Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi


  A n tro p o g en  fa lo k a tla r g a  m iso lla r k e ltirin g ?


Download 3.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana27.09.2017
Hajmi3.49 Kb.
#16611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

7. 
A n tro p o g en  fa lo k a tla r g a  m iso lla r k e ltirin g ?
8. 
E k o lo g ik  fa lo k a tla r  nim a?
9. 
F avq u lo d d a   v a ziy a tla r ning rivojlanish   b o sqich lari?
10.  E p iz o o tiy a la r  nim a?
11.  О  ‘zb e k isto n  R espu blikasi hududida bo ‘lishi m um kin b o  ‘Igan F V  larni 
к о  lr s a t ing?
12.  Z ilz ila  e p itse n tri ha q id a g i т а ’lu m o tla r n im alardan  ib o ra t?
13.  G ip o tse n tr nim a?
14.  Z ilz ila  kuchining о
 
‘Ichov b irlik la ri?
T ayan ch ib o ra la r
F avqulodda vaziyat, aholi, tabiiy ofatlar, epizootiya, epifiotiya, hudud, 
retrospektiv tahlil, texnogen falokatlar, antropogen falokatlar, izoform izm , 
FV  ning  rivojlanish  bosqichlari,  zilzilalar,  gidrom eteorologik  hodisalar, 
avariya va falokatlar, portlash, y o n g ‘in, o ‘ta zaharli m oddalar, radioaktiv 
m oddalar,  gipotsentr,  epitsentr,  M SK -64  shkalasi,  ball,  R ixter  shkalasi, 
m agnituda.
F u q a ro   h im o y a sin in g   za m o n a v iy   k o n se p s iy a si.  Y eta rli  zaru rat. 
Fuqaro  him oyasining  maqsadi.  V azifalari.  F avqulodda  vaziyat.  A h oli. 
Sabab. Tabiiy ofat. Texnogen falokatlar. A ntropogen falokatlar.  E kologik 
fa lo k a tla r .  FV   n in g   ta r q a lish   te z lig i.  F V   n in g   ta r q a lish   h u d u d i. 
Shikastlanish  o ‘c h o g ‘i.  FV   ning  rivojlanish  bosqichlari.  Z ilzilalar.  Sei. 
Suv  toshqinlari.  Epidem iologik  sharoit.  R adioaktiv  m anbalar.  Epitsentr. 
G ip o t s e n t r .  M S K -6 4   s h k a la s i.  R ix te r   s h k a la s i.  B all  m a g n itu d a . 
Epifiotiyalar.

1996-yilda O 4zbekistonda sodir bo‘lgan  FVlar haqida m a’lumot
Viloyatlar
0 ‘piri-
lish
Zilzila
Sei  va 
toshqinlar
Kimyo  korxo- 
nalaridagi 
avariya
Yong‘in
Temir  yo‘ldagi 
0 ‘ZM  bilan  bo‘I- 
gan  avariyalar
Epide-
miyalar
Radioaktiv 
obyektlar 
dagi  avariyalar
Toshkent
-
• 
1
3
-
5152/71
1
-
2
Jizzax
-
-
-
-
558/5
2
-
-
Buxoro
-
-
-
-
1046/22
-
2
-
Navoiy
-
-
-
2/3
626/22
-
-
-
F arg ‘ona
-
-
1
-
1801/18
-
-
-
N am angan
-
-
1
-
1200/15
-
1
-
Andijon
-
-
1
-
1094/10
-
-
-
Sirdaryo
-
-
1
-
581/6
-
-
-
Surxondaryo
-
-
-
-
992/15
-
-
-
Q oraqalpog‘iston
-
-
-
-
1812/11
-
-
-
Qashhadaryo
-
-
-
-
1120/26
-
9/11
-
Xorazm
-
-
-
-
1047/14
-
-
-
Sam arqand
-
-
-
-
1589/36
-
-
-
Jam i
-
1
7
3/3-
18429/262
3
11/11
2
1995  jam i
4
3
-12/14
1/2
20486/271
1
2/16
2

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI  FUQARO 
MUHOFAZASINING  (FM)  HUQUQIY  VA 
TASHKILIY  ASOSLARI
2.1.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  FMning  huquqiy  va 
tashkiliy  asoslari
0 ‘zbekiston  Respublikasi  FM  ning  huquqiy  asoslarini 
FM  haqidagi  Qonun  asoslab  beradi.  Bu  qonun  FM  ning 
tashkiliy  tamoyillarini,  uning  vazifalari,  davlat  tashkilotlari, 
mahalliy  hokimiyat,  vazirliklar,  tarmoqlar,  korxona  va 
tashkilotlarning,  hamda  barcha  fuqarolarning  bu  boradagi 
huquqlarini  asoslab  beradi.  Bu  qonun  1998-yilda  qabul 
qilingan.  Qonunning  asosiy  vazifalari  quyidagilar:
•  FV  larni  ogohlantirish;
•  FV  dan  ko‘rilgan  talofot  va  zararlarni  kamaytirish;
•  FV  lar  oqibatlarini  tugatish.
Qonunning ikkinchi bobi 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat 
tashkilotlari  va  mahalliy  ijroiya  organlarining  huquqlarini 
belgilaydi.  M asalan:  K onstitutsiyaning  93-moddasiga 
binoan  Prezident  FV  lar  vujudga  kelganda  Respublika 
hududida yoki uning ayrim hududlarida noharbiy bo‘lmagan 
kuchlami yoki boshqa harbiy qismlami ishga solgan hollarda 
Favqulodda  holat  e’lon  qilish  huquqiga  ega.  Oliy  majlis, 
hukum at,  vazirliklarning  ham  huquqlari  shu  moddada 
belgilangan.
Q onunda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining 
ijtimoiy  himoyasi,  FMning  boshqaruv  organlari  va  davlat 
nazorati,  aholini  o ‘qitish,  FM  b o ‘yicha  tadbirlarning 
moliyaviy  va  moddiy  ta ’minoti,  qonunchilik  buzilganda 
javobgarlik,  qonunni  nazorat  qilib  turish,  hamda  FM

borasida  xalqaro  hamkorlik  masalalari  belgilangan.  FM 
qonuni  asosida  0 ‘zbekiston  Respublikasining  FVlarni 
ogohlantirish  va  amaliy  ishlar  bo'yicha  davlat  tizimini 
FVlardagi  amaliy  ishlari  tartibi,  turkumi,  tashkil  qilinishi 
b o ‘yicha  asosiy  vazifalar  belgilangan.  Favqulodda 
vaziyatlar  b o ‘yicha  davlat  tizimi  (FVDS)  ning  asosiy 
vazifasi  quyidagilardan  iborat:
• 
Tinchlik va urush paytida FVlarda aholini va hududni 
himoyalashning  huquqiy  va  iqtisodiy  me’yorlarini  ishlab 
chiqish  va  amalga  oshirish;
• 
Respublika  hududida  b o ‘lishi  mumkin  b o ‘lgan 
texnogen  va  tabiiy  FVlarni  prognozlash  va  oqibatlarini 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan  baholash;
Iqtisod  tarm oqlari,  korxona,  m uassasa  va 
tashkilotlarni  mulkiy  shakllaridan  q at’iy  nazar  faoliyat 
ustivorligini  oshirish;
• 
FVlarni  ogohlantirish,  boshqaruv  tizimini,  kuch  va 
vositalarini  doimo  tayyor  holda  bo‘lishlarini  ta ’minlash, 
hamda  uning  oqibatlarini  yo‘qotish;
• 
FV  holatida  aholini va hududni himoyalash  bo‘yicha 
axborotlarni o ‘z vaqtida  yig‘ish,  ishlab chiqish  va  tarqatish;
• 
Aholini,  rahbar  xodimlarni,  boshqaruv  organlarini, 
FVDS  kuch  va  vositalarini  oldindan  tayyor  holga  keltirib 
qo‘yish;
• 
FVlar  oqibatini  tugatish  uchun  moliyaviy  va moddiy 
zaxira  tashkil  qilish;
• 
FVdan  zarar  ko‘rgan  aholini  ijtimoiy  himoyalash  va 
xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshirish.
2.2.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqaro 
muhofazasining  kuch  va  vositalari
0 ‘zbekiston  Respublikasi  FM  ijtimoiy  kuchlari  yetarli 
zaruriyat  tamoyillari  asosida  tashkil  topgan.

Respublika  FVDS  hududiy  va  mahkamalar  bo'yicha 
boshqarish  tamoyillariga  asoslangan.
Hududiy  tamoyillari  Qoraqalpog'iston  Avtonom  Res­
publikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  tuziladi.
Mahkama  tamoyillari  bo'yicha  esa  vazirliklar,  Davlat 
qo'm italari,  korporatsiya,  konsern,  assotsiatsiyalarda 
tuziladi.  Ular  atrof-muhit  holatini,  obyektlardagi  yashirin 
xavflarni,  hamda  tasarruflaridagi  inshootlarda  FVlarni 
ogohlantirish va oqibatlarini tugatish ishlarini olib boradilar.
FVDSning  har  bir  tashkiloti  quyidagilarga  ega  bo'lishi 
kerak:
•  Boshqaruv  organlariga;
•  Kundalik  boshqaruv  organlariga;
•  FVlar  oqibatini  tugatish  kuch  va  vositalariga;
•  Moliyaviy  va  moddiy  boyliklar  zaxirasiga;
•  Xabar  berish  va  aloqa  tizimiga,  avtomatik  boshqaruv 
tizimi  va  axborot  ta’minotiga.
FVlaming oqibatlarini tugatish bo'yicha FVDSning kuch 
va  vositalari  quyidagilardan  tashkil  topadi:
•  Fuqaro  muhofazasi  askarlari;
•  Favqulodda  vaziyat  vazirligining bevosita  tasarrufidagi 
maxsus  qismlar;
•  Vazirliklar  va  tarm oqlarning  noharbiy  va  maxsus 
avariya-  qutqaruv  va  avariya-tiklov  bo'linmalari;
•  Mahalliy  hokimiyat  qismlari  (Vazirlar mahkamasining, 
viloyat, shahar, hokimiyat va FVV ligini qutqaruv qismlari);
•  Inshootlarning  maxsus  qismlari;
•  Hududiy  va  inshoot  umumiy  va  maxsus  noharbiy 
qismlari;
•  Jamoat  birlashmalarining  qismlari  (Qizil  Yarim  Oy 
jamiyati  ko'ngillilari  va  sh.o'.).
Fuqaro  muhofazasi  askarlari  FVVga  bo'ysunadi  va 
urush  vaqtida  muhim  mudofaa  va  sanoat  inshootlarida  ish 
olib  boradilar.

Tinchlik  vaqtida  yirik  avariya,  falokat  va  tabiiy  ofatlar 
oqibatini  tugatishda  maxsus  asbob  uskunalar va  mutaxasis- 
lar zarur  bo'lgan  hollarda  kechiktirib bo'lmaydigan  avariya 
qutqaruv  ishlarini  bajarishda  qo'llanadi.
Yirik  hajmli  tabiiy  va  texnogen  FVlarda,  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  qaroriga  binoan,  M udofaa 
vazirligining  muhandislik,  kimyoviy,  sapyor  va  boshqa 
qismlari,  hamda  harbiy  transport  aviatsiyasi  va  tibbiy 
xizmat  muassasalari jalb  qilinadi.
F W g a  bo'ysunuvchi  Respublika maxsus qismlari doimo 
tayyor  turuvchi  avariya-qutqaruv  va  avariya-tiklov  ix- 
tisoslashgan  qismlaridan  tashkil  topgan.
Ular  dunyo  standartlari  talablariga javob  bera  oluvchi 
maxsus  qidiruv  asboblari,  qutqaruv  uskunalari,  yuqori 
m alakali  m utaxasislar  bilan  t a ’m inlanganlar.  Bundan 
tashqari,  zamonaviy  muhandislik  va  transport  vositalari, 
energiya  t a ’m inotining  avtonom   m anbai,  72  soatga 
mo'ljallangan  suv,  oziq-ovqat  va  boshqa  zarur  ashyolar 
vaziyat  taqozasiga  ko'ra  ushbu  qismlar  ixtiyoriga  beriladi. 
U lar  tark ib ig a  tezkor  harbiylashgan  term a  o tryad 
(TXTO)  va  Respublika  tezkor  ixtisoslashgan  m arkaz 
(RTIM)  kiradi.
FM  tadbirlarini  ta’minlash  va  FM  kadrlarini  tayyorlash 
uchun  FVV  tasarrufiga  bevosita  quyidagilar  kiritilgan: 
aloqa  tarm o g 'i  —  68  kishi,  shahardan  tashqaridagi 
boshqaruv  punkti  —  140  kishi,  kimyoviy-radiometrik 
laboratoriya - 5 kishi. Fuqaro muhofazasi instituti - 75 kishi, 
markaziy  aeromobil  qism  —  21  kishi.
Bundan  tashqari,  FVVning  tasarrufidagi  Respublika 
tezkor  ixtisoslashgan  qismiga  mudofaa  Vazirligining  harbiy 
qismlari  (mexanizatsiyalashgan  bataloni),  Sog'liqni  saqlash 
vazirligining  Respublika  tezkor  tibbiy  m arkazi  va 
O'zavtotrans  davlat  korporatsiyasining  avtotransport  va 
avtosanitariya  qismlari  kiritilgan.

TXTO  va  RTIM  asosiy vazifalari  quyidagilardan  iborat:
•  FVlarni  cheklash  oqibati  va  oqibatlarini  tugatish 
bo'yicha  tezkor  va  samarali  tayyorgarlikni  ta’minlash;
•  Razvedka  ishlarini  olib  borish,  vaziyatni  baholash  va 
tezkor  operativ  axborot  uzatish;
• Jabrlanganlarni, moddiy va madaniy boyliklami qidirish 
va  qutqarish,  XXIlarida  tiklash  ishlarini  olib  borish  (shu 
jumladan,  O'zbekiston  Respulikasi  hududidan  tashqarida 
ham).
2.3.  Xulosalar:
I.  Fuqaro  muhofazasi  kuchlari
  —
 
0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  aholisi  va  hududini  tinchlik  va  urush  vaqtida  tabiiy, 
ek o lo g ik   va  texnogen  FVlardan  h im o ya lo vch i  da vlat, 
mahalliy,  inshoot  va  boshqa  tizim   va  qismlar  majmuasidir.
FM  kuchlari  quyidagilardan  tashkil  topadi:
1.  F W , MV va IIV larining harbiy qism va bo'linmalari;
2.  FVVning  bevosita  va  tezkor  maxsus  qismlari;
3.  Vazirlik  va  tarmoqlarning  qismlari;
4.  FM  hududiy  va  inshoot  noharbiy  qism lari,  shu 
jumladan,  urush  vaqtida  ham.
FVVning  bevosita  tasarrufidagi  kuchlar  (1785  kishi):
1.  Maxsus  aloqa  bataloni  (220  kishi);
2.  Aloqa  bo'limi  (66  kishi);
3.  Shahar  tashqarisidagi  boshqaruv  punkti  (140  kishi);
4.  Kimyoviy  radiometrik  laboratoriya  (5  kishi);
5.  Fuqaro  muhofazasi  instituti  (71  kishi);
6.  Omborlar;
7.  Markaziy  aeromobil  otryadi;
8.  Respublika  tezkor  ixtisoslashgan  markazi  (RTIM);
9.  Tezkor  harbiylashgan  terma  otryad  (TXTO).
FVV  talabnomasi  bo'yicha  ajratiladigan  kuchlar:
1. 
M udofaa  Vazirligining  m exanizatsiyalashgan 
bataloni;

2.  IlVning harbiylashgan yong‘in muhofazasi Respublika 
terma  otryadi;
3.  SSVning tezkor tibbiy yordam Respublika markazi (47 
kishi);
4.  0 ‘zavtotrans  birlashmasini  avtotransport  va  avto- 
sanitariya  otryadlari  (30  kishi);
II.  Fuqaro  muhofazasining  vositalari  -  bu  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  aholisi  va  hududini  tinchlik  va  urush  vaqtida 
him oyalash  uchun  zaru r  m o liya viy  va  m o d d iy-tex n ik  
boyliklar y ig ‘indisidir.
Moliyaviy  boyliklar  davlat,  F W ,  vazirliklar,  tarmoqlar, 
hokim liklar,  korxona  va  tashkilotlar,  ham da  jam o at 
tashkilotlari  mablag‘laridan  tashkil  topadi.
Texnik  va  mulk  turlari  bo‘yicha  FM  vositalari:
Kimyoviy,  aloqa,  muhandislik,  yong‘in  muhofazasi, 
tibbiy  va  ichkari  tomon  xizmatlaridan  iborat.
III.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  FM   tizim i  tabiiy  ofatlar, 
avariyalar,  falokatlar,  epidemiyalar,  epizootiya  va  boshqa 
Favqulodda  va ziyatlar  p a ytid a   tinchlik  va  urush  vaqtida 
aholini  va  hududni  himoyalashga  qaratilgan  umumdavlat 
tadbirlar  tizimidir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  FM  tizimi  barcha  davlat  va 
jamoat  tashkilotlari  tomonidan  ta’minlanadi  va  majburiy 
harakatga  ega.
IV.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti:
FM  bo‘yicha  davlat  siyosatining  asosiy  yo‘nalishini 
belgilaydi;
•  FV  vujudga  kelganda  Konstitutsiyaning  93  mod- 
dasiga  binoan,  Respublika  hududida  yoki  uning  ayrim 
joylarida  Favqulodda  holat  e’lon  qiladi;
•  FV  vujudga  kelganda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Harbiy  kuchlarini,  boshqa  harbiy  qism  va  bo‘linmalarini 
FV  oqibatlarini  bartaraf qilish  uchun jalb  qilishi  mumkin.

V.  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi:
•  FM  bo'yicha  qonunlar  qabul  qilishni  ta’minlaydi;
•  FM   m asalalari  bo'yicha  parlam ent  eshituvlari 
o'tkazadi;
•  FM  tadbirlarini  amalga  oshirish  uchun  m ablag' 
manbasini  va  hajmini  aniqlaydi;
•  Respublika  Prezidentining  Favqulodda  holat  kiritish, 
uni  cho'zish  va  tugatish  haqidagi  farmonlarini  tasdiqlaydi.
VI.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati:
•  K onstitutsiya  va  Prezidentning  FM  to 'g 'risid ag i 
qonun  va  me’yoriy  aktlari  asosida  qaror  va  buyruqlar 
chiqaradi  va  ularning  ijrosini  ta’minlaydi;
•  FVlarni  ogohlantirish  va  ishlarni  boshqarish  Davlat 
tizimi  ishini,  davlat  ijroiya  organlarining  vazifalari,  faoliyat 
tartibi,  huquq  va  majburiyatlarini  belgilaydi;
FV  oqibatlarini  tugatishga  mo'ljallangan  moliyaviy 
va  moddiy  boyliklar  zaxirasini  ta ’minlaydi  va  undan 
foydalanish  tartibini  belgilaydi;
•  Vazirlik,  boshqarma  va  mahaliy  ijroiya  organlari 
faoliyatini  nazorat  qiladi;
• 
FVlarning  tasnifi  va  oqibatlarini  b artaraf  qilish 
bo'yicha  davlat  ijroiya  organlari  huquqlarini  belgilaydi;
•  Prezidentni  FV  sodir  bo'lganligi  yoki  xavfi  borligi 
haqida  ogohlantiradi;
*FM  ta’minlash  bo'yicha  mablag'  va  vositalar  ajratadi, 
uni  maxsus  texnik  va  boshqa  moddiy  texnik  boyliklar  bilan 
ta ’minlaydi.
VII.  Favqulodda  vaziyatlar  bo'yicha  davlat  tizim i:
Davlat tizimi O'zbekiston Respublikasi aholi va hududini 
FVlarda  himoyalash,  uning  kuch  va  vositalarini  boshqarish 
organlarini  birlashtiradi,  iqtisodiy  zararlarni  kamaytirish, 
FV larni  ogohlantirish,  b a rta ra f  qilishga  qaratilgan 
tadbirlarni  amalga  oshiradi.

Jamoat  tashkilotlari  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari 
va  o‘z  nizomlari  asosida  aholi  va  hududni  himoyalash 
tadbirlarida  qatnashishlari  mumkin.  Ular  o ‘z  faoliyatlarini 
Favqulodda  vaziyatlar  bo'yicha  davlat  tizimi  tasarrufida 
olib  boradilar.
FV  oqibatlarini  tugatishda  qatnashayotgan  jam oat 
tashkiloti  a ’zolari  tegishli  tayyorgarlikka  ega  bo'lishlari 
kerak.
Davlat  FM  bo'yicha  barcha  boshqaruv  ishlarini  FVV 
orqali  olib  boradi.  FVV  vaziri  o 'z  mavqei  b o 'y ich a 
O'zbekiston  Respublikasi  FM  boshlig'i  sanaladi.
O'z  navbatida  FV  Vazirligi:
•  FM ishlarini bevosita boshqaradi va uni ogohlantirish, 
oqibatlarini  bartaraf qilishga javobgardir;
•  FM  b o 'yicha  barcha  vazirliklar,  boshqarm alar, 
viloyat,  shahar  va  tuman  hokimlari  faoliyatini  boshqaradi.
S A  V O L L A R
1. 
О  ‘zb ek isto n  respu b lik a sid a g i fu q a r o  h im oyasi h a qidagi qonun qachon 
qa b u l qilingan ?
2. 
F avqu lodda  v a z iy a tla r   b o  ‘y ic h a   d a v la t  tiz im i  о ‘z   ich iga  n im alarn i 
oladi?
3. 
Fuqaro himoyasining kuch  va vositalari haqida nimalarni bilasiz?
4. 
Fuqaro him oyasin in g m o liy a viy  va m o d d iy z a x ira s ig a  nim alar k iradi?
5. 
F V  larda  ah olin i  ijtim o iy   him oyalash   nim alarni  n a za rd a   tu ta d i9
6. 
F V  larda  x a lq a ro   h a m k o rlik   haqida g a p irib   bering?
7. 
T ezk o r  harb iyla sh g a n   h a rb iy   guruh  nim a?
8. 
F avqulodda v a z iy a tla r  vazirligin in g ta sarru fidagi qulfni a y tib  bering?
Tayanch  iboralar
Fuqaro him oyasining huquqiy asoslari, favqulodda vaziyatlar b o ‘yicha 
davlat sistem asi, FH  kuch va vositalari, tezkor harbiylashgan terma otryad, 
respublika  tezkor  ixtisoslashgan  markaz.
Fuqaro  himoyasi  haqidagi  qoida.  FVlar  buyicha  davlat  sistemasi  FV 
larni  ogohlantirish.  Boshqaruv  tizimi.  FH   ning  moddiy  zaxiralari.  Aholini 
ijtim oiy  him oyalash.  X alqaro  ham korlik.  T ezkor  harbiylashgan  terma 
q o ‘shin.  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi.

FAVQULODDA  VAZIYAT  SHAROITIDA  AHOLINI 
HIMOYALASH 
3.1. 
Xavfsizlikni  ta’minlash  tamoyillari
Aholini  favqulodda  vaziyat  sharoitida  himoyalash,  shu 
hodisaning  noxush  oqibatiga  yo‘l  qo‘ymaslik  yoki  uni 
maksimal  darajada  pasaytirish  bo'yicha  qo'llanniladigan 
choralar  majmuaviy  tadbirlardir.  Aholini  himoyalashning 
samaraldorligiga  mavjud  barcha  vosita  va  usullar  to ‘la 
ishlatilganda  va  xavfsizlikni  ta ’minlash  tam oyillari 
to‘laligicha  anglab  yetilgan  taqdirdagina  erishish  mumkin.
Xavfsizlikni  ta ’minlash  tamoyillari  qo‘llanishiga  ko‘ra 
uch  guruhga  bo‘linadi:
1.  Oldindan  tayyorgarlik  ko'rmoq  (shaxsiy va jamoaviy), 
himoya  vositalarini  to ‘plash,  ulami  tayyor  holda  saqlash 
hamda  aholini  xavfli  hududdan  evakuatsiya  qilish  bo'yicha 
tadbirlarni  tayyorlash  va  amalga  oshirish.
2.  Differensiyallashgan  yo'nalish  tadbirlari  hajmi  va 
xarakteri  xavfli  va  zaharli  omillar  m anbaining  turi  va 
mahalliy  sharoitlarga  bog'liq.
3.  Tadbirlar  majmuasi  FV  oqibatlaridan  himoyalanish 
usullari  va  vositalaridan  samarali  foydalanish,  zamonaviy 
texno-ijtimoiy muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash 
bo'yicha  tadbirlar  bilan  birga  olib  borishni  taqozo  etadi.
FV larda aholini himoya qilishning asosiy usullari, aholini 
evakuatsiya  qilish,  himoya  inshootlariga  joylashtirish, 
shaxsiy  himoya  ham da  tibbiy  profilaktik  vositalarini 
qo'llashdan  iboratdir.
Siyosiy-harbiy  nizolar  ayniqsa,  zam onaviy  qurol- 
yarog'lar bilan hal qilingan taqdirda qirg'indan saqlab qolish

uchun  eng  sam arali  usullardan  biri  aholini  himoya 
inshootlariga  joylashtirishdir.  Ayniqsa  radioaktiv  va 
kimyoviy  moddalardan  saqlanishda  bu  choraning  samarasi 
yuqoridir.
Himoya  inshootlari - bular fizik,  ximik  va biologik xavfli 
va  zararli  om illardan  himoyalash  m aqsadida  maxsus 
qurilgan  injenerlik  inshootlaridir.  Bu  inshootlar  himoyalash 
xossalari  b o 'yicha  pana  joy  va  radiatsiyaga  qarshi 
yashirinish  uchun  yopiq  pana  joylarga  bo'linadi.  Bular 
qurilish  me’yorlari  va  qoidalari  SNiP  2.01.51-90  bo'yicha 
loyihalanadi.
Shaxsiy  himoya  vositalari  -  odam  organizmining  ichki 
a’zolariga,  terisiga  va  kiyimiga  radioaktiv,  zaharlovchi  va 
bakterial  vositalarning  ta ’siridan  saqlaydi.
Shaxsiy  himoya  tibbiy  vositalari  FV  larda  jabrlangan 
aholiga  tibbiy  yordam  ko'rsatish  va  profilaktik  tadbirlar 
uchun  mo'ljallanadi.  Ular yordamida  odam  hayotini  saqlab 
qolish,  ko'riladigan  zararni  kamaytirish  yoki  oldini  olish, 
ayrim  xavfli  yoki  zararli  (nurlanishlar,  zaharli  moddalar, 
bakteriyalar)  om illarning  kishi  organizm iga  t a ’siriga 
chidamligini  oshiradi.  Ularga  radioprotektorlar  (masalan, 
sistamin-ionli  nurlar  ta’sirini  kamaytirish),  antidot  (zaharli 
moddalarning  ta’sirini  pasaytiradi),  bakteriyalarga  qarshi 
vositalar  (antibiotiklar,  anterferonlar,  vaksinalar, 
anataksinlar  va  sh.o'.),  hamda  qisman  sanitarik  ishlov 
beruvchi  vositalar  (yaralarni  bog'lovchi  shaxsiy  paketlar, 
kimyoviy jarohatlar  uchun  shaxsiy  paketlar)  kiradi.
FV  larda  aholini  hayotiy  faoliyat  xavfsizligini  ta ’- 
minlashda  qator tadbirlami  awaldan  ко'rib  qo'yish muhim 
rol  o'ynaydi,  xususan:  aholini  FV  larga o'qitish,  FV  haqida 
vaqtida  xabar  berish,  kimyoviy  va  bakterial  razvedka 
ishlarini  y o 'lga  qo'yish  va  amalga  oshirish,  ham da 
dozimetrik  va  laboratoriya  nazoratlarini  tashkil  qilish,

yong‘inga  qarshi,  epidemiyaga  qarshi  va  sanitariya- 
gigiyenik  tadbirlarni  o‘tkazish,  qutqaruv  va  boshqa  zudlik 
bilan bajariladigan  ishlar uchun  moddiy  boyliklar zaxirasini 
to‘plash  (va  sh.o\).
Favqulodda  vaziyatlarda  hayotiy  faoliyat  xavfsizligini 
ta ’minlash  —  odam  faoliyatining  barcha  jab h alarid a 
sog‘lig‘ini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy, injener- 
texnik  tadbirlar  va  vositalar  majmuasidir.
Hayotiy  faoliyat  xavfsizligini  ta ’minlashga  qaratilgan 
asosiy  yo‘nalishlar  quyidagilardan  iborat:
-  FV  larni  va  ularning  oqibatlarini  oldindan  aytish;
- FV paydo bo‘lishi ehtimolini yo‘qotish yoki kamaytirish 
tadbirlarini  rejalashtirish,  hamda  ular  oqibatlari  ko‘lamini 
kamaytirish;
-  FV  larda  xalq  xo‘jaligi  obyektlari  ishining  mun- 
tazamligini,  uzluksizligini  ta ’minlash;
-  FV  holatlariga  aholini  o‘qitish;
-  FV  oqibatlarini  tugatish.
Ushbu  yo‘nalishlarning  qisqacha  m azmunlari  quyi- 
dagichadir:
FV  ni  va  ularning  oqibatlarini  oldindan  aytish  va 
baholash.
Bu  -  tabiiy  ofatlar,  avariyalar  va  falokatlar  tufayli 
yuzaga  kelgan  vaziyatni  taxminiy  aniqlash  va  baholash 
usulidir.
Boshqa  tabiiy  fanlardan  farqli  ravishda  FM  da  prognoz 
qilish,  olingan  kattaliklar  sharoitni  o ‘zgartirish  uchun 
foydalanish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Buning murakkabligi 
shundaki,  n o to ‘liq  va  ishonchli  b o ‘lmagan  axborotlar 
asosida  FV  ning  oqibatlarini  yo‘qotish  bo‘yicha  ishlaming 
hajmi  va  xarakterini  taxminiy  belgilash  talab  qilinadi.
Hozirgi  vaqtda  seysmik  rayonlar,  tuproq  siljishi  mumkin 
bo‘lgan  sei  oqimlari  yo‘nalishlari,  to ‘g ‘onlar  buzilganda,

suv  toshqini  b o ‘lganda,  odam larga  va  hududga  zarar 
keltirishi mumkin  bo‘lgan  hududlar chegaralari  aniqlangan.
FM  bo‘yicha  prognoz  qilish  masalalariga  FV  laming 
sodir  bo'lish  vaqtini  taxminiy  aniqlash  ham  kiradi.  Bu 
prognoz bo'yicha aholining xavfsizligini ta’minlash bo'yicha 
operativ  choralar  ko'riladi.  Hozirgi  vaqtda  ko'pgina  olim 
va  m utaxasislarning  fikri  FV  lam ing  boshlanishi  va 
rivojlanishini  oldindan  aytib  berishga  qaratilgan.  Ayrim 
tabiiy  ofatlarni  oldindan  aytib  berish  bo'yicha  real 
imkoniyatlar  paydo  bo'ldi.  Bunda  quyosh  faoliyati  statistik 
m a’lum otlari,  Yerning  sun’iy  yo'ldoshlaridan  olingan 
ma’lumotlar,  meteorologik,  seysmologik,  vulqonshunoslik, 
boshqa  stansiyalardan  olingan  ma’lumotlarga  asoslaniladi. 
Yer qimirlashini seysmik rayonlarda suv tarkibini muntazam 
ravishda kimyoviy analiz qilish, tuproqning elektr va magnit 
tavsiyanomalarini  o'rganish,  quduqlardagi  suv  sathining 
o'zgarishini,  hayvonlarni,  sudralib  yuruvchilarni,  baliq  va 
qushlarni  kuzatish  orqali  sezish  mumkin.  O'rmon,  torf va 
boshqa  landshaftlardagi  yirik  yong'inlarni,  harorat  va 
geografik iqlim, statistik ma’lumotlar va boshqa sharoitlami 
hisobga  oluvchi  majmuaviy  ko'rsatkichlar  orqali  prognoz 
qilinadi.  Yong'inning  yashirin  manbalarini  (torf va  yer osti 
gazlari)  aniqlash  infraqizil  apparat  orqali  samolyotdan  va 
sun’iy  yo'ldoshlardan  turib  rasmga  olinadi.
FV ning paydo bo'lishini oldindan aytib berish matematik 
usullar  yordamida  ham  bajariladi.
Sharoitni  oldindan  aytib  berish  uchun,  haqiqiy  xavfli 
obyektlar  joylashgan  hududlar,  m oddalar  va  energiya 
zaxiralari,  aholining  soni  va  zichligi,  inshootlarning jihati, 
himoyalovchi  inshootlarning  turi  va  soni,  ularga  qancha 
odam  sig'ishi  va  boshqa  ma’lumotlar  asos  qilib  olinadi.
Sharoitni  oldindan  aytib  berishda  FV  ning  turiga  qarab 
falokat  hududi  toshqin,  yong'in  va  zaharlanish  (bak-

teorologik,  kimyoviy va  nurlanish) chegarasi,  aholi  va  xalq 
xo‘jaligida  ko‘rilgan  zararlar  aniqlanadi.  Sharoitni  prognoz 
qilish  kattaliklari  umumlashtiriladi,  tahlil  qilinadi  va  qaror 
qabul  qilinadi,  ya’ni  qaror  qabul  qilish  uchun  xulosa 
chiqariladi.
Shu  o ‘urinda  savol  tug‘iladi.  Bugun  tuzilgan  nomu- 
kammal  va  yetarli  ishonchga  ega  b o ‘lmagan  prognoz 
manbalarini  qanday  tadbiq  qilish  mumkin?  M a’lumki,  FV 
larda  FM  ni  ta ’minlash  nomukammal  va  to‘la  ishonchga 
ega  bo‘lmagan  axborot  asosida  qaror  qabul  qilish  lozim 
bo'lgan  birgina  soha  emas.
Ko‘rilayotgan  muammoni  ushbu  sharoitda  hal  qilishda 
FV  larda  odamlarning  xavfsizligini  t a ’minlash  bo‘yicha 
xavfning oldini olish va paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirish, 
hamda  uning  oqibatlari  hajmini  kamaytirish  masalalarini 
qamrab  oladigan  keng  qamrovli  yondoshuv  kerak.
Ushbu  m etodologik  asosda  o ‘zimizning  va  xorijiy 
amaliyot  tajribasini  hisobga  olgan  holda,  samaradorlikni 
tobora  ortib  borishini  asoslaydigan  tadbirlar  majmuasini 
oldindan  tayyorlash,  boshqacha  qilib  aytganda,  zamonaviy 
texno-ijtimoiy  muhitda  odamlarning  FM  ni  ta’minlashning 
ko‘p  tabaqali  tizimini joriy  qilish  kerak.
Download 3.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling