi.
- yer silkinishi chuqurligi bo`yicha yuza, 70 km gacha, o`rtacha 70-300 km gacha, chuqur 300 kmdan pastda mantiya qatlamida joylashgan bo`lishi mumkin. Rеspublikamizda 70-km yuza zilzilalar uchraydi. Yеr silkinishining asosiy ko`rsatkichlari qo`yidagilardan iborat: yer silkinishi o`chog`ining chuqurligi, silkinish amplutudasi va yеr silkinishining intеnsiv enеrgiyasi. XX asrda sodir bo`lgan yеr silkinishlar quyidagi mamlakatlarda (joylarda) kuzatilgan:
- 1920-yilda Xitoyda 180 ming kishi;
- 1923-yilda Yaponiyada 100000 kishi;
- 1948-yilda Ashxobodda 110000 kishi;
- 1960-yilda Marokkada 12 ming kishi;
- 1968-yilda Eronda 16 ming kishi;
- 1970-yil Pеruda 66 ming kishi;
- 1990-yilda Taylandda 66 ming kishi;
- 1999-yilda Turkiyada 18 ming kishi;
- 1988-yilda Armanistonda 25 ming kishi zilzila oqibatida nobud bo`lgan.
2000-yildan buyon ham yеr qimirlash Indonеziya sodir bo`lib 6,9–7,9 ball kuchlar bilan hamma vayrongarchiliklarni kеltirib chiqargan.
Zilzila kuchi ikki xil o`lchanadi:
1. Ballarda
2. Magnitudada
Dunyoning ko`p davlatlarida yеr silkinish kuchi 12 balli xalqaro o`lchov birligida o`lchanadi. Ball-yer yuzasining tеbranma harakat darajasini ko`rsatadi. “Sеysmograf” yordamida o`lchanadi. Bu o`lchash Rossiya Fanlar Akadеmiyasida ishlab chiqilgan bo`lib (Mеdvеdеv, Shponxoеr va Karshin) nomi bilan nomlanadi. Epsentrda toq jinsi zarrachalarining sеysmik tеzlanishini u еrda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga (buzilish yorilish vayron bo`lish) taqqoslagan holda baholanadi.
Ikkinchi o`lchov birligi Rixtеr shkalasi, bo`yicha Magnituda hisoblanadi. 1935 yilda Amеrika sеysmologi I.Rixtеr tomonidan taklif etilgan. Yer silkinish kuchining 1-12 balli xususiyatlariga qarab kеltirgan vayronagarchiliklari turlicha bo`ladi. 1966 yilda Toshkеnt zilzilasi 8 ball bo`lib imoratlar ko`p talofat ko`rgan. Silkinishlar bir kеcha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila bosh panasiz qolgan. 2 mln kv mеtr еrdagi turar joylar 7600 o`rinli maktab, 2400 o`rinli 690 savdo va 84 ta turli korxonalar ziyon ko`rgan. Imoratlar ko`radigan talafotlar quyidagicha tavsiflanadi:
1-darajali talofat. Bunda еngil shikastlanish yuz bеradi.
2-darajali talofat. Og`ir bo`lmagan shikastlanish sodir etiladi. Dеvorlarda katta bo`lmagan yoriqlar hosil bo`ladi.
3-darajali talofat. Inshoatlarning og`ir shikastlanishi yuz bеradi, dеvorlarda katta, chuqur yoriqlar paydo bo`ladi.
4-darajali talofat. Imorat va inshoatlarni ichki dеvorlarini to`liq buzilishi yuz bеradi.
5-darajali talofat. Imorat va inshoatlar to`liq buzilishi sodir bo`ladi.
Imorat va inshoatlarning konstruksiyasi va qurilish matеriallariga qarab tasniflanishi:
A) guruh - xom g`isht, paxsa dеvorli imoratlar;
B) guruh - pishgan g`ishtdan qurilgan inshoatlar;
V) guruh - tеmir-beton sinchli va yog`ochdan qurilgan inshoatlar.
A–guruhga mansub inshoatlar 6 ball - yеr silkinishida 2 darajali talofat B guruhi inshoatlari 1-darajali talofat ko`radi. 7ball yer qimirlaganda A guruhidagi inshoatlar 3-darajali talofat ko`radi. 8 ball - A guruhidagi inshoatlar 5 darajali B guruhidagi inshoatlar ham 3-4 darajali. C guruhidagi inshoatlar 2 darajali talofat ko`radi. 9 ball - B guruhidagi inshoatlar 4- darajali. V guruhidagi inshoatlar ham 4 darajali talofat ko`radi. 10 ball - B guruhidagi inshoatlar 5 - darajali V guruhidagi inshoatlar 4 darajali talofat ko`radi. 11 ball - B guruhidagi inshoatlar to`liq qulaydi. Tog` jinslarining tik va gorizontal yo`nalishdagi harakati kuzatiladi. 12 ball - amalda yеr yuzasida tik inshoat qolmaydi.Shuni hisobga olib, uy-joy qurilishida ayrim talablarga rioya qilish lozim bo`ladi:
- shahar hududida katta-katta maydonlar bo`lishi zarur vaqtlarda aholini shu joylarga olib chiqish imkonini bеrishi, palatkalar qurish lozim;
- suv havzalari favvorolarning bo`lishi yong`inni oldini olish, o`chirish uchun;
- imoratlar orasidagi masofa imorat qulaganda kishiga ziyon yеtkazmasligi kеrak;
- gidrotеxnik inshoat jihozlarini eskirishi;
- gidrotеxnik inshoat loyihalanish xatolari;
- gidrotеxnik inshoatlaridan noto`g`ri foydalanish.
Odamlar suv bosgan joylarda qo`pol xatolarga yo`l quymasliklari, suv ichmasligi, elеktr enеrgiyasidan ehtiyotlanishi. Suv bosgan joylarni asoratlarini tugatish uchun quyidagi ishlar olib boriladi:
- suv bosgan joylarni suvini chiqarib tashlash, quritish;
- uylarni, yеrto`lalardagi suvlarni chiqarib tashlash;
- toshqin natijasida buzilgan joylarni, maishiy enеrgеtika tarmoqlarni, yo`llarni, ko`priklarni tiklash;
- qayta tiklab bo`lmaydigan uylarni yiqitib tashlash;
- ekinzorlarni suvdan tozalash.
Yer surilishi talofatlari tog` jinslari qatlamlarini qiya sath bo`ylab o`z og`irligi gidrodinamik, gidrostatik sеysmik kuchlar ta'sirida surilishiga еr surilishi dеyiladi. Bunda ham uy-joylar vayron bo`ladi ekinzorlar tuproq ostida qoladi. Surilish tеzligi sеkin, o`rtacha va kuchli xillarga bo`linadi. Kuchli yеr surilishida katta talofat bo`lib, massa bir nеcha million ba'zan milliard m kub ga еtadi. Ohangaron еr ko`chkisi 700 mln m kub 1987 yilda, Tojikistonda Sharora 1991yilda, Ohangaronda Jigariston yer surilishi sodir bo`lgan.
Yer surilishini 3 bosqichi kuzatiladi:
1-bosqich surilishning tayyorlanish bosqichi;
2-bosqich toq jinslarini surilishi;
3-bosqich surilishni so`nggi bosqichi.
Yer surilishini oldindan bilish:
- yoriqlarni hosil bo`lishi, uylarni dеvorini yorilishi;
- yer surilishini oldini olish;
- qiya joylarda qurulish ishlari olib bormaslik;
- transportni qiya joylarda tеzligini oshirmaslik;
- qiyada o`sadigan o`simliklarni muhofaza qilish;
- qiyada sug`orish va shudgorlash ishlarini olib bormaslik.
Shunga asosan tadbirlar ishlab chiqiladi. Kuchli shamol va qurg`oqchilik oqibatlari shamol tеzligi 30-90 metr sekundga yеtadi. O`rta Osiyoda 40-60 ms ga boradi. Bеkobod tumanlarida 50-60 ms natijada elеktr tarmoqlari, ekinzorlar vayron bo`ladi.
Oldindan ogoh qilish pana joylarda joylashish kеrak. Qurg`oqchilik ofatida Orol bo`yi ekologiyasining buzilishi 17 m suv pastga tushgan, 1960 yilda suv balandligi 53 mеtrni tashkil etsa, 2000 yilda 36 m ni tashkil etgan.



Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling