£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Muhammad (1200-1220) davrida Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy 

boshqaruvi butunlay barham topadi.  

 

Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir 



qator muhim o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt 

etgach, bu erda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan erga egalik qilishning 

muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga 

oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar

harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori 

ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan 

boshlab amalda erni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa 

maqomiga ko’chdi. 

 

Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib er-mulkka egalik qilishning 



“iqto’” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar  o’z 

tasarrufidagi  hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta 

daromadlar olganlar. 

Uchinchidan,  O’rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar 

davlati tarkibiga o’tishi erli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni 

vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni 

zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu erlarga kelib, 

o’rnashib, o’troqlashuviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek 

xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta’sir etadi. Ayni chog’da turkiy tilning 

iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. 

Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi 

mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni 

eski o’zbek adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling