Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilarga muammoli vaziyat yaratiladi.
Alisher Navoiyt kim bo`lgan?
O`quvchilar bahs-munozara orqali bilganlarini aytib beradilar. So`ng barcha o`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va Alisher Navoiyning g`azal mulkining sultoni bo`lganligi, dunyoniu lol qoldirgan asarlar yozganligi, turkiy tilga asos solgan inson ekanligi aytiladi.
Shuningdek Alisher Navoiy tug`ilgan joy, yil oilasi haqida qisdqacha ma`lumotlar berib o`triladi.
So`ng “G`azal mulkining sultoini . Alisher Navoiyning hikmatli so`zlari ” o`qituvchi tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.Mazmuni tushuntiriladi, matn yuzasidan suhbat uyushtiriladi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Alisher Navoiy haqida nimalarni bilib oldingiz?
Alisher Navoiy aytgan hikmatli so`zlarni yod oling.
O`zingiz bilgan hikmatli so`zlarni ayting.
O`quvchilar bilan Alisher Navoiyning hikmatli so`zlari o`qiladi va mazmuni ta`riflanadi.
Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`zuiga zolim.
Oz-oz o`rganib dono bo`lur, qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur.
Yaxshi kishi yomonlardan ham yaxshiligini ayamas.
Yaxshilikni bilmasang, yaxshilarga qo`shil.
Hikmatli so`zlarning o`quvchilar hayotida muhim o`rin tutishi, uning tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi.
O`quvchilar bilan “Topib o`qi” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi matndagi so`zlardan ayatdi. O`quvchilar matnda shu so`z qatnashgan gapni topib o`qib beradilar. Bunda o`quvchilarning ziyrakligi, tez o`qishga ishtiyoqi rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |