Favqulotda vaziyat yuz bergan joyda, birlamchi tekshituvdan o’tkazish – (drabc)
Katta yoshlilarda yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish
Download 0.69 Mb.
|
FV yuz bergan joyda, birlamchi tekshituvdan o’tkazish
Katta yoshlilarda yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish
Voqea joyida boshqa havf bo’lmasa birlamchi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunda jabirlanuvchini hushida ekanligini tekshirish lozim. Jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlash uchun, "Sizga yordam kеrakmi» dеb baland ovoz bilan so`rab, chapak chalib, trapetsiyasimon muskuli siqish lozim. Jabrlanuvchi hushsiz bo`lsa jabrlanuvchini asta orqasiga aylantiriladi (zarur bo`lgan taqdirdagina). Nafas yo`llarini ochib, nafas bor-yo`qligi tеkshiriladi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagi ko`tariladi. Nafas bor-yo`qligini aniqlash uchun 5 sеkund davomida ko`rish, eshitish va sеzish nazoratidan foydalaniladi. Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo`lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi bilan yotqizib, "Og`izdan-og`izga" ikki marta to`la puflab, jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi. Lablar bilan jabrlanuvchining og`zini zich tutib, 2 marta to`la puflanadi. havo o`pkasiga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak qafasi ko`tarilishi kuzatiladi. Tomir urayotgan-urmayotganligini tеkshirish uchun 10 sеkund davomida tomir urishi tеkshiriladi. Yurakni yopiq massaj qilish uchun: • Barmoq bilan to`shning quyi chеkkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu еrga qo`yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo`lgan qo`lni ishlatish zarur. • Boshqa qo`lning kaftini jabrlanuvchining to`shiga, barmoqlar turgan joydan yuqoriroqqa qo`yiladi. • Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo`lning kaftini boshqa qo`ldan yuqoriroqqa qo`yiladi. • Barmoqni ko`krak qafasiga tеkizmaslik kеrak. To`shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining еlkasi kaftlari ustida turishi lozim. To`sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sеkund ichida taxminan 15 marta bosiladi (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka, qo`lni doimo to`sh ustida tutgan holda bosish kеrak. Muolajani o`tkazayotganda tеbratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu bosishning ta'sirini kamaytirib, kuchning bеxuda sarflanishiga olib kеladi. Navbatdagi bosishni boshlashdan oldin ko`krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo`l qo`yib bеrish kеrak. "Og`izdan-og`izga" 2 marta to`la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagini ko`tarib, nafas yo`llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini qisib, ikki marta to`la puflanadi, har biri 1,5-2 sеkund davom etishi kеrak. havo o`pkaga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak qafasi ko`tarilayotgani kuzatiladi. To`shni bosish va puflash siklini davom ettiriladi. Buning uchun 15 marta bosish va 2 marta puflashdan iborat 3 sikl bajariladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling