Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti hayot xavfsizligi


Download 337.17 Kb.

bet1/5
Sana08.06.2018
Hajmi337.17 Kb.
  1   2   3   4   5

5

sinf

HAYOT XAVFSIZLIGI

ASOSLARI

5-sinf o‘quvchilar uchun 

didaktik materiallar to‘plami


Toshkent - 2016

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI 

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI

FUQARO MUHOFAZASI INSTITUTI 

HAYOT XAVFSIZLIGI

ASOSLARI

5-sinf o‘quvchilar uchun didaktik materiallar to‘plami

Ilyosova Z.F., Xusanova S.I., Nazaraliyeva E.Y., Shamsiyeva Z. 

Hayot xavfsizligi asoslari. 5-sinf. Didaktik materiallar to‘plami. 

Ilyosova Z.F., Xusanova S.I., Nazaraliyeva E.Y., Shamsiyeva Z. - T.: 

2016 y. - 76 b.

Ushbu «Hayot xavfsizligi asoslari» didaktik materiallar to‘pla-

mi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quv chilari uchun 

mo‘ljallangan. Qo‘llanmada maruza matnlari, o‘tilgan mavzuni 

mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar hamda uy vazifalari 

namunalari o‘rin olgan. Mavzularga tegishli rasmlar, chizmalar

jadvallar, viktorina savollari, boshqotirmalar keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika 

ta’lim markazining Ilmiy-uslubiy kengashi nashrga tavsiya etgan.


Tabiatda yolg‘iz qolishga to‘g‘ri kelganda mo‘ljal olish .......................

6

Zilzila.......................................................................................................



9

Ko‘chki ..................................................................................................



15

Suv toshqinlari .....................................................................................



20

Suv havzalari ........................................................................................



26

Dovul, bo‘ron va quyun ........................................................................



31

Sel .........................................................................................................



36

Ekologik xavf ........................................................................................



41

Tabiat va xavf-xatar .............................................................................



43

Uy-ro‘zg‘оr ishlаri vа xаvfsizlik ............................................................



46

Metallarga ishlov berishda xavfsizlik .................................................



51

Yog‘och o‘ymakorligida xavfsizlik.......................................................



56

Plitalar turlari, tuzilishi, foydalanish qoidalari. Elektr va gaz 

plitalari bilan ishlashdagi xavfsizlik ...................................................

59

Yol qoidasi-umr foydasi .......................................................................



62

Kesadigan buyumlar bilan ishlash xavfsizligi ...................................



65

Elеktr аsbоb-mоslаmаlаrdаn fоydаlаnishdа xаvfsizlik ....................



67

Kompyuterdan foydalanish me’yorlari ...............................................



72

Mundarija



6

Tabiatda yolg‘iz qolishga to‘g‘ri kelganda 

mo‘ljal olish

Inson tabiatda adashib qolsa yoki biror sabab tufayli nota-

nish joyda yolg‘iz qolishiga to‘g‘ri kelib qolsa, aholi yashaydigan 

joyga tomon yo‘lni topib olishi uchun avvalo dunyo tomonlarini 

aniqlashi zarur. Buni joyda mo‘ljal olish deyiladi.

Mo‘ljal olish xarita bilan yoki xaritasiz, kompas yordamida, 

Quyosh, Oy, Qutb yulduziga qarab amalga oshirilishi mumkin.

Xarita yoki kompas yordamida dunyo tomonlarini aniqlash 

oson. Ammo qo‘l ostida bunday vositalar bo‘lmasa-chi? U hol-

da bu ishni Quyosh, Oy, yulduzlar va mahalliy belgilarga qarab 

aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz.

Quyosh yordamida dunyo tomonlarini aniqlash uchun qo‘l 

soatidan foydalaniladi. Buning uchun soat milini Quyoshga qa-

ratib, soatni gorizontal holda ushlaymiz. Soat milidan xayolan 

Quyosh tomonga to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz. Ushbu chiziq bilan 

1 raqami hosil qilgan burchak bissektrisasi janubni ko‘rsatadi. 

Bunda kunduzi soat 12 gacha janub tomon Quyoshdan o‘ngda, 

12 dan so‘ng esa chapda bo‘lishini unutmaslik darkor.

Tungi vaqtda shimoliy yarim sharda Qutb yulduziga qarab 

mo‘ljal olish mumkin. Uni topishda cho‘mich shaklidagi Katta 

Ayiq yulduzi yordam beradi. Cho‘michning ikki chekka yulduzi 

orqali xayolan to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz va ikki yulduz orasidagi 

masofani besh marta ko‘paytiramiz. To‘g‘ri chiziq oxirida yorqin 

yulduzni ko‘ramiz. Mana shu yulduz – Qutb yulduzi bo‘ladi. Qutb 

yulduzi doimo shimolda bo‘ladi.

Havo bulut bo‘lib, Qutb yulduzi ko‘rinmayotgan bo‘lsa-yu, Oyni 

ko‘rish imkoni bo‘lsa, undan ham mo‘ljal olishda foydalanishimiz 

mumkin.


7

Oy fazasi

Ko‘rinishi

Vaqt

19.00

1.00

7.00

Oy turgan yo‘nalish

I chorak


Janub


G‘arb

Ko‘rinmaydi

To‘lin oy

Sharq



Janub

G‘arb


Oxirgi chorak

 

Ko‘rinmaydi Sharq



Janub

O‘simliklar dunyosining ayrim xususiyatlariga qarab ham dun-

yo tomonlarini aniqlash mumkin. Faqat shuni yodda saqlash 

lozimki, bu aniqlash har doim ham ishonarli bo‘lavermaydi.

Daraxtlar, toshlarda o‘suvchi mox va lishayniklar soyani yax-

shi ko‘rganliklari sababli asosan shimol tomonda o‘sadi. Daraxt-

larning po‘stlog‘i shimol tomonda qalinroq va to‘qroq rangda 

bo‘ladi. Yomg‘irdan so‘ng qayin daraxti tanasining shimol tomoni 

qorayadi.

Yozda katta toshlar, qurilish binolari, to‘nkalar atrofidagi 

tuproq shimol tomonda nam bo‘ladi. Tepaliklar, tog‘larning janu-

biy yonbag‘irlari shimol tomonga qaraganda quruqroq, yuvilish 

jarayoniga kuchliroq uchragan bo‘ladi. 

Qutb yulduziga qarab 

mo‘ljal olish


8

Qoya toshlar, harsanglar atrofidagi qor janub tomonda tezroq 

erib ketadi. Jar va chuqurliklarning shimol tomonidagi qor tez 

eriydi.


Mo‘ljalni yo‘qotib qo‘ymaslik maqsadida o‘rmonga kirishdan 

avval quyosh qay tomonda turganligiga e’tibor berish va esda 

saqlab qolish lozim. Quyosh o‘rmonga kirish vaqtida o‘ng to-

monda bo‘lsa, demak, chiqishda chap tomonda bo‘lishi lozim.

Dasht va cho‘l hududlarida esa mo‘ljalni yulduzlar, Oy va Qu-

yoshga qarab aniqlanadi.

Tabiat qo‘ynida adashib qolsangiz, to‘xtang-da, atrofga nazar 

tashlang, ovozlarga quloq tuting. Poyezd shovqini - 10 km, paro-

voz gudogi – 10 km, avtomobil sirenasi – 2-3 km, it xurishi va ot 

kishnashi – 2-3 km, odamlarning baqirgan ovozi – 1-1,5 km, yuk 

mashinasi ovozi – 0,5-1,5 km masofadan eshitiladi.

Qancha vaqt yurganingizni, taxminan bo‘lsa-da aniqlashga 

harakat qiling, yurgan yo‘lingizni eslang. So‘qmoq yo‘l, jilg‘a, 

daryolarni qidirib ko‘ring.Suv yo‘liga chiqib olsangiz, oqim bo‘ylab 

yuring.

Guruhdan orqada qolib ketsangiz, yo‘ldan chetlashmang. Yo‘l 



ayrilishida to‘xtab, odamlarni kuting. Ob-havo buzilgudek bo‘lsa, 

gulxan yoqib, vaqtinchalik boshpana quring.



Savol va topshiriqlar:

1. 

Adashib qolganda mo‘ljal olishning qanday turlarini bilib 

oldingiz?

2. 

Uyingizdan mo‘ljal olganda maktabingiz qaysi tomonda 

joylashganligini soat va quyosh yordamida aniqlashga 

harakat qiling.



3. 

O‘simliklarga qarab shimol tomonni aniqlasa bo‘ladimi?



4. 

Mahalliy belgilarga qarab dunyo tomonlarini aniqlashni 

mashq qiling.


9

Zilzila


Zilzila – yer ichki harakatlari natijasida uning yuzasida yuza-

ga keladigan tebranma harakat.

Zilzila yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati 

ko‘rsatkichi bo‘yicha tabiiy ofatlar ichida birinchi o‘rinni egallaydi. 



Zilzila oqibatlari. 

Zilzila xavfli oqibatlarga olib keladi. Zilzila ro‘y berganda bino-

lar, inshootlar buzilishi va vayron bo‘lishi, to‘g‘onlar va suv yo‘llari 

buzilishidan suv bosishi, neft omborlariga shikast yetishi va gaz 

quvurlarining yorilishidan yong‘inlar chiqishi, binolar ichidagi va 

tashqarisidagi buyumlar tushib ketishi, transport vositalari va 

kommunikatsiya tizimlari, energiya va suv ta’minoti tarmoqlari, 

maishiy chiqindi tarmog‘i shikastlanishi.

Zilzila yuz bergan damda siz bilan nimalar bo‘lishi mumkinligi 

sizning zilzila o‘chog‘idan qanchalar uzoqda turganligingizga, 

tebranishlar muddatiga, bino konstruksiya elementlarining mus-

tahkamligiga, poydevor va shu bino turgan zaminning xususiyat-

lariga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Tabiiyki, loy-tuproqli yoki g‘isht uylar ko‘proq shikast topadi. 

Bunday turar joy binolari ko‘plab quriladigan joylarda, ayniqsa 

zilzila tunda yuz beradigan bo‘lsa, talafot katta bo‘ladi. Qalin de-

vorlaru og‘ir loy yoki cherepitsali tom qulab tushishi mumkin.

Tabiiyki, zilzila shaharlarga katta talafot keltiradi. Sababi o‘zin-

gizga ayon. Turar joy binolarining vayron bo‘lishi oqibatida suv, 

gaz, elektr ta’minoti tizimi ishdan chiqishi mumkin. Bular o‘z 

navbatida yong‘in kelib chiqishiga, suv bosishiga, portlashlarga 

olib kelishi mumkin. 

Xonalardagi mahkamlanmagan og‘ir buyumlarning odamlar 

ustiga qulab tushishidan ular jarohatlanishi mumkin.



10

Bino vayron bo‘layotgan vaqtda qulayotgan devorlargina 

emas, balki otilib tushayotgan g‘ishtlar, singan oyna parchalari, 

simyog‘ochlar, baland daraxtlar, binolar peshtoqi, yoritgichlar 

ham katta xavf tug‘diradi.

Tog‘li hududlarda yuz bergan zilzila ko‘chki va o‘pirilishlarga, 

qor ko‘chkilariga olib keladi. Zilzila oqibatida sel oqimlari va suv 

toshqinlari yuzaga keladi. 

Zilzila kuchi ortgani sari uning talafotlari ham kuchayib bora-

di. Kuchli zilzilaning yer yoriqlarini keltirib chiqargani, temir yo‘l 

izlarini bukib yuborgani ma’lum. 

Zilziladan ko‘riladigan talafotni kamaytirish tadbirlari. 

Inson tabiiy ofatlar bilan kurashar ekan, ulardan ko‘plarining 

oldini olish choralarini ham o‘ylab topgan. Ammo zilzilaning oldi-

ni olishni iloji yo‘q. Lekin uning talafotlarini kamaytirish, odamlar 

hayoti, qurilish inshootlari, boyliklarni saqlab qolish mumkin.

Talafotni kamaytirish yo‘llaridan biri seysmik rayonlashtirish 

xaritalarini tuzish hisoblanadi. 

Mo‘rt bo‘lgan qurilish materiallaridan tiklangan bino zilzila 

vaqtida tez va ko‘proq vayron bo‘ladi. Binoning zilzilaga bar-

doshliligini oshiradigan eng qulay va samarali choralardan biri 

– sinch. Sinchli uylarni qurish uslubi xalqimizga ko‘p asrlardan 

beri ma’lum. Binokorlar g‘isht, guvala singari mahalliy qurilish 

materiallaridan bir yoki ikki qavatli binolar qurishda yog‘och 

sinch dan  foydalanganlar. 



11

Hozirgi kunda sinch ko‘p qavatli binolar qurilishida ham keng 

qo‘llanilmoqda. Biroq, bunday binolarda yog‘och emas, balki 

temir-beton sinchlardan foydalaniladi.



Aholining zilzila vaqtida o‘zini tutishi va harakati. Zilzila ro‘y 

berganida biz turgan zamin go‘yo “beshik” kabi tebrangandek 

bo‘ladi. Tebranish bir necha soniya, kuchli zilzila bo‘lsa bir necha 

daqiqa davom etishi mumkin. Tebranishdan siz qo‘rqib ketasiz, 



Zilzila talafotini oldini olish yo‘llari

12

Zilzila vaqtida xavfsiz joylarga turib oling

ammo kutib turishdan boshqa chorangiz yo‘q. Siz osoyishta va 

aql-zakovat bilan ish ko‘rsangiz, xavfsizlik darajangizni ancha 

yuqori ko‘targan bo‘lasiz. Ayniqsa, bu osoyishtalik orqali atro-

fingizdagilarga namuna ko‘rsatasiz va ular ham siz kabi sarosi-

maga berilmaydilar.



13

Avvalo, tinchlaning, hech qanday qaltis harakat qilmang, 

baqirmang. Bino ichida birinchi qavatda bo‘lsangiz, 10-15 soniya 

vaqt u yerni tark etish uchun yetarli bo‘ladi. Boshqa qavatlarda 

bo‘lsangiz, xavfsiz joylardan: eshik oraliqlari, devor burchaklari

seysmik belbog‘ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni 

ham shunday qilishga chaqiring. Deraza va chayqaluvchi og‘ir 

buyumlardan uzoqroqda turing.

Hech vaqt yuqori qavatdagi binodan chiqib ketishni o‘yla-

mang. Aksincha tebranish o‘tib ketguncha bino ichidan panoh 

qidiring. Kerak bo‘lganda, tebranish tugagandan so‘ng binoni 

tark eting. Ko‘p qavatli uyda yashasangiz, liftdan foydalanmang. 

Zinapoyadan foydalanishda qo‘pol harakat qilmang.

Seysmik bardoshi kam bo‘lgan, g‘ishtli va xavfli binolarda 

bo‘lsangiz, albatta tashqariga zudlik bilan chiqing. Bunda  elektr 

tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo‘ling. Ochiq joyda 

bo‘lsangiz, qulab tushishi mumkin bo‘lgan binolarga, elektr tar-

moqlariga yaqin turmang. Transportda bo‘lsangiz, ochiq joyda 

to‘xtab, tebranish o‘tib ketguncha kuting. Metroda ketayotgan 

bo‘lsangiz, sarosimaga tushmang, yer ostida bo‘lgan chog‘in-

gizda yer ustiga nisbatan xavfsizroq bo‘lasiz. Chiroq o‘chib qo-

lishiga tayyor turing. Tunnel orqali evakuatsiya qilinadigan bo‘lsa, 

haydovchining ko‘rsatmalariga amal qiling.

Tebranish qaytarilgudek bo‘lsa, hayron bo‘lmang. Odatda bi-

rinchi zarbadan so‘ng qayta zarbalar bo‘lishi muqarrar. Ular after-

shok deb ataladi. Ular hatto bir necha kunlargacha davom etadi. 

Ayrim hollarda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta 

zarar yetkazadi.

Agar siz binoning qulab tushgan joyida qolib ketsangiz, 

kuchingizni vahimaga behuda sarf qilmang. Suvsiz va ovqatsiz 

siz ancha uzoq muddat chiday olishingiz mumkin. Biroq, eng 

muhimi ruhingizni tushirmang.

O‘zingizning qayerda ekanligingizni aniqlashga harakat qi-

ling. Yaqin atrofingizda chiqish yo‘li yoki boshqa odamlar bormi-

yo‘qmi, quloq tuting va ovoz berib ko‘ring. Agar iloji bo‘lsa isitish 


14

tizimi quvurlarini taqillatib o‘zingizdan xabar bering. Har qanday 

holda ham ishoning - sizni albatta qutqarib olishadi.

Bu zilzila vaqtida harakat qilishning asosiy qoidalari edi. Endi 

zilzila bo‘lib o‘tgandan so‘ng nimalarga e’tibor berish lozimligi 

to‘g‘risida eslatma.

Tebranish tugagandan so‘ng bino va inshootlarda buzilish, 

shikastlanish yuzaga kelishi oqibatida insonlar ham jiddiy zarar 

ko‘radi. Eng muhimi, osoyishtalikni saqlagan holda avvalo shi-

kastlanganlarga yordam berish lozim. So‘ngra yong‘in va boshqa 

noxushlik paydo bo‘lgan bo‘lsa, tegishli joylarga xabar berish 

kerak.


Savol va topshiriqlar: 

1. 

Sinf xonasidagi zilzila vaqtida xavf tug‘dirishi mumkin 

bo‘lgan va xavfsiz joylarni aytib bering.

2. 

Ko‘p qavatli binoda yashaysiz. Nima deb o‘ylaysiz, zilzila 

vaqtida liftdan foydalanish mumkinmi?

3. 

Xonangizdagi buyumlar zilzila vaqtida ustingizga tushib 

ketib jarohat yetkazmasligi uchun nima qilish lozim?

4. 

«Zilzila» mavzusida referat tayyorlang.



15

Ko‘chki


Tinch turgan zamin birdan harakatga kelarkan, ba’zida soatiga 

yuzlab kilometr tezlik bilan katta hajmdagi tosh, tuproq mas-

sasini olg‘a siljitadi, yo‘lidagi barcha narsani supurib tashlaydi. 

U butun boshli qishloqlarni, yutib yuborishi, ekin maydonlarini 

bosib-yanchib tashlashi, daryolarni to‘sib qo‘yishi mumkin. Uning 

massasi ayrim hollarda yuzlab million kub metrni tashkil etadi. 

Tabiatning bu ofati ko‘chki deb ataladi.

Respublikamizning tog‘li, tog‘ oldi, daryo bo‘ylari hududlarida 

yashaydigan aholi va ishlab chiqarish obyektlariga katta xavf 

tug‘diradigan tabiiy ofatlardan biri yer ko‘chishidir. 

Ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarga Toshkent, Andijon, 

Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo shuningdek 

Jizzax va Namangan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har 

yili respublikamizda 150-250 gacha ko‘chki hodisasi ro‘y beradi.



Ko‘chki – og‘irlik ta’sirida tog‘ jinslarining tog‘ yonbag‘ri 

bo‘ylab siljishi. 

Ko‘chkilar tog‘ yonbag‘rini suv yuvishi natijasida nishablikning 

ortishi, shamollar ta’sirida yoki yog‘inlar va yer osti suvlaridan 

namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, 

seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini 

hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo‘jalik faoliyati 

ta’siridan yuzaga kelishi mumkin. Ko‘chkilarning 90 foizi tog‘lar-

da 1000-1700 m balandlikda ro‘y beradi. Tabiiy ofatning bu turi 

ko‘proq bahor va yozda, yonbag‘ir nishabligi kamida 200 bo‘lgan 

hududlarda vujudga keladi.

Eshik va derazalarning yopilmay yoki qisilib qolishi; tuproqda 

yangi yoriqlar va darzlarning paydo bo‘lishi; ichki va tashqi devor-

lardagi, suv quvurlari atrofida, asfalt yuzasidagi kutilmagan darz-

lar; yonbag‘irlar poyida yer bo‘rtib chiqishi, yer osti suvlarining 


16

yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, devorlar va daraxtlarning 

siljiy boshlashi; gumburlash eshitilishi va zo‘raya borishi; yangi 

xavf manbalarining paydo bo‘lishi va oldingi xavf manbalarining 

yo‘qolishi ko‘chki jarayoni boshlanayotganidan darak beruvchi 

belgilar hisoblanadi. 

Surilayotgan yer massasi ko‘chki tanasi, u surilayotgan yuza 

surilish yuzasi deb ataladi. Surilish yuzasi egilgan shaklga ega 

bo‘ladi.

Ko‘chki va o‘pirilish jarayonlarining qanday shakllanishini tu-

shunib olish uchun bir necha tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. 

Ko‘chki oqibatlari. Ko‘chkilarning halokatli xususiyati qis-

qa vaqt mobaynida ommaviy tus olishi, ko‘chki ro‘y bergan 

maydondagi aholi manzilgohlarining vayron bo‘lishi, unumdor 

yerlarning yo‘q qilinishi bilan namoyon bo‘ladi. Ularning faol-

lashuvi ko‘pincha hududlarda yo‘llarning buzilishiga, uzoq mud-

dat transport qatnovi to‘xtab qolishiga olib keladi. Bu hududlarda 

yangi yo‘llarning qurilishi va ularda harakatning oshishi bilan 

xavf darajasi yanada oshib ketadi. Tahdid tepalik va tog‘ yon-

bag‘irlarida yangi shaharlar bunyod etilishi bilan ham ko‘tarilib 

ketishi tabiiy.



Ko‘chki tanasi 

Nam tuproq

Daryo

Ko‘chki harakati 

17

Ko‘chkilar ko‘lami juda katta va yakuni fojiali bo‘lishi mumkin. 

Ular oqibatida avtomobil va temir yo‘llar to‘sib qo‘yilishi, o‘rmon-

zorlar yo‘q qilib tashlanishi, halokatli suv bosishlari kelib chiqishi 

va odamlar qurbon bo‘lishi mumkin.

Ko‘chki va o‘pirilishlardan ko‘riladigan talafotlarni kamayti-

rish chora-tadbirlari. 

Ko‘chki rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida zarur cho-

ra-tadbirlarning ko‘rilishi tufayli ko‘pchilik ko‘chkilarning oldini 

olib qolish mumkin. Ko‘chki jarayonlarini kuzatish va o‘z vaqtida 

bashorat qilish muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda ko‘chki jarayonlarini kuzatish va bashorat-

lash tizimi yaratilgan. Ko‘chki yuz berishi xavfi mavjud hudud-

larda xavfli jarayonlarni kuzatish xizmatlari xodimlari tomonidan 

doimiy kuzatuv ishlari olib boriladi. Kuzatuv natijalari asosida 

ko‘chki rivojlanishi mumkin bo‘lgan hududlar va unga qarshi ku-

rash tadbirlari aniqlanadi.

Ko‘chki harakatga kelgan bo‘lsa yonbag‘irdan suvni chiqarib 

tashlash uchun drenaj tizimi quriladi. Ayrim vaqtlarda ko‘chki ta-

nasini katta beton qoziqlar bilan yonbag‘irga “mixlab” qo‘yishadi.

Harakatga kelgan ko‘chkini to‘xtatish maqsadida xavfli yon-

bag‘irning nishabligi kamaytiriladi. Buning uchun uning yuqori 

qismi kesib tashlanadi. 

Ko‘chki talofatini kamaytirish uchun xavfli hududlarni xarita-

lash, yerdan foydalanishni tartibga solish, aholi manzilgohlarini 

xavfsiz joyga ko‘chirish lozim.

Tog‘ yonbag‘irlaridan suv oqishi tartibga solinadi. Yonbag‘irlar-

ni mustahkamlash uchun daraxtlar o‘tkaziladi. 



Ko‘chkida aholining harakati. 

Xavf ehtimoli mavjud hududlarda yashovchi aholi ko‘chki bel-

gilarini, xabar berish signallarini va xavfsiz joyga chiqish yo‘na-

lishlarini bilishi zarur. Hujjatlar va oziq-ovqat zaxiralari doimo 

tayyor turishi lozim. 

Ko‘chki harakatga kelishi bilanoq aholini ogohlantirish zarur. 



Daryo

18

Odamlar bunday vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilishlari 

shart. Ikkinchi masala aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya 

qilish (ko‘chirish)dan iborat. 

Vaqt yetarli bo‘lsa, aholini, chorva mollari va mol-mulkni 

 uyushgan holda xavfsiz joyga ko‘chirish amalga oshiriladi. 

Turar joyni tashlab ketishdan avval hovlidagi buyumlarni ich-

kariga olib kirish va namdan saqlash choralarini ko‘rish kerak. 

Eshik, derazalarni yopish, elektr, gaz, suv tarmoqlarini o‘chirish 

lozim. 


Uyushgan holda ko‘chish uchun vaqt yetarli bo‘lmagan hol-

larda yoki ko‘chki yaqinlashib kelayotganligi to‘satdan sezib 

qolingan vaqtda mol-mulkni o‘ylab o‘tirmasdan, darhol xavfsiz 

joylarga yo‘l olish kerak.

Bunda ko‘chki yo‘nalishiga qarama-qarshi va yon tomonga 

qarab harakat qilish kerak. Ko‘chki belgilari to‘g‘risida xabardor 

bo‘lib qolsangiz, darhol hukumat organlariga xabar bering. Xavf 

kuchli bo‘lgan joylarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lib harakat qilish va 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling