Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Oligodendrogliya (olegodendrotsitlar)


Download 49.37 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Oligodendrogliya (olegodendrotsitlar) boshqa gliya
hujayralariga nisbatan ko‘p uchraydi. Markaziy nerv va periferik nerv
sistemasida nerv hujayralari bilan o ‘simtalarining ustini qoplab turadi.
Bundan tashqari, ular nerv uchlarida ham bo‘lib, impulslarni qabul qilish
va uzatishda aktiv ishtirok etadi.
Oligodendrogliyalarni elektron mikroskopda o‘rganish shuni
ko‘rsatdiki. ularning tuzilishi nerv hujayralari tuzilishiga o‘xshasada,
lekin tarkibida neyrofilamentlar yo‘q ekan. Hujayra tanasi yumaloq.
undan bir nechta kalta o‘simtalar chiqadi. Olegodendrotsitlar nerv va
hujayra tolalari ustini xuddi Shvann hujayralariga (lemmotsitlarga)
o‘xshab o‘rab turishda ishtirok etadi. Nerv hujayralarining regeneratsiyasi va degeneratsiyasi jarayonida ishtirok etadi.Ma’lum
bo’lishicha, bu gliya hujayralari qon tomirlar bilan bevosita aloqada
bo’lib oziq moddalarni qayta ishlab nerv hujayralariga uzatadi.

  1. Multipotensial gliya mayda hujayra bo’lib, o‘zidan talaygina
    o'simtalar chiqaradi. Uning boshqa gliya hujayralaridan farqi shundaki,
    bu hujayra yuksak darajada tabaqalanish va o ‘ta ko‘payish xususiyatiga
    ega. Ayrim vaqtlarda u astrotsit va olegodendrotsit hujayralariga
    aylanadi. Bunday hollarda ularning sitoplazmasi qismida shu
    hujayralarga xos mikronaychalar, glikogen, neytrofilamentlar, mikrostruktura elementlari paydo boMadi. Ba’zan esa multipotensial gliya
    makrofaglarga ham aylana oladi. Gistokimyoviy usul bilan tekshirishlar
    ularda nordon fosfat aktiv bo’lishini, lizosomalar ko‘p ekanligini
    ko‘rsatadi.

Bu o'rinda shuni aytib oMish kerakki, multipotensial hujayra katta
organizmda kam tabaqalanadigan neyrogliya hujayralari qatoriga kiradi.
Ular nerv to‘qimada regeneratsiya hamda himoya vazifalarini bajarishda
ishtirok etadi.
Mikrogliyalar (glial makrofaglar). Organizmning embrional
rivojlanishi davrida mezenxima hujayralaridan hosil boMadi. Ular nerv
to‘qimasi tarkibida ko‘p tarqalgan boMib, qon tomirlar atrofida fagotsitoz vazifasini bajaradi. Ko'pgina o'simtalari yordamida ko'chib
yurish xususiyatiga ega, yadrosi yumaloq, xromatin moddasi ko'p.
Ko'chib yurganida hujayra shakli o'zgaradi.

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling