£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet407/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

XOTIMA 

 

 

Aziz talaba, Siz mazkur darslikni qo’lga olib, uni mutolaa qilib, dono xalqimizning 



necha ming yilliklar bilan bo’ylasha oladigan, o’ziga xos betakror tarixi, betimsol  osori 

atiqalari, yuksak ma’naviy qadriyatlari bilan  tanishib chiqdingiz. Shubhasizki, buning 

natijasida tarixiy xotirangiz, tasavvur olamingiz yanada boyidi, aqlu zehningiz, shuuringiz 

tag’inda charxlandi. Eng muhimi, Siz ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob 

bisotlar, tarixiy merosni o’rganish barobarida o’zligingizni tanish, kimlarning qonuniy 

vorislari, davomchilari ekanligingizni yana bir bor anglab etishga musharraf bo’ldingiz. 

 

Shu o’rinda muhtaram Yurtboshimizning «Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa 



o’zlikni anglash mumkin emas», degan donishmandona so’zlari beixtiyor yodga keladi. 

Ha, haqqoniy tarix tom ma’noda bilimlar manbai, ma’naviyat negizi, qolaversa, chinakam 

tarbiya maktabidir. 

 

Ne baxtki, milliy mutaqillikka erishganimiz tufayli ona tariximiz to’g’risidagi chin 



haqiqat yuzaga chiqdi, uning qiyofasini to’sib kelgan g’uborlar, «oq» va «qora» dog’lar 

butkul supirib tashlandi. Buning orqasida katta tarix yaratgan xalqimizning yuksak dahosi, 

ne-ne buyuk ajdodlarimizning yorqin siymosi, ularning mangulikka daxldor o’lmas 

merosi yangidan to’la kuch bilan namoyon bo’ldi. 

 

Qo’lingizdagi ushbu darslik ham milliy istiqlol sharofati bilan tug’ilgan  bebaho 



imkoniyatdan foydalanib, Vatan tarixiga yangicha tamoyillar nuqtai nazaridan 

yondashilib, asrlar silsilasini  xolis, haqqoniy va ilmiy asosda o’rganilib yaratilgandir. Siz 

uning sahifalarini qunt bilan o’rganib, bu azim yurt bag’rida uzoq davrlar davomida yuz 

bergan xilma-xil tarixiy jarayonlarni, voqea, hodisalarni ko’z o’ngingizdan birma-bir 

o’tkazdingiz hamda ularning nechog’lik murakkab, ziddiyatli kechganligiga guvoh 

bo’ldingiz. Ayni chog’da ne-ne ulug’ tarixiy siymolarimizning o’z kindik qonlari 

to’kilgan shu muqaddas yurt uchun, uning erki, ozodligi, hurligi va mustaqilligi uchun 

fidoyilik bilan  kurashganligiga, o’z ongli hayoti, faoliyatini shu oliyjanob maqsadlarga 

baxshida etganligiga amin bo’ldingiz. Boshqa bir o’rinda esa buyuk 

bobokalonlarimizning boy ilmiy, madaniy meros yaratib, yurt dovrug’ini dunyoga 

ma’lumu mashhur etganligini anglab, o’zingizda faxru iftixor tuyg’usini his qildingiz. 

 

Davlatimiz rahbari Islom Karimov Amir Temur siymosi haqida to’xtalib «Amir 



Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g’ururimiz», deb bejiz aytmaganligining boisi ham 

mana shundan.  

 

Xullas, o’z tarixini puxta bilish, undan yaxshi xabardor bo’lish, navqiron 



avlodimizning Sizdek namoyandalari uchun bamisoli suv bilan havodek zarurdir. Negaki, 

u Sizni shu muborak Vatanni farzand yanglig’ sevish, uning har bir siqim tuprog’ini  

ko’zga to’tiyo etish, ona yurt xizmatiga kamarbasta bo’lish, uning sarhadlarini har qanday 

yovuz kuchlardan, g’animlardan himoyalash, kerak bo’lsa aziz jonni ham fido qilishga 

chorlaydi. Bunda ulug’ ajdodlarimizning ibrati, jasorati Sizga ruhiy madadkor bo’ladi. 

 

Bizu siz Vatanimiz tarixini chuqur, asosli o’rganish orqaligina milliy istiqloldek 



bebaho ne’matning qadrini yanada teran tushunamiz. Va, u bizning qo’limizga osonlik 

bilan kelmaganligiga, unga erishish yo’li og’ir, mashaqqatli kechganligiga, bu borada 

mislsiz qurbonlar berilganligiga jonli guvoh bo’lamiz. Binobarin, istiqlol ne’matini 



 

391


avaylab asrash, uni non kabi, jon kabi ulug’lash, bugina emas, uni mustahkamlash va 

kuchaytirish borasida doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlik har birimizning jonajon ishimiz, 

fuqarolik burchimiz bo’lmog’i ayni muddaodir. Siz, minnatdor o’g’il-qizlarimiz, buni 

hamisha yodingizda tutmog’ingiz kerak bo’ladi. 

 

 

 




 

392



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling