Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi


Download 22.66 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi22.66 Kb.
#1299904
Bog'liq
15.03.4-topshiriq FVV bayoni


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Talabalar Turar joyi 3-binosida
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” bo’yicha o’tkazilgan targ’ibot-tashviqot ishlari
BAYONNOMASI
Buxoro Shahri BuxDU TTJ 15.03.2023 yil


Qatnashdilar: Talabalar turar joyi 3-bino
tarbiyachi- pedagogi Qudratova Nasiba,
3-binoda istiqomat qiluvchi talabalar .


Kun tartibi:
Fuqaro muhofazasi shtabi boshlig’ining 2023 yil 3-martdagi 4-sonli topshigiga asosan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlarini o’tkazish.


Eshitildi:
2023 yil 15-mart kuni Talabalar Turar Joyi 3-binosida tarbiyachi- pedagog N.Qudratova tomonidan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishi ko’zda tutilgani haqida aytib o’tildi.

Tarbiyachi-pedagog N.Qudratova o’z so’zida- O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2023 yil 6 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vafiyatlardan muhofaza qilish bo’yicha 2022 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2023 yildagi asosiy vazifalar to’g’risida”gi 1-son buyrug’i talablari asosida Yurtimizda joriy yilning 1 mart kunidan 1 aprel kuniga qadar Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligini o’tkazilishi e’lon qilinganligi haqida gapirib universitet Talabalar turar joyi talabalaridan Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligini o’tkazilishida faol ishtirok etishlarini s’oradi!


Shu bilan birga Universitet rahbariyati tashabbusi bilan “UNIWORK” dasturida “Kurs tinglovchisi” LNS talaba Mening aktiv kurslarimda “Fuqaro va mehnat muhofazasi platformasi” tashkil qilingan bo’lib platformada fuqaro va mehnat muhofazasi bo’yicha universitetning tegishli Nizomlar, buyruqlari va yo’riqnomalari hamda fuqaro muhofazasi bo’yicha mavzular joylashtirilgan. Va undan universitet professor o’qituvchilari, talabalari va ishchi-xizmatchilari foydalanishlari mumkin.


Tarbiyachi-pedagog N.Qudratova talabalardan Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi namunali o’tkazilishida faol ishtirok etishlarini so’radi. Bu borada talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi.





Bayonlashtirdi: Tarbiyachi-pedagog: N.Qudratova


Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling