1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet8/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

2.Ilmiy-ommaviy matn tuzish prinsiplari
Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanadi. Keng o‘quvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan ko‘ptomli akademik nashrlar uchun ham ilmiy-ommaviy matnlar tayyorlanadi. Masalan, “Xamsa” dostonlarining ommaviy nashrlari 1939 yildan boshlab tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, 1939-1940 yillar mobaynida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va SHirin”, “Layli va Majnun” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari ayrim-ayrim bosilib chiqdi. Bulardan birinchi doston sharh, izoh va lug‘atlar bilan, qolganlari esa doston she’rlarining nasriy bayoni bilan kitobxonga taqdim etildi. S. Ayniy tayyorlagan muxtasar “Xamsa” 1940-1947 yillari ikki bor nashr etildi. Ushbu nashrlardan maqsad keng ommani tezroq Navoiy ijodi bilan tanishtirish edi. G‘afur G‘ulom tomonidan tayyorlangan “Farhod va Shirin”ning ilmiy-ommaviy nashrida asar asl matni va nasriy bayoni yonma-yon berildi. Alisher Navoiy asarlarining bunday usulda nashrga tayyorlash ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan atoqli navoiyshunos olim A. Qayumovning xizmatlari katta bo‘ldi. O‘tgan asrning 60–80-yillari “Xamsa”dostonlari bir necha marta alohida va to‘liq hollarda ommaviy nashrga tayyorlandi. “Xamsa”ning 500 yilligi munosabati bilan chop etilgan ommaviy matn variantiga filologiya fanlari doktori Porso Shamsiev tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matnlar hamda izohlar asos qilib olindi.
Ilmiy-ommaviy matn prinsiplarining boshqa matn shakllari prinsiplaridan asosiy farqi, birinchidan, hozirgi o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilinishi bo‘lsa, ikkinchidan, keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda tutishidir. Ilmiy-ommaviy matnni tayyorlashda matnshunos o‘quvchilarning qaysi toifasiga mo‘ljallanayotganligiga qarab qo‘lyozma asar matnini qisqartirishi, soddalashtirishi, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanishi mumkin. “Xamsa” dostonlari, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Vaqfiya” kabi asarlar matnlarining nasrlashtirilgan variantlari shunday prinsiplarga asosida yaratilgan.
Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish, ilmiy-tanqidiy yoki yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanib, bosh prinsipi keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda tutishdir. Ilmiy-ommaviy matnlarda qo‘llanadigan tekstologik tamoyillarga sharh, izoh va lug‘atlar ilova qilish, nasriy bayoni bilan birga chop etish, o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilish, matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalarni ham keltirish, zarurat tug‘ilganda qo‘lyozma asar matnini qisqartirish, soddalashtirish, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanish kabilar kiradi.
3.Navoiy tug‘ilgan yilni hijriy qamariyga aylantiring. 1441=845
5
1.Gloss, interpolyasiyalar tahlili
Gloss (hoshiya) – qo‘lyozmaning hoshiyalariga, qator orasiga kotib yoki o‘quvchi tomonidan biror o‘rinni tushuntirish uchun yozilgan matn. Gloss qo‘lyozmadagi asosiy matn bilan qo‘shilib ketmaydi. Masalan, fors-tojik adabiyotining yirik vakili Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviyi ma’naviy”sining doston sharhi bilan birga ko‘chirilgan nusxalari bor. Ularda dostondan bir necha bayt yoki hikoyatlar parchasi sahifaning o‘rtasiga bitilgan, uning atrofida aylantirib shu parchaning sharhi yozilgan. Mana shu qo‘lyozmadagi sharhlar gloss bo‘ladi.
Interpolyatsiya. Agar glosslar asosiy matnga qo‘shilib, uni matndan ajratish qiyin bo‘lib qolsa, interpolyatsiya hisoblanadi.Sharqda glosslar asosan asar hoshiyasiga yozilgan. Ko‘pgina ilmiy kitoblarda bunday sharhlar quyidagi tartibda yozilgan: Sharhlanayotgan so‘zning ustiga ma’lum bir raqam qo‘yilgan. Keyin xuddi shu raqam asar hoshiyasiga ham qo‘yilib, shu raqamdan keyin sharh yozilgan. Bunday tartiblash mantdagi sharhlanayotgan so‘z va uning sharhini topishni osonlashtiradi. Masalan, Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonining Ozarbayjondagi qo‘lyozma nusxasida asarning o‘zimizda nashr etilgan nusxasida uchramaydigan ikki bayt bor . Ayni o‘sha ikki bayt shu qo‘lyozma uchun interpolyatsiya hisoblanadi. Agar keyinchalik bu ikki bayt boshqa qo‘lyozmalardan ham topilsa yoki Navoiy qalamiga mansubligi aniqlansa, unda interpolyatsiya hisoblanmay, doston matni tarkibiga aylanishi mumkin.

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling