Ïóë ìàáëà¨ëàðè ¦àðàêàòè ¦èñîáè, апудити ва та¦лили
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 3048 uzsmart.uz
III bob bo’yicha xulosa
Ma’lumki, auditorlik faoliyati muayyan korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati haqqoniy aks ettirilganligiga guvohlik beradi. Auditorlik tekshiruvi, odatda, korxonaning butun faoliyatini hamda barcha ob’ektlarini, shu jumladan, pul mablag’lari auditini ham qamrab oladi. Ma’lumki, korxonaning pul mablag’lari korxonaning rejalashtirilgan aylanma mablag’lariga kiradi. Demak, korxonaning rejalashtirilgan aylanma mablag’lardan noto’g’ri foydalanishi korxonaning to’lov qobiliyati muvozanatini yo’qotadi. Pul mablag’larining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishni nazorat qilish bu borada muhim rol o’ynaydi. Chunki pul mablag’larining barqarorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik ishdir. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida nazoratning yangi zamonaviy shakllari tashkil qilinishi zarur. Shunday nazoratning zamonaviy shakllaridan biri auditorlik nazoratidir. Auditorlik tekshiruvi va nazorati aynan xalqaro andozalarga javob beradi. Ushbu masalaning yana bir muhim jihati shundaki hech qanday chet ellik investor auditorlik tekshiruvidan o’tmagan va auditorlik hisoboti bilan tasdiqlanmagan moliyaviy hisobotni o’qimaydi yoki unga ishonchsizlik bilan qaraydi. Shunday ekan pul mablag’larini auditi iqtisodiy jihatdan ham muhimdir. Pul mablag’larini tekshirishda auditor asosiy e’tiborni kassa muomalalarining auditiga qaratishi lozim. Kassa muomalalarini tekshirishning asosiy vazifasi pul mablag’lari va qimmatbaho qog’ozlarning, qatiy hisobdagi blankalarning saqlanishini taminlash darajasini, kassa muomalalarini tartibiga rioya qilinishini, kassa muomalalarining o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda bu muomalalarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishi, kassa intizomiga rioya qilinishi va kassa joriy nazorati ahvolini aniqlashdir. Korxona va tashkilotlar asosiy hamda kapital qo’yilmalar faoliyatiga mo’ljallangan pul mablag’larini ularga xizmat qiluvchi bank bo’linmalarida saqlashlari lozim. Bankdagi hisobvaraqlarning ochilishi tartibi va naqd pulsiz hisob-kitob muomalalarini o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus me’yoriy ko’rsatmalariga asosan amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling