1-Bosh: Assalom ey, ilmu-fanning sohibu-davronlari
Assalom, ey aziz do’stlar ham fikrdosh o’rtoqlar
Ruxsat bering boshlamoqqa matematik kechani
Turli tuman, savol bilan o’ylataylik barchani
2- Bosh: Zamonlarning zaminida rivojlangan, yetilgan
Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan
Al-Xorozmiy, Beruniy, Ulug’beklar boyitgan
Shu ajoyib, fan bizga olam sirin tanitgan
1-Bosh: Bilim ilimlardan mahrum bo’lmagan,
Biror so’z qolmadi mavhum bo’lmagan
Tun-u kun o’ylagach yetmish ikki yil
Bildimki hech narsa ma’lum bo’lmagan
-Assalomu alaykum aziz ustozlar!
2-Bosh:
Assalomu alaykum aziz o’quvchilar hamda davramiz qatnashchilari. Darhaqiqat, ulug’ shoir va matematik olim Umar Hayyom aytganidek, dunyoviy bilimlarning biz bilmagan sir-u sinoatlari juda ko’p. Shu maqsadda biz 5-“A”, 5-“B”, 5-“V” sinflar o’rtasida matematika fanidan olgan bilimlarimizni qay darajada ekanligini bilish maqsadida “Beruniy izdoshlari” nomli matematik kecha tashkil etganmiz.
1-Bosh: Shunday qilib davraga kecha qatnashchilarini taklif etamiz.
1-Bosh: Ta’zim sizga buyuk fanga asos solgan bobolar
Ta’zim sizga mangu shonli qolgan bobolar
Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz
Asarlari asrlarga meros bo’lgan bobolar.
2-Bosh:
“Beruniy izdoshlari” nomli matematik kecha hakamlar hayatlari
1. 4.
2. 5.
3. 6.
1-Bosh: Demak 1-shartimiz Beruniy hayoti va ijodiga bag’ishlanadi. Ushbu shartni bajarish uchun 5-“A” sinf Kamalak yulduzlari guruhini davraga taklif etamiz.
2-Bosh: Demak 1-shartimiz Beruniy hayoti va ijodiga bag’ishlanadi. Ushbu shartni bajarish uchun 5-“B” sinf Yosh matematiklar guruhini davraga taklif etamiz.
1-Bosh: Demak 1-shartimiz Beruniy hayoti va ijodiga bag’ishlanadi. Ushbu shartni bajarish uchun 5-“V” sinf Zukkolar guruhini davraga taklif etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |