£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Ikki palatali parlamentning


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Ikki palatali parlamentning 

shakllantirilishi 


 

314


iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori 

palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali 

parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini 

tayyorlsh ishiga kirishildi. 

2002 yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi 

to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar 

qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan 

iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda 

«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish 

va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi.  Shu tariqa ikki 

palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari 

yaratildi.  2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali 

parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. 

Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. 

Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi 

Prezidenti tomonidan tayinlandi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar 

kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra 

yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov 

sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari 

tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yxatga olindi.  

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib 

o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin 

ovoz berish yo’li bilan Murod sharifxo’jaev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar 

senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari 

ham saylandilar. 

Muxtasar qilib aytganda, 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti 

shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 

palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.          

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling